Hanklarda &uxgalteriya msoB


' Asosiy hisobvaraq bo ‘yicha operatsiyalarni to ‘xtatish tartibi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə25/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

' Asosiy hisobvaraq bo ‘yicha operatsiyalarni to ‘xtatish tartibi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming asosiy hisobvaraqlari bo‘yicha vaqtinchalik operatsiyalarni to‘xtatish quyidagi holatlarda qollanilishi mumkin:
-hisobvaraq egasining arizasiga binoan;
-huquqni muhofaza qiluvchi organlaming asosh qarori yoki sud organlarining ajrimlariga asosan;
-Soliq kodeksining 96-moddasiga binoan soliq va (yoki) moliyaviy hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n besh kun ichlda soliq tolovchl - yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda va soliq tolovchi - yuridik shaxs ko‘rsatilgan manzilda boimaganda;
-qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Mijozning asosiy hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar to‘xta- tilganda boshqa banklarda asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlarni ochishga ruxsat etilmaydi,
Banklarda hisobvaraqlarni yopish tartibi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankdagi asosiy hisobvarag‘i quyidagi holatlarda yopilishi mumkin:
—hisobvaraq egasining arizasiga binoan;
—hisobvaraqdabank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan mablag'ning eng kam miqdori ta’minlanma- ganda (agar ko‘zda tutilgan bolsa), mijoz ogohlantirilgan kundan keyin bir oy ichida tiklanmasa;
—mijozning hisobvarag'i bo‘yicha olti oy davomida ope- ratsiyalar amalga oshirilmagan bo‘Isa uning hisobvarag'ini yopishga asos bo'ladi.
Bundan tashqari savdo va savdo—vositachilik korxonalari — uch oy mobaynida bank hisobvaraqlari bo‘yicha tegishli operatsiyalar amalga oshirilmaganda banklar uch kun muddat ichida ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun axborot beradi.
Sud xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish va yopish to‘g‘risidagi tegishli qarorini taqdim etganda, banklar xo'jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini yopadilar. Ularning hisobvaraqlaridagi mablag‘lar bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqqa o'tkaziladi.
Debet 202XX -«Mijozning talab qilib olinguncha saqla- nadigan depozjt hisobvarag'i»
Kredii 29842 — «Harakatsiz depozit majburiyatlari» (Maxsus hisobvaraq)
Mijozning vaqtinchalik yopilgan hisobvarag'iga keiib tushgan mablag‘lar uning maxsus hisobvarag'iga o'tkaziladi. Bank maxsus hisobvaraqlar hisobidan mijozning budjet va budjetdan tashqari jamg'armaiar oldidagi qarzlarini to'lashga, qoigan summalar esa ulaming kreditorlik qarzlarini kalendar navbatida to'lashga yo'naltiradi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvaraqlari majburiy yopilayotganda ulaming hisobvaraqlari bo'yicha barcha operatsiyalar tugatish komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi. Tugatish komissiyasining hisobvarag'ida taqdim qilingan talablardan ozod bo'lgan pul mablag'lari mavjud bo'lsa, ushbu qoldiq mijozlarning ta’sischilariga yoki tugatish komissiyasi va tugatilgan mijozning ta’sischilari majlisining qaroriga asosan boshqa hisobvaraqqa o'tkaziladi.
Mijozning asosiy hisobvarag'i yopilganda uning boshqa banklardagi barcha ikkilamchi hisobvaraqlari ham yopilib, bu haqda davlat soliq inspeksiyasiga ma’lumotnoma beriladi va ulardan budjet qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishni talab etadi.
Banklarda xo'jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilganda ochiigan ssuda hisobvaraqlari vakolatli shaxsning farmoyishiga asosan berilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlar to'lovi toliq amalga oshirilgandan keyin yopiladi.
Bank va mijoz o'rtasida asosiy hisobvaraqqa bank xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha tuzilgan shartnomaning bekor qilinishi mijozning hisobvarag'ini yopish uchun asos bo'ladi, bank hisobvaraqni yopganligi uchun haq olmaydi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə