Hanklarda &uxgalteriya msoB


Kassa operatsiyalari va ularning hisobi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə28/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Kassa operatsiyalari va ularning hisobi

Banklar aholi va mijozlardan naqd pullarni qabul qilish va ularga berish bilan bogiiq kassa operatsiyalarini amalga oshiradi va ulaming buxgalteriya hisobini yuritadi.
Banklarda kassa operatsiyalari bilan bogiiq operatsiya- laming buxgalteriya hisobi «0‘zbekision Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish» Qoidalari (Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 15-iyundagi 13/6— sonli qarori bilan tasdiqlangan) asosida tartibga solinadi.
Banklarda naqd pullarni qabul qilish va ulami berish bilan bogiiq operatsiyalaming buxgalteriya hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:

  1. Aylanma kassadagi naqd pullar

  2. Naqd pullar zaxirasi

  3. Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar

10107— Bankomatlardagi naqd pullar
10109— Yo ‘Idagi naqd pullar va boshqa to 4ov hujjatlari
10111— Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar
10307— Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘Igan mablaglar

10311— Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo ‘Igan mablaglar
10507— Boshqa banklardan olinishi lozim bo ‘Igan mablaglar

  • Naqd pullar

16101— Bosh bank/flliallardan olinadigan mablaglar — Naqd pullar
16103—Bosh bank/filiallardan flliallar va banklararo hisob- kitoblar bo‘yicha olinadigan mablaglar 17301— Tranzit hisobvaraqlari 19903— Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar 19935— Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo 'yicha kamomadlar
21008— Boshqa banklarga berilishi lozim bolgan — Naqd pullar
21307—Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablaglar (Markaziy bank)
21314—Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to ‘lanishi lozim- bolgan mablaglar (Markaziy bank)
22202— Bosh bank/filiallarga tolanadigan mablaglarNaqd pullar
29804— Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
29816—Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar Kassa hujjatlarining rasmiylashtirilishi. Kassa hujjatlariga asosan quyidagilar kiradi:
-pul cheklari;
-kassa kirim orderi;
-kassa chiqim orderi;
-kassaga pul topshirish bo‘yicha e’lonnoma va boshqalar. Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo'lda to'ldirilgan bo'lishi shart. Hujjatning toidirilmagan qismlaiga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim.
Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvaraq raqami va bank nomi cheklarda hamda e’lonlarda burchak shtamplar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida so‘z bilan yoziladigan summa satming boshidan katta harf bilan boshlanishi shart.
«Summa raqam bilan» hamda «Summa so‘z bilan» rekvizitlaridagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo‘yiladi.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ism-sharifi yoziladi. Hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlaming maqsadini ko'rsatishi shart, ushbu ma’lumotlar chek bemvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining pasporti yoki uning о‘mini bosuvchi hujjat (hujjat faqat 0‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki islilar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘z xodimlariga berilgan bo'lsa) ma’lumot- lari ko'rsatiladi. Bu ma’lumotlar naqd pul oluvchilar tomonidan to'ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos boladigan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilaming imzolari bilan tasdiqlanadi.
Naqd pul cheki bo'yicha mablag1 chekda shaxsi ko'rsatilgan shaxsga tolanadi. Chek bo’yicha pul olish huquqi boshqa shaxsga topshirilishi man etiladi. Ikkinchi imzo huquqi bilan chekni imzolagan tashkilot bosh buxgalteri yoki bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim nomiga yozilgan chek bo‘yicha pul tolanishiga yo‘l qo'yilmaydi. Faqat harbiy qismlar, harbiy tashkilotlar, markazlashtirilgan buxgalteriyalar xizmatidan foy- dalanmaydigan o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, shuningdek, pul olishiga ruxsat etiladigan boshqa shaxs shtatida bolmagan tashkilotlar hisobvaraqlariga doir cheklar bundan mustasno. Bu holat hisobvaraq egasi imzolar namunasi varaqchasida qayd etgan tegishli yozuv bilan (ikkinchi imzo namunasidan keyingi satrda) tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Bank rahbari, ayrim hollarda, chek bo’yicha qisman pul to‘- lash va pul oluvchi shaxsga ushbu chek bo’yicha unga amalda berilgan pul summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishga ruxsat etishi mumkin.
Ma’lumotnomaga bank rahbari va bosh buxgalteri imzolari qo’yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi to‘g‘risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu chek bo'yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to’langani haqidagi ma’lumot- nomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujptlariga qo'shib tikiladi.
«0‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma» (2001-yil 19-fevral, ro‘yxat raqami 1009 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 3—4—son)- ga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi va ularga qaraslili muassasa- larning to‘lov topsMriqnoma va cheklarida to‘lov maqsadi ko'rsatilishi talab qilinmaydi.
Kirim kassa orderlariga hamda pul va qimmatliklami qabul qilish kvitansiyalariga imzo chekish huquqi berilgan kassa xodimlarining familiyalari, ularning imzo namunalari bank rahbari tomonidan chiqarilgan maxsus blankalarda ko'rsatdadi.
Bosh buxgalter imzolaming tegishli namunalari o‘z vaqtida kassaga, buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat olinishini ta’minlashi shart.
Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan yuqorida qayd etilgan yo‘riqnoma hamda boshqa normativ— huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq o'matilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo'yicha amalga oshiriladi. Bunga xususan, memorial orderlar, kirim va chiqim kassa orderlari, ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha memorial orderlar, kredit bo‘limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo'yicha tayinlangan mutasaddi xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi.
Bank tuzgan hujjatlarda ularning raqamlari qayd etiladi. E’lonlar, shuningdek, ularning kvitansiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri tomonidan belgilanadi. Pul qabul qilinganligi to‘g‘risida tolovchiga kvitansiya beriladigan hollarda bank xodimi pul qo‘yuvchiga berilgan kvitansiya raqamining oxirgi uch raqamini e’longa yozib qo'yadi.
' Bank tomonidan beradigan kvitansiyalarda so‘z bilan yozi- ladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. «Summa raqam bilan» rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joyga ikki parallel to‘g‘ri chiziq tortib qo'yiladi.
Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlami kirim qilish va hisobdan chiqarishga doir kirim—chiqim orderlarida yakuniy summalar so'z bilan qayta yoziladi.
Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida tuziladi (bunga imkoniyat bolmasa, qo‘lda yozib to‘ldiriladi). Unda Sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, ushbu kassa jurnallari kirim va chiqim hujjatiarini dastlabki nazoratdan o‘tkazgan mas’ul ijrochi va kassiming imzolari bilan tasdiqlanishi shart.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə