Hanklarda &uxgalteriya msoB


Rezident va norezidentlarga chet el valutasidagi talab qilib olinguncha, jamgarma, muddatli va boshqa depozit hisobva- raqlarini ochish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə22/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Rezident va norezidentlarga chet el valutasidagi talab qilib olinguncha, jamgarma, muddatli va boshqa depozit hisobva- raqlarini ochish lerrfM.Banklar chet el valutasi bilan hisob kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valutasida talab qilib olinguncha, jamg'arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini Markaziy bankning chet el valutasida operatsiyalami bajarish huquqini beruvchi tijorat banklarida ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan chet el valutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  1. hisobvaraq ochish haqida ariza (bankning maxsus blankasida taqdim etiladi);

  2. davlat ro‘yxatidan olganligi to‘grisidagi guvohnomaning nusxasi;

v) imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan ikki dona varaqcha (bankning maxsus blankasida taqdim etiladi);
g) ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav)ning notarial tasdiqlangan nusxalari;
d) alohida hollarda boshqa hujjatlar ham talab etilishi mumkin. ■
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan chet el valutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi, bank tomonidan ushbu hu|jatlardan nusxa olinadi.
Rezident va norezident hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslarga milliy valutada ochiladigan hisobvaraqlardan farqli oharoq, chet el valutasidagi hisobvaraqlar bitta bankda malum bir chet el valutasida faqat bitta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochiladi.

  1. Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi

Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi (BDMAB) banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladigan hisobvaraqlarga xos raqam beradi, ularning hisobvaraqlari ro’yxatini yuritadi hamda mijozlar hisobvaraqlari to'g'risida ma'lumotlarni saqlaydi. BDMAB Markaziy bank huzurida tashkil etilgan bo'lib, unga Axborotlashtirish Bosh Markazi (ABM) xizmat ko‘rsatadi.
BDMAB faoliyati Markaziy bankning «0‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro ‘yxatini yuritish tartibi to ‘g‘risida»gi nizomi (Adliya vazirligida 2008-yil 27-sentabrda 1863-raqam bilan ro‘yxatga olingan) asosida tartibga solinadi.
BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, mablaglami hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish va ulami qayta tiklash sanalari shakllantiriladi va banklarga nzatiladi. Ular bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o'zgartirishga rnxsat etilmaydi.
0‘zbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB o'rtasidagi axborot almashinish so‘rov fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi.
Quyidagi rasm orqali AT «Agrobank» Oqtosh fflialining mi- jozga ochadigan talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobva- rag‘ini BDMABda ro‘yxatga olish jarayoni bilan tanishib chiqamiz.

  1. Mijoz, ya’ni yuridik shaxs talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ini ochish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlami bankka taqdim etadi.

  2. Bank tegishli nazoratdan so‘ng mijozga xos hisob raqam berish uchun tegishli elektron so‘rov hujjatini tayyorlaydi.

  1. Hisobvaraq ochish uchun tayyorlangan elektron so‘rov hujjati AT «Agrobank» orqali BDMABga jo‘natiladi. Elektron so‘rov hujjatida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

  1. j


    Yüklə 4,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə