Harakatli o‘yinlar


USTUNLARNI AYLANIB O„TISH ESTAFETASI



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

USTUNLARNI AYLANIB O„TISH ESTAFETASI 
(To„ldirma to„p, bayroqcha va boshqa predmetlardan ham foydalanish mumkin) 


18 
o„yinchilar start chizig„ini orqasiga ikki (uch, to„rt) kolonnaga saflanadilar. 
O„yinboshining signali bo„yicha birinchi nomerli o„yinchilar stoykani aylanib 
o„tadilar va iloji boricha tezroq orqaga qaytadilar va komandadosh o„rtoqlariga 
qo„llarini cho„zib keladilar o„z navbatida u yugurib kelayotgan o„rtog„ining qo„liga 
uradi va yugurib ketadi va ustini aylanib o„tib, yugurib qaytadi, shunday xarakatni 
boshqalar xam takrorlashadi. Birinchi yugurib kelgan o„yinchi bir ochko oladi. Bir 
muncha vaqt o„tgandan so„ng ochkolar xisoblab chiqiladi va g„olib komanda 
aniqlanadi. (Xar bir komandaga Biron nom berilsa,uyinga bo„lgan qiziqish ortadi).
Variant 1 birinchi nomerli o„yinchilarga tayoqlar beriladi, ular ustini aylanib 
o„tgandan so„ng polni yoki ustunni uch marta uradilar qaytib kelib tayoqchani 
sherigiga uzatadi. Variant 2 yon tomon bilan yugutib ustunni aylanib o„tib, qaytib 
keladilar yoki chalishtirma qadam bilan yuguradilar. 
DOIRADAN-DOIRAGA 
O„yinchilar bir necha komandaga bo„linadilar va start chizig„i oldiga saflanadilar. 
Xar bir komanda oldida start chizig„idan sinishgacha (10-15m) diametri 25 – 30 
sm bulgan 10-12 ta doira chiziladi. O„yin boshining signali bilan birinchi turgan 
o„yinchilar doiradan –doiraga sakray boshlaydilar va finishga etgach, orqaga 
yugurib qaytadilar. Birinchi bo„lib yugurib kelganlarga va uning komandasiga 
ochko beriladi. O„yin bir necha marta takrorlangandan so„ng ochkolar xisoblab 
chiqiladi, ko„proq ochko jamg„argan komanda g„olib xisoblanadi. 
TO„XTA 
O„yinchilar doira bo„lib turadilar va tartib nomeri bilan sanaydilar. Ulardan biri 
o„yin boshi bo„ladi. u kichkina to„p olib o„rtaga chiqadi. U to„pni erga qattiq urib, 
biron bir nomerni chaqiradi. CHaqirilgan to„pga qarab yuguradi, boshqalar 
maydoncha bo„ylab tarqalib ketadilar. CHaqirilgan nomer to„pni tutib olgandan 
so„ng “to„xta” deb chikaradi, va boshqalar shu zaxoti to„xtashlari shart, to„pli 
o„yinchi o„ziga yaqin turgan o„yinchiga to„pni tashlashi kerak. U esa joyidan 
qimirlamasdan turib to„pni o„ziga tekkizmaslikka xarakat qiladi. Agar to„pni 
tashlagan o„yinchi to„pni tekkiza olmasa, to„pga qarab yuguradi qolganlari esa 
uzoqroqqa yugurib ketishadi. O„yin boshi to„pni tutgandan so„ng yana “to„xta” deb 
qichqiradi va bironta o„yinchiga to„pni tekkizishga xarakat qiladi. To„p tekkan 
o„yinchi o„yinboshi bo„ladi va o„yin yana boshqatdan boshlanadi. 

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə