Hanklarda &uxgalteriya msoB


Kredit 10109 -«Yoldagi naqd pullar va boshqa to ‘lov hujjatlari»



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə30/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Kredit 10109 -«Yoldagi naqd pullar va boshqa to ‘lov hujjatlari»
Mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar sotilgan tovarlar, ko'rsatilgan xizmatlar va bajariigan ishlar bo'yicha naqd pul tushumiarini inkassatsiya xizmati orqali, istisno tariqasida ayrim hollarda banklardagi hisobvaraq- lariga topshirishi shartdir. Burring nazoratini amalga o&hirish uchun banklar tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektlaming kassalarida saqlash mumkin bo‘lgan pullaming chegarasi belgilab qo‘yiladi. Kassada saqlaydigan puliarning chegarasi subyektning faoliyat turini e’tiborga olgan holda odatda bir yilga o'rnatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rnatilgan kassa limitidan or- tiqcha pullami shu kuniyoq toiiglcha bankdagi hisobvarag'iga topshirishi shart, xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni berish bilan bog'liq hollarda ushbu chegara uch ish kuni davomidan oshmasligi talab etiladi. Bu tartibning buzilishi xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi.
Naqd pullami qabul qilish va ularning hisobi. Banklar aholi va o‘z mijozlaridan quyidagi hollarda naqd pullami qabul qilishi mumkin:

  • savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan tushgan tushumlar;

  • soliqlar, yig‘imlar, boj va boshqa majburiy tolovlardan tushgan tushumlar

  • omonatlarga topshirilgan tushumlar;

  • pochta o‘tkazmalari uchun tushgan tushumlar;

  • bank kartalariga tushgan tushumlar;

  • boshqa maqsadlardan tushgan tushumlar.

Yuridik shaxslardan naqd pullarni bank kassasiga qabul qilish inkassatsiya xizmati yoki ularning o'zlari tomonidan bankka olib kelib topshirish orqali amalga oshMladi. Bank
boshqaruvchisining ruxsati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan ortmagan miqdoridagi naqd pul tushumlami yuridik shaxslar o‘zlari olib kelib bankka topshirishlari mumkin.
Yuridik shaxslar naqd pullami o‘zlari olib kelib topshirganda pul topshirish badalnomasi (e’lormoma) rasmiylashtiriladi (6- ilova). E’lormoma uch qismdan, ya’ni naqd pul qo‘yish e’loni (kassa kunlik hujatlar yig‘ma jildiga tikiladi), kvitansiya (pul topshirganligini tasdiqlab pul topshiruvchiga qaytariladi) va orderdan (buxgalteriya yozuvini berish uchun bank buxgalte- riyasiga taqdim etiladi) iborat boladi.
Banklar tomonidan boshqa barcha holatlarda qabul qilinadigan pul tushumlari kassa orderi orqali qabul qilinadi va pul topshiruvchiga naqd pul topshirganligini tasdiqlovchi kvitansiya beriladi.
Bank xodimlaridan pul qabul qilib olinganda, kvitansiya o'miga kirim kassa orderlarining kassir tomonidan imzolangan va kirim kassasining muhri qo‘yilgan nusxalari beriladi.
Tijorat banklariga xo'jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini va kassa limitidan ortiqcha naqd pullami topshirishlari mumkin. 4.1-rasmda mijozlaming naqd pullami bankka topshirish jarayoni keltirilgan.

  1. Mijoz 500 ming so‘m naqd pul va rasmiylashtirilgan e’lonnomani bankning kirim kassasi kassiriga topshirdi.

  2. Kassir pullami sanab qabul qiladi va kvitansiyaga pulni qabul qilganligi haqida imzo va shtamp qo'yadi.

  3. Kvitansiyani mijozga pul olganligi haqidagi hujjat sifatida qaytaradi.

  4. Eionnomaning orderi mijozning hisobraqamiga summani kiritish maqsadida buxgalteriya bolimiga beriladi.

  5. Buxgalteriya bo'limi e’lonnomaning order qismiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi.

a) Agar pul topshimvchi bankning mijozi bolsa:
Debet 10101«Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 20202 ~«Mijozning depozit hisobvarag'i»


4.1-rasm. Mijoz naqd tusbumini hankka topshirganda hujjatlaraing aylanishi va hisohi

b) agar pul topshiravchi boshqa bankning mijozi bo‘Isa:


b.l.) kassa kirim order! asosida;
Debet 10101«Aylanma Jcassadagi naqd pullar.»
Kredit 29804 — «Boshqa bank mijozining naqd pullari va cheklari»
b.2.) boshqa bankdagi mijozning hisovarag‘iga o‘tkazish uchun memorial order asosida;
Debet 29804 — «Boshqa bank mijozining naqd pullari va cheklari»
Kredit 16103-« Bankning vakillik hisobraqami»

  1. Mijozning hisobvarag‘idan ko'chirmani beradi.

Banklar jismoniy shaxslardan muddatsiz va muddatli depozitlarga naqd puliarni qabul qilganda, olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni naqd pulda tolaganda kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi va 10101-«Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvaraqasining debetida aks ettiriladi. Masalan:
a) jismoniy shaxs muddatsiz depozit hisobvaraghga naqd pul topshirdi:
Debet 10101«Aylanma kassadagi naqd pullar»
63



Kredit 20206 — «Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari»
b) jismoniy shaxs muddatli depozit hisobvarag‘iga naqd pul topshirdi:
Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 20606 — «Jismoniy shaxslaming muddatli
depozitlari»
v) jismoniy shaxs iste’mol kreditini naqd pulda qaytardi: Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 12501-«Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar»
g) jismoniy shaxs kreditning foiz toiovini naqd pulda to'ladi:
Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 16309 — «Kreditlar bo yicha hisoblangan foizlar»
Bank xodimlari xizmat safarlaridan qaytganda qolgan ortiqcha naqd pullami, bankning mol—mulklari inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadlar moddiy javobgar xodimdan naqd pulda undirilganda tegshli hisobotlar va dalolatnomalar rasmiylashtirilib kirim kassa orderi asosida bankning 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘iga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.
a) Bank xodimining xizmat safari bo'yicha tuzilgan hisobotdan so‘ng qaytarilgan naqd pul bo‘yicha:
Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 19907— «Xizmatlar uchun oldindan qilingan xarajatlar»
a) Aniqlangan kamomad javobgar xodimdan naqd pulda undirilganda:
Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 19908 — «Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bolgan mablaglar»

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə