Hanklarda &uxgalteriya msoB


Ill BOB. BANKLARDA HISOBVARAQLAR OCHISH УА YURITISH TARTIBI



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə17/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Ill BOB. BANKLARDA HISOBVARAQLAR OCHISH УА YURITISH TARTIBI

  1. Bank hisobvaraqalarining nmumiy qoidalari va turlari

Banklar aholl va mijozlaming pul mablaglarini saqlash, omonatga qabul qilish, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirish, kredit va boshqa xizmatlami ko'rsatish uchun ulaiga bank hisobvaraqlarini ochadi. Banklarda talab qilib olin- guncha saqlanadigan depozitlar, jamg‘arma va muddatli de­pozitlar, shuningdek, ssuda va boshqa hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklarida yuritiladigan hisobvaraqlar ochish, boshqa bankga ko'chirish yoki yopish Markaziy bankning «0‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘- risida»gi yo‘riqnomasi asosida tartibga solinadi (Yo'riqnoma 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009- yil 16-martdagi 7/2—sonli qarori bilan (№697) tasdiqlangan, 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Bank mijozlaming hisobvaraqlariga xizmatlami ularbilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Shartnomada bank va mijozning hisobvaraqlarni yuritish bo‘yicha huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg‘arma depozitlar va muddatli depozitlar bank buxgateriya hisobvaraqlar rejasining majburiyat- lar boiimidagi passiv hisobvaraqlarda ochiladi. Kredit operatsi- yalari bo'yicha ochiladigan ssuda hisobvaraqlari esa bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining aktiv, ayrim hollarda, agar bank boshqa banklardan kredit olsa passiv bolimida yuritiladi.
Banklar jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladigan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlaridagi mablaglarni mijozlaming birinchi talabidayoq naqd pulda berishi yoki naqdsiz pul ko‘rinishida tegishli manzilga olkazib berish haqidagi majburiyatini oladi.
Ushbu hisobvaraqlar bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi- ning «20200—Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar»
passiv hisobvaraglarida ochiladi. Hisobvaraqlardagi mablag‘- larning manbasi mijozlaming nizomida belgilab qo'yilgan faoliyati doirasida sotgan tovarlari yoki ko'rsatgan xizmatlari uchun va boshqa manabalar hisobidan naqd pulda topshiigan yoki naqd pulsiz ko‘rinishda kelib tushgan mablaglar Msoblanadi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraq- laridagi mablaglar uning egasi tomonidan istalgan paytda, ya’ni bankni ogohlantirmasdan naqdsiz koTinishda ko'chirilishi yoki naqd pulda olinishi mumkin, shu jihatdan ham talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi mablaglar tijorat banklari uchun beqaror, lekin arzon resurs manbasi hisoblanadi. Shuning uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha minimal darajada foiz tolovlari tolanadi, ko‘pchilik hollarda esa tolanmaydi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə