Hanklarda &uxgalteriya msoB


Rezldent va norezidentlarga milliy va xorljiy valutada bank hisobvaraqlarini ochish tartibi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə19/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Rezldent va norezidentlarga milliy va xorljiy valutada bank hisobvaraqlarini ochish tartibi

O'zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar milliy valutada o‘zlari istagan tijorat bankida bir va undan ortiq talab qilib olinguncha depozit, shuningdek, jamg‘arma va muddatli depo­zit hisobvaraqlarni ochishi mumkin.
Banklarda yuridik va jismoniy shaxs bo'lgan rezident va norezidentlarga talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma va muddatli depozit hamda ssuda hisobvaraqlami ochish Markaziy banJming «O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochila- digan bank hisobvaraqlari to ‘g‘risida»%i yo'riqnomasi asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi.
Xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxs belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng milliy valutada ochgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragh asosiy hisobvaraq hisoblanadi. qolgan barcha holatlarda boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlari ikkilamchi hisobvaraqlar hisoblanadi.
Mijoz asosiy hisobvaragh ro‘yxatdan o'tganligi haqida davlat soliq inspeksiyasini xabardor qilgandan keyin boshqa tijorat bankida ikkilamchi hisobvaraqlami ochishiga ruxsat beriladi. Ikkilamchi hisobvaraqlami ochishda hisobvaraq ochiladigan bankka asosiy hisobvaraq ochishda topshiriladigan barcha huj- jatlar taqdim etiladi, mijozning asosiy hisobraqami mavjud boi- gan bankda ikkilamchi hisob raqam ochilishiga yol qo‘yilmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
Hisobvaraqlar mijoz tomonidan tegishli hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng ikki ish kuni mobaynida ochilishi lozim. Rezident va norezidentlarga hisobvaraqlami ochishda banklar Markaziy bank tomonidan ko‘zda tutilgan eng kam ish haqining bir yoki yarim barobarida haq olishi mumkin.
Bankda mijozlarga ochilgan hisobvaraqlar Markaziy bankning Bank depozitorlari Milliy axborotlar bazasi (BDMAB) tomonidan yordamchi kitob talablari bo'yicha kodlashtiriladi, ro‘yxatga olinadi va qoldiq summalarini qayd etmagan holda saqlanadi. Ushbu jarayon Markaziy bankning «0‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazflsi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro yxatini yuritish tartibi to ,g<risida»gi nizomi (Adliya vazirligida 2008-yil 27-sentabrda 1863—raqam bilan ro‘yxatga olingan) asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi.
Rezident va norezidentlarga milliy valutada talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar ochish tartibi. Talab qilib olinguncha saqlanadigandepozit hisobvaraqlarini ochish uchun rezident yuridik shaxs quyidagi hujjatlami bankka taqdim etadi:

  1. hisobvaraq ochish haqida ariza (17-ilova);

  2. davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (18-ilova);
g) ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav)ning notarial tasdiqlangan nusxalari.
Shu bilan hirga, alohida hollarda boshqa hujjatlar ham talab etilishi mumkin. Masalan, tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlami xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasidan tegishli guvohnoma nusxasi, agar mijoz pul mablagiarini tasarmf qilish vakolatini boshqa shaxsga beradigan bo‘Isa bank vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlaridan nusxani talab qilish huquqiga ega.
Banklarda notijorat faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar va davlat budjetdan mablag‘ oluvchilar depozit hisobva- raqlari ochishi mumkin. Ushbu shaxslarga talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishda ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav)ning notarial tasdiqlangan nusxa- laridan tashqari boshqa barcha hujjatlar tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga qo‘yilgan talablar qo'yiladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə