Hanklarda &uxgalteriya msoB


Bosh kitob va yordamchi kitob



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə10/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Bosh kitob va yordamchi kitob

Bank buxgalteriyasi bosh va yordamchi kitoblarda yuritiladi. Bosh kitob (yoki sintetik hisob) yordamchi kitobda (yoki analitik hisob) aks ettirilgan summalaming balans hisob raqamlarida umumiy yiglndisini aks ettirib boradi.
Bosh kitobning materiallari bo‘lib kunlik, oylik va yillik aylanma vedomost va balanslar, mahalliy budjetga ajratmalar bo'yicha vedomostlar hisoblanadi.
Kassa kirim va chiqim jurnallari ikki nusxada maxsus kompyuter dasturi asosida tuziladi, jurnalda mijozning hisobvaraqasi nomeri, kassa chiqim yoki kirim simvoli va summasi qayd etiladi (2-ilova). Operatsion kun tugagandan so‘ng jami summalar balans hisob raqamlar bo'yicha jamlanadi va tegishli xodimlarning tekshiruvidan so'ng imzolanib, kunlik buxgalteriya hujjatlar jildiga tikiladi.
Kunlik aylanma vedomost va balanslar bankka mijozlardan va elektron to'lov tizimi orqali kelib tushayotgan hamda bankning o‘zida yaratilayotgan boshlang‘ich hujjatlar asosida kompyuterda dasturiy yo‘l bilan tuziladi. Kunlik aylanma vedomost va balans asosida oylik va yillik aylanma vedomost hamda balanslar tuziladi (3-4-ilovalar).
Aylanma vedomostda balans va ko'zda tutilmagan hisob raqamlar bo'yicha kun boshiga qoldiq va kun davomida amalga oshirilgan debet va kredit oborotlar va kunning oxiridagi qoldiq aks ettiriladi. Aylanma vedomostda kun boshiga va oxiriga mavjud bolgan aktiv va passiv summalar hamda debet va kredit oborot summalari bir—biriga o‘zaro teng keladi. Balansda esa balans va ko‘zda tutilmagan hisob raqamlarning aktiv va passiv qoldiq summalari aks ettiriladi va kunning oxirida aktiv va passiv summalar biri—biriga o‘zaro teng kelishi zarur.
Balans kunning oxirida bosh buxgalter tomonidan Bosh kitobning barcha hisob raqamlari bo‘yieha nazoratdan o‘tkazilgandan keyin imzolanadi va shundan so‘ng bank boshqaruvchisi ко‘rib chiqib imzo qo‘yadi.
Balansning bir nusxasi kunlik buxgalteriya hujjatlar jildiga tikib boriladi, ikkinchi nusxasi maxsus oylik jildda tikib boriladi va oy so‘ngida belgilangan tartibda bank arxiviga topshiriladi.
Bank buxgalteriyasi bosh kitobida bankning barcha operatsiyalari umumlashtirilgan holda, yordamchi kitobda esa ubshu ko‘rsatkichlar yoyib aks ettiriladi.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda asosiy e’tibor hisob-kitob operatsiyalari, qimmatliklarning but saqlanishi hamda ularning maqsadJi va samarali foydalanishi ustidan nazorat o'matishga qaratiladi.
Bank buxgalteriya ma’lumotlari kredit resurslarini samarali va maqsadli foydalanishda, ma’lum operatsiyalar ustidan tahlil ishlarini amalga oshirishda hamda bank faoliyatini boshqarib turishda muhim ma’nba bo‘lib hisoblanadi. Bank bo‘limining boshlang‘ich buxgalteriya hisobi yordamchi kitobda aks ettiriladi, ushbu kitobda barcha mablag‘lar o‘zining tashkil topish nuqtayi nazaridan alohida—alohida hisobvaraqalarda yuritiladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə