Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Belbog‘sizlar kenja tipi. Ko‘p tuklilar sinfi: tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi. Ko‘p tuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati


-rasm. Halqali chuvalchanglar markaziy nerv sistemasi



Yüklə 6,54 Mb.
səhifə4/13
tarix11.04.2023
ölçüsü6,54 Mb.
#105035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.

83-rasm. Halqali chuvalchanglar markaziy nerv sistemasi. A-narvon tipida (tuban halqalilarda). В-qorin nerv zanjiri tipida (yuksak halqalilarda): 1-bosh gangliysi, 2-halqum stvollari, 3-bo‘ylama stvollar, 4,5-qorin nerv zanjiridagi gangliylar.

Markaziy nerv sistemasidan turli organlarga juda ko‘p nervlar chiqadi. Bosh miyadan antennalar, palpalar va ko‘zlarga, qorin nerv zanjiri gangliylaridan o‘sha halqada joylashgan organlarga nervlar chiqadi. Sezgi organlari erkin faol harakat qilib yashovchi turlarda yaxshi rivojlangan. Sezgir hujayralar terida ko‘p bo‘ladi. Antennalar, palpalar, prostomiumdagi kiprikli chuqurchalar, parapodiylardagi mo‘ylovlar maxsus sezgi organlari hisoblanadi.


Ayrim o‘troq yashovchi ko‘ptuklilarda tanasining oldingi halqalarida 1-5 ta yoki undan ko‘proq muvozanat saqlash organi-statotsistlar bo‘ladi. Ko‘zlar deyarli hamma ko‘ptuklilarda bo‘ladi, ko‘pincha, prostomiumning ustida 2 yoki 4 ta bo‘lib joylashgan. Oddiy hollarda ko‘zlar ektodermadan hosil bo‘ladigan qadahsimon chuqurchalardan iborat.
Jinsiy sistemasi juda sodda tuzilgan. Ko‘ptuklilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm rivojlanmagan. Jinsiy bezlari oldingi va eng oxirgi halqalaridan boshqa hamma bo‘g'imlarda yoki faqat ayrim jinsiy bo‘g'imlarda hosil bo‘ladi. Yetilayotgan gonadalar dastlab juda yupqa peritoneal epiteliy bilan qoplangan. Bezlar yetilgach, epiteliy yorilib, uning ichidagi jinsiy hujayralar selom suyuqligiga chiqadi va shu yerda yetiladi. Ayrim ko‘ptuklilarning urug' yoki tuxum yo‘li bo‘lmaydi. Jinsiy hujayralar tana devorini yorib tashqariga chiqadi. Ba'zi chuvalchanglarning kalta nayli voronka shaklidagi mustaqil jinsiy yo‘li bo‘ladi. Ko‘pchilik ko‘ptuklilarning jinsiy voronkasi nefridiylar bilan qo‘shilgan bo‘lib, ayirish va jinsiy hujayralarni chiqarish vazifasini bajaradi. Tuxumlar tashqi muhitda urug'lanadi. Bir qancha ko‘ptuklilarda jinsiy hujayralar yetilishi davrida jinssiz ko‘payish ham sodir bo‘ladi. Bu jarayon jinsiy yetilgan bo‘g'im parapodiysi va qillarining kuchli rivojlanishi, ichagining reduksiyaga uchrashi va rangining keskin o‘zgarib, epitok deb ataladigan tana qismini hosil bo‘lishidan boshlanadi. Bunday jinssiz rivojlanishga kirishgan chuvalchanglar tanasining epitok qismi qolgan atok qismidan keskin ajralib turadi. Odatda tananing keyingi qismi epitokka aylanadi.
Ayrim ko‘ptuklilar (masalan, tinch okеani palolasi) voyaga yetgan davrida jinsiy organlari tuxumga to‘lganda okеan tubidan suv yuzasiga ko‘tariladi. Bu davrda ular mahalliy aholi uchun mazali oziq hisoblanadi. Bir qancha ko‘ptuklilar tanasining keyingi epitok qismi atok qismidan ajralib chiqadi. Bunda uzilgan joydan bosh hosil bo‘ladi. Tananing jinssiz atok qismi esa yetishmagan keyingi bo‘g'imini hosil qiladi.
Ayrim ko‘ptuklilar (masalan, Autolytus va Myrianida)ning epitok qismi atok qismidan ajralmasdan avval bosh qismini hosil qilishi, atok esa keyingi qismini regeneratsiya qilishi mumkin. Ba'zan shakllangan birinchi individ ajralguncha uning oldida boshqa yangi individ hosil bo‘ladi. Natijada birdaniga bir nechta, ba'zan 30 tagacha jinsiy individlardan iborat muvaqqat bir qator zanjir hosil qiladi. Autolytus va boshqa ayrim ko‘ptuklilar xuddi shunday ko‘payadi (84-rasm).




Yüklə 6,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə