Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə5/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Fuqarolik Javob 74

262-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori. Ish bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar: 1) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi kerak bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 2) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa; 3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay qo‘zg‘atilishi mumkin.Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin.


  1. Aloxida tartibda kuriladigan ishlar buyicha Sudning hal qiluv qaroriini qabul qilish tartibi.

Alohida tartibda koriladigan ishlar – farzandlikka olish
303-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish daftariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarur bo‘lgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining xohishiga ko‘ra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining xohishiga ko‘ra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga ko‘ra sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi ko‘rsatib o‘tiladi.


  1. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish.

Apellatsiya instansiyasida ish yuritish — fuqarolik protsessining mustaqil bosqichi hisoblanib, bevosita birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan sud qarorlarini qayta tekshirish vositalaridan biri sanaladi. Apellatsiya instansiyada ish yuritish uchun ikkita asos, ya'ni apellatsiya protesti va apellatsiya shikoyati berilgan va qonunda belgilangan tartibda sudlar tomonidan ish yuritish uchun qabul qilingan bo‘lishi lozim2018-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 44-bobi (383-402-moddalar) “Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish”ga bag‘ishlangan.Apellatsiya tartibida ish ko‘rishning asosiy mazmuni birinchi instansiya sudining qarorlarini qonunda belgilangan asoslar va muddatlarga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan apellatsiya tartibida qayta ko‘rilishiga aytiladi. Ushbu faoliyatning ahamiyati shundaki, birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan sud qarorlarini qayta tekshirish vositasi hisoblanib, bu bosqich orqali sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi tekshiriladi, shu tariqa fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishiga erishiladi.


  1. Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rish tartibi.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə