Hanklarda &uxgalteriya msoB


Mijozning asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazish, operatsiyalarni to‘xtatish va bisobvaraqni yopish tartibi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə24/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Mijozning asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazish, operatsiyalarni to‘xtatish va bisobvaraqni yopish tartibi

Xo‘jalik yurituvclii subyektlaming banklardagi asosiy hisobvaraqlari turli sabablar tufayU boshqa bankga o'tkazilishi, operatsiyalar vaqtinchalik to‘xtalishi yoki yopilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyati davomida juda ko‘p operatsiyalar va hisob-kitoblar amalga oshirilganligi bois, ulaming asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazish yoki yopish mijoz yoki bank istagan paytda osonlik bilan amalga oshirish qiyin hisoblanadi. Ushbu jarayon Markaziy bank,
Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat idoralarining tegishli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi.
Mijozlarning asosiy hisobmrag‘ini boshqa bankka о ikazish tartibi. Bank mijozning asosiy hisobvarag'ini boshqa bankka o'tkazishda uning soliqlar, davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg'armalar va bank kreditlaridan qarzdorligi mavjud emas- ligiga e’tibor qaratadi. Shuningdek, bank va mijoz o'rtasida aso­siy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi ko‘rib chiqiladi.
Bank mijozning asosiy bisobvaragbni boshqa bankka o‘tka- zishda xo’jalik yurituvcbi subyekti ro‘yxatda turgan Davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotnomasini talab qiladi, bank xo‘jalik subyektining soliqlar va boshqa majburiy yig‘imlardan qarzi yo'qligiga e’tibor qaratadi. Agar ma’lumotnomada mijozning soliqlar va boshqa majburiy tolovlardan qarzi mayjudligi qayd etilgan bo‘lsa uning hisobvarag’ini boshqa bankga o’tkazLshga ruxsat berilmaydi.
Boshqa bankga o’tkazish bo’yicha barcha hujjatlar o’rnatil- gan talablarga javob bersa, bank mijozning asosiy hisobvarag’ini boshqa bankka o’tkazish haqida arizasi bilan birga undan foydalanilmagan cbek daftarchalarini qaytarib oladi va mijoz­ning hisobvarag’i bo’yicha qoldiq summani tasdiqlab ma’lumot- noma beradi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvaraq bo’yicha qoldiq summani tasdiqlovchi ma’lumotnoma bilan birga yang! hisobvaraq ochayotgan bankka ariza beradi,Asosiy hisobvaraq ochayotgan bank mijozga vaqtinchalik 29801— «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» bisobvaragini ochadi, bu haqda mijoz hamda hisobvaraq yopilayotgan bankka yozma xabar beradi.
Mijoz bisobvarag’i yopilayotgan bankka hisobvaraqdagi qoldiq summani vaqtinchalik ochiigan hisobvaraqqa o'tkazish uchun to'iov topsbiriqnoma taqdim etadi. Mijozning asosiy hisobvarag‘1 yopilayotgan bankda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.
Debet 202XX -«Mijozning talab qilib olinguncha saqlana- digan depozjt hisobvaragi»
Kredit 10301-«Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragH
Nostro»
Shundan so‘ng asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank ifcki nusxada qabul qilish va topshirish haqida dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi va bankning muhri qo ‘yiladi. Dalolatnomaga mijozning yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2—sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarming asl nusxalari ilova qilinib, pochta, feld’eger aloqasi yoki kurer orqali asosiy hisobvaraq ochiiayotgan bankka yetkaziladi.
Asosiy hisobvaraq ochayotgan bank dalolatnoma va tegishli hujjatlar asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiradi. .

  1. Mijozning asosiy hisobvaragidagi qoldiq summa vaqtinchalik hisobvaraghga kirim qilinadi.

Debet 10301-«Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragl —
Nostro»
Kredit 29801«Mijozlar bilan hisob-kitoblar»

  1. Yangi ochilgan asosiy hisobvaraqqa o'tkaziladi va vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.

Debet 29801 -«Mijozlar bilan hisob-kitoblar»
Kredit 202XX -«Mijozning lalab qilib olinguncha
saqlanadigan depozit hisobvaragH»
Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag'i yangi bankda ochilganligi to‘g‘risida o‘z hamkorlariga xabar beradi. Shunga qaramasdan, mijozning asosiy hisobvarag‘i yopilgan bankka to‘lov hujjatlari kelib tushadigan boisa, ushbu hujjatlarni jo‘na-
tuvchiga qaytaradi. Bunda «Hisobvaraq yopildi.
bankning filialiga murojaat qiling», tarzida
ma’lumotnoma beradi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə