Hanklarda &uxgalteriya msoB


I bobga old nazorat savollari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə12/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

I bobga old nazorat savollari

  1. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning zarurUgi.

  2. Buxgalteriya hisobining predmeti va obyekti.

  3. Banklarda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari.

  4. Bank balansining mohiyati va uning tarkibiy tuzihshi.

  5. Bank balansining aktiv va passivlari tarkibi.

  6. Bankning aktiv va passiv operatsiyalari.

  7. Buxalteriyaning ikkiyoqlama yozuvi va uning asosiy ele- mentlari.

  8. Hisob-operatsion ishlarini tashkil etish.

  9. Hisob-operatsion apparatining tuzilishi.

  10. Bek-ofis va uning vazifalari.

  11. Front-ofis va uning vazifalari.

  12. Banklaming buxgalteriya hisobvaraqlari va uning tuzilishi.

  13. Bosh kitob va uning materiailari.

  14. Yordamchi kitob va uning materiailari.

  15. Hisobvaraqlaming kodlanishi va vazifalari.

II BOB. BANKLARDA HUJJATLAR AYLANISHI YA 1СНИ
NAZORAT

  1. Pul hlsob-kltob hujjatlari va banklarda isl jarayonini tasUdl etish

Banklarda buxgalteriya hisobining asosi pul hisob-kitob huj- jatlari hisoblanib, ular asosida tegishli operatsiyalar va buxgal­teriya yozuvlari amatga oshiriladi.
Hujjat so'zi lotinchadan olingan bo‘lib, isbotlovchi, guvoh- lik beruvchi tarzidagi ma’nolarni anglatadi. Bank hujjatlari, deganda bankning kunlik operatsiyalarini amalga oshirish va buxgalteriya yozuvlarini bajarish uchun asos bo'ladigan, shuningdek, operatsiyalarning qonuniyligini tasdiqlovchi va unga xizmat qiluvchi pul hisob-kitob hujjatlar majmuasi nazarda tutiladi.
Banklar har kuni bir necha ming va millionlab operatsiya- larni bajaradi, ularni o‘z vaqtida, qonuniy asosda va samarali amalga oshirish maqsadida Markaziy bank pul hisob-kitob hujjatlaming shakli, hajmi, rekvizitlari, rasmiylashtirilishi va shakllantirilishiga alohida talablami qo'yadi. Bank hujjatlari shakli jihatidan avtomatl ashtirilgan kompyuter dasturlarida qayta shakli antirilishi va qayta ishlash imkoniyatiga ega bolish lozim, bu ulanting standart va unifikatsiyalashgan shaklda tayyorlanishini talab etadi. '
Bank pul hisob-kitob hujjatlari tipografiyada bosmadan chiqarilishi yoki kompyuter prmterlarida pechat qilingan holda tayyorlanishi ham mumkin. Ikkala holatda ham tayyorlagan hujjatlarmng shakli, hajmi va rekvizitlari Markaziy bank talablariga to‘liq javob berishi lozim boiadi.
Banklaming pul hisob-kitob hujjatlari operatsiyalarni aks ettirisfaiga qarab uchta guruhga boiinadi:

  1. Kassa hujiatlari.

  2. Memorial hujjatlar.

  3. Balansdan tashqari hujjatlar.

Kassa hujjatlari asosan bankda naqd pullarning harakati bilaii bog‘liq operatsiyalami bajarishda qollaniladi. Bank kassa hujjatlari kirim va chiqim kassa hujjatlariga boiinadi.
Kirim kassa hujjatlariga quyidagilar kiradi:
-bank kassasiga naqd pullami topshirish e’lonnomasi (0402001), 6-ilova;
—kirim kassa orderi (0482005), 7-ilova.
E’lonnoma uchta qismdan, ya'ni e’lonnoma, order va kvitansiyadan iborat bo‘lib, mijozlar bankka naqd pul tushumlarini o‘zlari olib kelib topshirganda rasmiylashtiriladi. Boshqa barcha holatlarda naqd pullarni qabul qilishda kirim kassa orderlari rasmiylashtiriladi.
Naqd pullar inkassatsiya xizmatlari tomonidan bankka topshirilganda kuzatuv vedomosti rasmiylashtiriladi (0402006), 8-ilova. Kuzatuv vedomostida e’lonnomadagi rekvizitlardan tashqari barcha pul birliklarining nominal summalari ham qayd etiladi.
Chiqim kassa hujjatlariga quyidagilar kiradi:
—naqd pul cheki, 9-ilova;
—kassa chiqim orderi (0402009), 10-ilova.
Naqd pul cheklari banklaming naqd pullami xarajat hujjati hisoblanadi, ular qat’iy hisobdagi blanklar bo‘lib, foydalanishda bo'lmagan pul cheklari tegishli balansdan tashqari hisobva- raqlarda hisobda turadi. Pul cheki — bankka chekda ko‘rsatilgan naqd pul summasini chekni taqdim etgan yuridik shaxsning mas’ul xodimiga berish haqidagi topshirigl hisoblanadi.
Chiqim kassa orderlari pensiya, nafaqa, pul o‘tkazmalari, xizmat safari xarajatlari va boshqa naqd pul toiovlarini berishda qo‘llaniladi.
Memorial hujjatlar bank faoliyatida
eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar hisoblanadi, ular asosan naqd—pulsiz hisob-kitoblarda qodlaniladi. Memorial hujjatlar mijoz hujjatlari va bank hujjatlariga bo‘linadi.
Mijozlaming memorial hujjatlariga quyidagilar kiradi:
—to‘lov topshiriqnomasi (0505411002), 11-ilova;
—to‘lov talabnomasi (0505411001), 12-ilova;
—inkasso topshiriqnomasi (0505411013),13-ilova;
—akkrcditivga ariza (0505411009), 14-ilova;
—tijorat bankining hisob-kitob cheki (0505411005), 15- ilova.
Bank mijozlari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblami amalga osliirishda qollaniladigan hujjatlar standart shakl va hajmda tayyorlanadi hamda tegishli rekvezitlami o‘z ichiga oladi. Ularning qo'llanilishi va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar keying! boblarda bayou etiladi.
Bank naqd pulsiz hisob-kitoblarda amalga oshiriladigan barcha ichki operatsiyalarni, shuningdek, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan ularning hisobvaraqlari bo'yicha bajariladigan operatsiyalarni memorial order yordamida bajaradi (0505411008), 16-ilova.
Balansdan tashqari bank hujjjailariga balansdan tashqari kirim, chiqim va kirim—chiqim hujjatlari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar banklarda buxgalteriya
operatsiyalarini amalga oshirish uchun asos bolib xizmat qiladi va ular tegishli nazoratni amalga oshirish hamda saqlashni talab etadi.
Banklarda kassa hujjatlari uzoq muddatga saqlanadi. Bank kassa va naqd pulsiz hisob-kitoblari bilan bog‘liq hujjatlami kunlik yig'ma jildlami shakllantirish, tikish va belgilangan tartibda titulini rasmiylashtirish ishlari bank bosh buxgalteri tomonidan tayinlangan mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlar arxivga saqlash uchun topshirishdan oldin belgilangan tartibda kunlik yig'ma hujjatlar shaklida shakllantiriladi, jilddagi hujjatlaming kirim va chiqim huijatiari hisoblab chiqiladi, bank buxgalteri va tegishli mas’ul xodimiari tomonidan imzolanadi. Shundan so‘ng belgilangan tartibda tegishli topshirish va qabul qilish dalolatnomalari orqali bank arxiviga saqlash uchun topshiriladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə