Hanklarda &uxgalteriya msoB



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə14/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Bank ichki nazorati

Bank hisob-operatsion xodimlaming kassa hujjatlari, memo­rial hujjatlar va balansdan tashqari hujjatlami qabul qilish, ulami rasmiylashtirish, qayta ishlash (elektron to‘lov hujptlami yaratish) va buxgalteriya hisobini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish jarayonida bankning ichki nazorati amalga oshiriladi.
Bankning ichki nazorati dastlabki, joriy va so‘nggi nazorat tartibda amalga oshiriladi. Dastlabki nazorat pul hisob-kitob hujjatlari buxgalteriya yozuvlari berilgunga qadar, joriy nazorat buxgalteriya yozuvlarini rasmiylashtirishda va so‘nggi nazorat barcha buxgalteriya operatsiyalar amalga oshirib bo‘lingandan so'ng amalga oshiriladi.
Bank dastlabki nazorati. Front-ofis xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning samaradorligini, bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda, ularning Markaziy bankning normativ—huquqiy hujjat- iarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiy- lashtirilganligi, barcha mkvizitlar toiiq va to‘g‘ri toidirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilaming imzoJari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi. Toiov topshiriqnomalari va naqd puini qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bolishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi.
Bankning mas’ul ijrocfai buxgalteri yoki Front-ofis xodimi to‘lov huiiati rmsxalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o'zaro bir xilligiga ishonch hosil qilishi iozim. Shundan so‘ng, ijro etish sanasi ko'rsatilgan holda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va irnga biriktirilgan bank shtampi qo'yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovehi tilxat vazifasini bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan chekiar to'ldiriigan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko'rsatilgan sana to'g'rilanmagan holda) 10 kalendar kirn davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Chekni qabul
qilishda mas’ul xodim dastawal unda ko'rsatilgan miqdor doirasida mijozning hisobvarag'ida mablag’lar yetarliligiga e’tibor qaratadi, shundan so‘ng mas’ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasini, chekni topshirgan xo'jalik subyektining nomini va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag’ning raqam va so‘z bilan yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o'zidagi imzo namunalari bilan solishtiradi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asi nusxalariga asosan ma’lumotlami dasturga kiritadi va to‘lov hujatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o'tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə