Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə106/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121
Fuqarolik Javob 74

182-modda. Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar
Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga, agar qonunchilikda ularni ko‘rishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha ishlar kiradi.


  1. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish.

449-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish
Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, alimentlarni undirish, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda yoki sudning ishga tiklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablag‘larini undirish hollarida sud o‘z tashabbusiga ko‘ra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan eridagi davlat ijrochisiga yuboriladi.Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.


  1. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar. Ariza berish va uning mazmuni

295-modda. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar
Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlaydi.Sud:1.shaxslarning qarindoshlik aloqalari;2) shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi;3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti;4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd etilganligi;5) baxtsiz hodisa;6) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;7) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.Agar qonunchilikda ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin.Arizachi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin bo‘lmagan yoxud yo‘qotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni bo‘lmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə