Hanklarda &uxgalteriya msoB


Kassa ishlarini tashkil etish va hajjatlarni saqlash



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə27/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Kassa ishlarini tashkil etish va hajjatlarni saqlash

Banklar aholi va mijozlarga naqd pullarni berish va ularni qabul qilish maqsadida kassa ishlarini tashkll etadi va amalga oshiradi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalashda pul aylanmasi tar- kibida naqdsiz pullar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hajmini oshirish orqali naqd pullar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar va bankdan tashqari naqd pul aylanmalari haj­mini qisqartirishga harakat qilinadi. Buning natijasida naqd pullarni inkassatsiya qilish, saqlash, qo'riqlash va boshqa xavfsizliklarni ta’minlash bilan bog'liq xarajatlami kamaytirish va to'lovlaming samarall usullarini kengroq joriy etishga imkoniyat yaratiladi.
O'zbekistonda banklaming kassa ishlarini tashkil etish Markaziy bankning «Tijornt banklarida kassa ishini iashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklami tashishga doir»y o‘i\ qnomasi (2003-yil 17-maydagi 534 — sonli) asosida tartibga solinadi.
Banklar mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun kassa operatsiyalari bo'limiga ega bo'lishi kerak. Banklar kassa xizmatini ko‘rsatish, tegishli pul ombori va kassalari faoliyatini tashkil etish uchun Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga ega bo‘lishlari shart.
Bankning pul ombori, kassalari va pullarni qayta sanaydigan bo‘limlari pullarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun zarur bo'lgan jihozlar, mahkamianadigan temir shkaflar, o'tda yonmaydigan seyf va temir seyllar bilan jihozlangan bo'lishi shart. Bankning kassalaridagi naqd pul va qimmmatliklar xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning tashqari va ichkari oynalaridan ko‘rinmasligi hamda tegishli panjaralar bilan hi- moyalangan bo‘lishi lozim.
Banklarda kassa ishlarini tashkil etishda naqd pullami saqlash, ulardan samarali foydalanish, inkassatsiya qilish va boshqa operatsiyalami to‘g‘ri, aniq, to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Bularning barchasi kassa intizomiga toliq rioya etishni talab etadi.
Banklarda kassa operatsiyalari bo'limini qimmatliklar bilan ishlashdan ozod etilgan boshliq boshqaradi, shuningdek, kassa operatsiyalari ustidan nazorat o‘matadi va uni to‘g‘ri tashkil elilishi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. Qimmatliklami saqlash va ular bo‘yicha operatsiyalar o'tkazish bilan bog‘liq moddiy javobgarlik — bankning kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalga oshirish va naqd pullami qayta ishlashga bo‘lgan ish hajmini e’tiborga olgan holda:

  • kirim kassa;

  • chiqim kassa;

  • kirim—chiqim kassa;

  • pulni qayta sanash kassasi;

  • kechki kassa;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar qoshida maxsus kassalami tashkil etishi mumkin.

Shuningdek, plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida bankdan tashqari xizmat kohsatish imkoniyatini beruvchi bankomatlar ham o‘rnatilishi mumkin.
Bankning kassa bolimiga ishga qabul qilingan barcha kassirlar bilan yakka tartibdagi moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan hisob- operatsiya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim—chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi hisob-operatsiya xodimlari esa — kassirlaming imzo namunalari bilan ta’minlangan bo'lishlari lozim.
Operatsiya kassasining naqd puli va boshqa qimmatliklar saqlanadigan pul omborlari qimmatliklaming but saqlanishi uchun javobgar bolgan uch mansabdor shaxs tomonidan uchta kalit bilan ochiladi va qulflanadi, harnda ularning muhrlari bilan muhrlanadi. Pul omborlari ning birinchi kaliti— kassa mudirida, ikkinchi kaliti — rahbarda va uchinchi kaliti — bosh buxgalterda bo‘ladi.
Banklarda kun davomida amalga oshirilgan kassa opera- tsiyalari bilan bogliq barcha huyatlar tegishli kassa mudiri yoki mas’ul kassa xodimi tomonidan kunlik kassa hujjatlari yig‘ma jildida tikiladi. ,
Kunlik kassa hujiatlari balans hisobvaraqlar bo‘yicha o‘sib borish tartibida, awal kassaning kirim hujjatlari so‘ngra chiqim hujjatlari alohida—alohida qihb taxlanadi. Bankning kunlik kassa hujjatlari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari raqamlari bo'yicha, awal - kirim, so'ngra - chiqim hujjatlari taxlanadi.
Taxlangan kassa hujjatlari xuddi shu tartibda har kuni alohida yuritiladigan yig‘majildda tikiladi va raqamlanadi. Kunlik yig‘ma jilddagi kassa hujjatlar asosida bank kassasiga balans va ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha amalga oshirilgan kirim va chiqim summalari belgilangan tartibda hisoblanadi.
Kassa hujjatlariga tikilgan kirim va chiqim hujjatlar buxgalteriya boriimi balansi va tegishli qayd daftariari bilan solishtirib nazoratdan o'tkazilgandan so‘ng yig‘majild yuz tomonidagi yozuv, uni shakllantirgan kassa mudiri va kassiming imzolari bilan tasdiqlanadi.
Bankning kunlik kassa hujjatlari bo‘yicha shakllantirilgan yig‘ma jild bosh buxgalter tomonidan balans hisobotlari va ma’lumotlari bilan taqqoslanib tckshiruvdan o‘tkazilgandan so'ng uning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Kunlik kassa hujjatlarining yig‘ma jildi oxirgi o‘n ikki oy mobaynida kassa mudiri yoki kassa hujjatlarini saqlash zimmasiga yuklatilgan kassiming javobgarligida pul omborida yoki alohida seyfda saqlanadi. 12 oydan so‘ng arxivga topshirilgan kassa hujjatlari kamida 5 yil davomida bank arxivida saqlanadi.
Kassa hujjatlari bankdan tergov, sud oiganlari yoki bosh bank qaroriga binoan olinishi mumkin va ulaming yozma talab- nomasiga ko‘ra, bank rahbarining imzosi bilan beriladi. Kassa hujjatining olingan asl nusxasi o‘miga, uning kassa mudiri tasdiqlagan ko‘chirma nusxasi (kserokopiya), huijatning asl nusxasini olgan shaxsning tilxati yoki hujjatning jo‘natilganiigi to‘g‘risidagi pochta kvitansiyasi va hokazolar tikib qo‘yiladi.


  1. Yüklə 4,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə