Hanklarda &uxgalteriya msoB



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə11/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Yordamchi kitobning asosiy materiallari bo‘lib hisobvaraq, mijozlaming hisobvaraqlari bo‘yicha mablagiar qoldiq vedomosti.kassa kirim va chiqim jumallari, kartochkalar, ro‘yxatga olish kitobi va jumallar hisoblanadi.
Bankda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar turi, pul mablag‘i yoki qimmatliligi hamda maqsadiga qarab tegishli hisobvaraqalarda hisobga olinadi.
Hisobvaraq yigirmata raqamdan tashkil topgan bolib, ular quyidagi tartibda kodlashtiriladi:
sssss
B

Valuta kodi

atons
hisobvarag‘i

Demak, tijorat banklarida yuridik va jismoniy shaxslarga ochilgan bare ha hisobvaraqlar hamda bankning ichki hisobvaraqlari yigirmata raqamdan iborat bo‘lib, ushbu raqamlar yuqorida keltirilgan tartibda kodlangan boladi.
Masalan, bankning mijozi hisoblangan «Yulduz» ishlab chiqarish firmasiga bank hisobvarag'i quyidagi tartibda raqamlanadi уa .yuntiladi
B
20208 000 •: 5 00458080 001
SSSSS : WV "Y“''rSSSSSSSS Hnnn

u yerda:
-20208-Msobvaraqlar rejasidagi «Xususiy korxonalar, xo‘- jalik shirkatlari va jamiyatlaming talab qilib olinguncha saqlana- digan depozitlari» balans hisobvaragh;
000 — valuta kodi. Hisobvaraq qanday valutada ochilgan bo‘lsa aynan shu valutaning kodi qo'yiladi. Masalan, AQSh dollarming kodi 840, Yevroning kodi 978 va hakozo. Milliy valutamiz «So‘m» ning kodi 000 bo‘lib, milliy valutada ochilgan barcha hisobvaraqlarda «000» raqamlari qo‘yiladi;
—5 — mijozga ochilgan hisobvaraqning kaliti. Ushbu kalit Markaziy bank Axborotlashtirish markazida Milliy depozitarlaming ma’lumotlar bazasi (MDMB)da mijozga hisob­varaq ochayotgan paytda avtomatik ravishda qo‘yihb, hisobva­raqning raqamlari kalit bo'yicha dasturiy yo‘l bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi;
00458080 —sakkiztadan iborat bo‘lgan ushbu raqamlar mijozga hisobvaraq ochishda MDMBdan berilgan maxsus kod hisoblanib, hisob raqamdan o‘tayotgan barcha elektron to‘lovlar ushbu maxsus kod orqali dasturiy yo‘l bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bankning ichki hisobvaraqlari (daromad va xarajat- lar, asosiy vositalar, kapital va boshqalar) MDMBdan
ro'yxatdan o‘tmaganligi sababli, sakkizta koddan iborat raqamning o'rniga uchta «000» raqami va bankning beshta raqamdan iborat bo‘lgan bank kodi yoziladi;
001mijozga ochilgan hisobvaraqlar ushbu tartib raqami asosida raqamlanadi. Ma’lumki, hozirgi paytda mijozlar o'ziari istagan bir va bir necha bankda hisobvaraqlar ochishi mumkin. Ular tomonidan ochilgan barcha hisobvaraqlar ushbu tartib ostida о‘sib borish tarzida raqamlanib boriladi.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha banklarning mijozlariga ochilgan hisobvaraqalar Markaziy bankda maxsus kompyuter dasturi asosida MDMBda hisobga olinadi.
Barcha hisobvaraqlarda:

  • mijozning nomi;

  • hisobvaraq nomeri;

  • bankning kodi va nomi;

  • unga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter xodimning raqami, ismi, nasli va nasabi;

  • qayta ishlangan sanasi;

  • hisobraqamining so'nggi harakati;

  • kun boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldiq summa;

  • provodkalaming tartib bo‘yicha nomeri;

  • hujjatning nomeri;

  • operatsiya turi yoki hisob-kitob shakli;

  • korrespondent bankning kodi;

  • debet va kredit oborotlari summasi;

  • debet va kredit oborotlar bo'yicha jami yig‘indisi kabi asosiy rekvizitlari mavjud.

Mijozlar va bankning o‘ziga tegishli barcha hisobvaraqalar boshlang'ich hujjatlar asosida ikkita nusxada maxsus dastur bo'yicha kompyuterda tayyorlanadi. Mijozlaming depozit raqamlari bo'yicha tayyorlangan hisobvaraqalanting bir nusxasi ularning depozit raqamini debetlashga (tolov topshiriqnomasi va inkasso topshiriqnomasi) va kreditlashga asos bo‘lgan hujjat- lar bilan birgalikda hisobvaraqdan ko'chirma (keyingi o‘rinlarda ko'chirma deb yuritiladi) sifatida mijozlarga beriladi (5-ilova).
Ko'chirmada qayd etilgan barcha buxgalteriya yozuvlari bo'yicha ushbu depozit raqamini yurituvchi buxgalter xodim
24
javobgar hisoblanadi, shuning uchun mijozga berilayotgan ko‘chirma va ko‘chirmaga ilova qilinayotgan hujjatlarda qayd etilgan summalar va operatsiyalarning bir—biriga mos kelishini buxgalter xodim mijozga berishdan oldin qattiq nazorat qilishi lozim.
Mijozning depozit raqamidan ko‘chirma bank va mijoz o'rtasida o‘zaro kelishilgan muddatlarda beriladi, agar kelishil- gan shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘Isa ko'chirma pochta orqali jo'natilishi ham mumkin. -
Mijozlaming depozit raqamlari bo‘yicha hisobvaraqdan ko‘chirma ushbu depozit raqam bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi imzo qo'yish huquqi bo‘lgan shaxsiarga beriladi yoki ulaming ishonchnomasi orqali boshqa shaxsga berilishi mumkin. Depozit raqamining egasi hisobvaraqdan ko'chirma olgandan so‘ng ikki ish kuni ichida hisobvaraqning debet yoki kreditida noto‘g‘ri qayd etilgan yozuvlar haqida bankka xabar berishi lozim. Agar shu muddat ichida mijozdan uning hisobvaraqasi bo‘yicha e’tiroz kelib tushmasa barcha buxgalteriya yozuvlari to‘g‘ri deb hisoblanadi.
Ikki ish kunidan so‘ng bank mijozning hisobvaraqasi bo‘yicha noto‘g‘ri kirim qilingan summani aniqlasa bank ushbu mijozning depozit raqamidan har bir kechikkan kun uchun foydalanilgan umumiy summadan mijoz va bank o‘rtasida bank xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomada belgilangan jarima foizini mablag‘ egasining foydasiga undirib berish mumkin. Agar bank va mijoz o'rtasida tuzilgan shartnomada ushbu holat oldindan kelishilgan boisa, jarima undirib olishi mumkin. •
Bank mijozlar hisobvaraqlarining qoldiqlari va ular bo'yicha amalga oshiriladigan barcha pul o'tkazmalari haqidagi ma’lumotlami sir saqlashi shart. Bank siri va ulami uchinchi shaxsga taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasining 2003- yil 30-avguslda qabul qilingan «Bank siri to‘g‘risida»gi qonunga asosan tartibga solinadi. Bank mijozning hisobvaragh haqida yozma ma’lumotni mijozning yuqori tashkilotining yozma so‘rovi, sud va soliq organlarining talabiga asosan berishi mumkin.
Mijozning yozma arizasiga asosan ko‘chirma yo'qolgan hollarda, bank boshqaravchisi yoki uning ohinbosarini ruxsati bilan hisobvarag‘idan dublikat berishi mumkin, arizada ko‘chirmaning yuqolish sabablari aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, u korxona rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanishi lozim boiadi. Bank tomonidan beriladigan dublikat nusxa ko‘chirish (kserokopiya) yoli bilan tayyorlanib uning yuza qismiga berilgan sanasi va «dublikat» deb qayd etib qo'yiladi.
Hisobvaraqdan berilgan dublikat shu depozit raqamiga xizmat ko‘rsatadigan buxgalter va bosh buxgalter yoki uning o'rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr qo‘yiladi. Dublikat oluvchining imzosi asosida beriladi va bu haqda dublikat berilgan sana daftarda qayd etib qo'yiladi. Ushbu yozuv bosh buxgalter yoki uning ohinbosarining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə