Hanklarda &uxgalteriya msoB


Rezident va norezident banklarga vakillik hisobvaraqlarini ochish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə21/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Rezident va norezident banklarga vakillik hisobvaraqlarini ochish terffftf.Tijorat banklari banklararo elektron to‘lov tizimida ishtirok etishlari va mablaglami jalb qilish hamda joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalami amalga oshirish uchun vakillik hisobvaraqlariga ega bo'lishi lozim. Tijorat banklari:

  1. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi milliy va chet el valutasidagi vakillik hisobvaraqlari;

  2. rezident banklardagi vakillik hisobvaraqlarini ochishlari mumkin.

Tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari ichki (aktiv) va tashqi (passiv) vakillik hisobvaraqlaridan iborat bo'ladi.
Banklaming tashqi vakillik hisobvaraqlari Markaziy bankda buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining «21302—Tijorat banklari vakillik hisobvaraqlari» hisobvaraqlar rejasida, ichki vakillik hisobvaraqlari «10301—Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragh — Nostro»da yuritiladi.
Tijorat banklarining milliy va chet el valutasida vakillik hisobvaraqlari 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markazida ochiladi.
Faoliyatini yangidan boshlayotgan tijorat banklari ustav kapitalini shakllantirish uchun ro‘yxatdan o‘tgunga qadar Markaziy bankning Hisob-kitob markazida yoki boshqa tijorat bankida vaqtinchalik «29801 — Mijozlar bilan hisob-kitoblar» hisobvaragrini ochadi.
Tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘1 Markaziy bank va tijorat banklari o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida ochiladi va nazorat qilinadi. Milliy valutada vakillik hisobvaragi ochish uchun quyidagilami taqdim qiladi:

  1. vakillik hisobvarag'ini ochish uchun ariza;

  2. soliq to'lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

v) bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;
g) statistika organlari tomonidan berilgan Korxona va tashkilot (bank)ning yagona davlat ro'yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
d) imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha.
Mamlakatimiz tijorat banklari chet el valutasida vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziyasi lozim bo‘ladi.
Xorijiy banklar Markaziy bankda va mamlakatimiz vakolatli banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun:
a) norezident bankning to'liq nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatdagi yuridik manzili ko'rsatilgan holda hisobvaraq ochish to‘g‘risida arizani;
b) imzolar va muhr izi qo'yilgan varaqcha va Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya nusxasini;
v) norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legal!ashti- rishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasi- dagi xalqaro standartlar qollanilishi to‘g‘risidagi axborot kabi hujjatlarni taqdim etadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə