Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Belbog‘sizlar kenja tipi. Ko‘p tuklilar sinfi: tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi. Ko‘p tuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati


-rasm. Nereisning tashqi tuzilishi. Nereisning oldingi (A) va keyingi (B) tomoni



Yüklə 6,54 Mb.
səhifə3/13
tarix11.04.2023
ölçüsü6,54 Mb.
#105035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.

82-rasm. Nereisning tashqi tuzilishi. Nereisning oldingi (A) va keyingi (B) tomoni: 1-paypaslagichlari (antennalari), 2-palpi, 3-og‘iz yoni mo‘ylovlari, 4-ko‘zlari, 5-boshining oldingi bo’g’imi (prostomiumi), 6-hidlash chuqurchasi, 7-boshining keyingi bo’g’imi (peristomium), 8-parapodiylar, 9-qillari, 10-orqa mo‘ylovi, 11-pigidiysi, 12-anal mo‘ylovlari, 13-orqa qon tomiri;
D-parapodiysi: 1-orqa mo’ylovi, 2-parapodiyning orqa shoxi, 3-qillar tutami, 4,6-parapodiyning qorin shoxlari, 5-parapodiyaning qorin mo’ylovi, 6-tayanch qillar.
Halqa tomirlar orqali qon jabralarga va teriga boradi. Qon tomirlari organlarda juda mayda ingichka kapillyarlarni hosil qiladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, chunki yirik qon tomirlaridan to‘qimalarga qon olib boruvchi kapillyarlar to‘g'ridan-to‘g'ri qon olib keluvchi tomirlarga ulanib ketadi; qon faqat qon tomirlari ichida oqadi. Orqa qon tomirining ritmik qisqarishi tufayli qon orqa qon tomiri bo‘ylab orqadan oldinga, qorin qon tomirlarida esa oldindan orqaga oqadi. Tananing oldingi qismida ichak atrofida joylashgan halqa qon tomirlari orqali qon orqa tomiridan qorin tomiriga, tananing keyingi qismidagi xuddi shunday tomirlar orqali esa qorin qon tomiridan orqa qon tomiriga o‘tadi.
Halqali chuvalchanglar qoni odatda qizil rangli bo‘ladi. Qizil rang umurtqali hayvonlardagi singari qon tarkibida temir birikmasining bo‘lishi bilan bog'liq. Lekin halqali chuvalchanglarda bu modda umurtqalilardagi singari qon hujayrasi tarkibida emas, balki plazmada erigan holda bo‘ladi. Ayrim halqali chuvalchanglarning qon aylanish sistemasi reduksiyaga uchragan. Qonning funksiyasini tana bo‘shlig'i suyuqligi bajaradi.
Ayirish sistemasi nefridiylardan iborat. Odatda har bir tana halqasida bir juftdan nefridiylar joylashgan. Shuning uchun halqali chuvalchanglar ayirish sistemasini halqa organlar-metanefridiylar deyiladi. Har bir nefridiyning ichki uchi selom bo‘shlig'i orqa devori yonida turadi. Uning nayi dissepimentni teshib, keyingi halqa bo‘shlig'iga o‘tadi va tananing yon tomonidan tashqariga ochiladi. Shunday qilib, har bir nay ikki halqada joylashadi, ya'ni birinchi halqadan boshlanib, ikkinchi halqada tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasining markaziy qismiga tanasining oldingi, yani bosh tomonida joylashgan yirik juft halqum usti va halqum osti nerv gangliyalari kiradi. Bu gangliyalar halqumni aylanib o‘tadigan halqa tomiri bilan tutashgan. Halqum osti nerv tugunidan qorin bo‘ylab ikkita yirik nerv tomirlari ketadi. Bu tomirlarda har bir tana bo‘g‘imida bittadan nerv tugunlari joylashgan. Shunday qilib, nerv sistemasining ko‘rinishi zanjirga o‘xshash bo‘ladi. Shu sababli halqali chuvalchang-larning nerv sistemasi qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo‘ladi. ulardan chiqib halqumni aylanib o‘tadigan ikkita halqum atrofi konnektivalari va bir juft qorin nerv stvolidan iborat. Ikkita har xil gangliylarni birlashtiradigan nerv stvollari konnektivalar, bitta halqadagi gangliylarni birlashtiradigan nerv stvollari esa komissuralar deyiladi (83-rasm).
Tuban ko‘ptuklilarda qorin nerv stvollari bir-biridan uzoqroq joylashgan, ularning nerv hujayralari bir tekis tarqalgan. Birmuncha murakkab tuzilgan ko‘ptuklilarda qorin nerv stvollari o‘zaro yaqinlashib, ularda har bir bo‘g'imda bittadan nerv tuguni, ya'ni gangliylar paydo bo‘ladi. Ikkala gangliylar ko‘ndalang nervlar - komissuralar bilan bog'lanadi. Bu xildagi nerv sistemasi nerv narvoni deyiladi. Ko‘pchilik ko‘ptuklilarda nerv stvollari yanada ko‘proq yaqinlashib, har bir halqadagi gangliylar birga qo‘shilib zanjir hosil qiladi. Nerv stvollari alohida bo‘lib qoladi yoki birga qo‘shiladi. Bunday nerv sistemasi qorin nerv zanjiri deyiladi. Nerv sistemasining bundan keyingi murakkablashuvi uni teri epiteliysiga tobora botib kirib, tana bo‘shlig'iga o‘tishidan iborat.


Yüklə 6,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə