Hanklarda &uxgalteriya msoB



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə9/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Passiv hisobvaraqiarda mablaglaming ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debetda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqiarda qoldiq summalar kreditda vujudga keladi, kontr passiv
hisobvaraqlar bundan mustasno. Passiv hisobvaraqiarda hisobga olingan summalar bankning o‘z mablaglari va jalb qilingan mablag4 alarning manbalarini anglatadi.
Shu bilan birga, hisobvaraqlar rejasining 9 bolimida ko'zda tutilmagan holatlar mavjud bo‘lib, ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilsada, kunlik balansga bevosita ta’sir etmaydi. Ammo ular bo‘yicha amalga oshirilgan buxgalteriya yozuvlarining haqqoniyligini tekshirib borish maqsadida ushbu hisobvaraqlar bo‘yieha kunning oxirida balans tuziladi. ■
«Ko'zda tutilmagan holatlar» bo‘limiga operatsiyalami ikki yoqlama yozuv uslubi bo'yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalaming to4g‘riligim qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr—aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
MM—ushbu kod orqaii hisobvaraqlar rejasining navbatdagi ikkita raqamning, ya’ni beshta raqamdan iborat bo'lgan hisob raqamning 2 va 3 raqamlari mohiyati ifoda etiladi. Bank buxgalteriya hisobida bosh kitobdagi ushbu ikkita raqam hisobvaraq rejasining «birinchi tartibli» raqamlari deb yuritiladi.
Bosh kitobdagi 10000 aktiv yoki 20000 passiv hisobvaraq ekanligi ma’lum, endi ushbu aktiv yoki passiv hisobvaraqlarda qanday guruhdagi aktivlar yoki passivlar hisobga olinishini bilish uchun birinchi tartibli, ya’ni navbatdagi ikkita raqamning mohiyatini aniqlaymiz.
Masalan, 10100— bu yerda 01 «Kassadagi naqd pul va boshqa tolov hujyatlari» yoki 10300— bu yerda 03 «Bankning 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlari» ekanligini anglatadi. Xuddi shuningdek, 20200—bu yerda 02 «Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» yoki 20400— bu yerda 04 «Jamg'arma depozitlar» ekanligini anglatmoqda va h.k. '
SS—ushbu kod bank buxgalteriya hisobi bosh kitobining asosiy hisobvaraqlarga tegishli oxirgi ikkita subhisobvaraqlarning mohiyatini ochib beradi va buxgalteriya hisobvaraqlar rejasida «ikkinchi tartibli» hisobvaraqlar hisoblanadi.
Masalan, 10101— bu yerda 01»Aylanma kassadagi naqd pullar», 10107— bu yerda 07»Bankomatlardagi naqd pullar», 10301— bu yerda 01 «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro», 10309-bu yerda 09»Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘i» ekanligini bildirmoqda. Xuddi shuningdek, 20202—bu yerda 02»Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari» yoki 20410— bu yerda 10»Daviat korxona, tashkilot va muassasalarining jamg‘arma depozitlari» ekanligini anglatmoqda va h.k,
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraq uchun aktiv yoki passiv bo'lishi, aktiv—passiv qoldiqlarga ega boladigan ayrim hisobvaraqlardan tashqari aniq belgilab qo'yilgan. Demak, aktiv hisobvaraqlarga «Aktivlar», «Xarajatlar» va «Ko'zda tutilmagan holatlar» bo‘Umlandagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga «Majburiyatlar», «Kapital» va «Daromadlar» bolimlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlaming real qiymatini aks ettirish maqsadida «Aktivlar» bo'limiga kontr—aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa «Majburiyatlar» bolimiga kontr—passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari «Aktivlar» likvidlilik, «Majburiyatlar» esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasnif- langan.»Daromadlar» va «Xarajatlar» bo'limi uchun yordamchi kitob ko‘zda tutilmagan bo‘lib, ushbu bo'limlardagi hisob - varaqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda yordamchi kitobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar.


  1. Yüklə 4,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə