Harakatli o‘yinlar



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

Olib qochar 
O„yin uchun 13 ta rangli toshlar yig„iladi. Kengligi 3 qadamli doira chiziladi. 
Rangli toshlar doira o„rtasiga tashlab qo„yiladi. Boshlovchi aniqlanib, u doira 
ichidagi toshlarni olib qochmaslikka yo„l qo„ymaydi. 
Doira tashqarisida turgan o„yinchilar doira ichidagi toshlarni olib qochadilar. 
Boshlovchi o„yinchilarga qo„l tekkizadi. Qo„l tekkan o„yinchi o„lgan hisoblanadi. 
O„yin davomida kim ko„p tosh yig„sa, shu o„yinchi yutgan xisoblanadi. YUtgan 
o„yinchi keyingi o„yinga boshlovchi bo„ladi. boshlovchi kam tosh oldirsa, bu xam 
yutuq xisoblanadi. O„yin boshlovchi sinf o„quvchilariga va bog„cha bolalariga 
mo„ljallangan. 
Qo„riqchi №2 



O„yin uchun sakkiz qadam kenglikda doira chiziladi. Latta yoki jundan dumaloq 
shaklda qo„lga sig„adigan kichik koptokcha tikiladi. Uncha katta bo„lmagan 
sakkizta yassi tosh tanlanadi, tosh bo„lmasa keglidan foydalansa xam bo„ladi. 
YAssi toshlar doira o„rtasiga (to„rttadan) tashlab qo„yiladi.O„yinga ishtirok etuvchi 
qizlar doira ichida ashula aytib aylanib yuradilar.
KO„RIK teksti: 
Omon yor aylasang-chi yo, omon yor 
Beling-ni boylasangchi yo, omon yor 
Dadang ishdan kelsachi –yo, omon yor
Ko„k choyni damlasang-chi yo, omon yor. 
Ashula tugaganda doira ichidagilar chiqib ketishlari kerak. Ikki o„quvchi toshlarni 
terib ikki erga tezlik bilan tikishga xarakat qiladilar. Toshni tikkan o„quvchi tezlik 
bilan doiradan chiqib ketadi. Doira ichida qolgan o„yinchi toshlarni tikadi va 
ximoya qilishga qoladi. Doira tashqarisida qolgan o„yinchilartoshni kichik 
koptokcha bilan urib yiqitishga harakat qiladilar. Doira tashqarisida turgan 
o„yinchilar toshni tez-tez vaqt ichida yiqitsalar yutgan xisoblanadi. YUtqazgan 
o„yinchi ashula aytib yoki o„yinga tushib beradi. Doira ichidagi toshlarning 
hammasi urib yiqitilsa, o„yin yana boshqatdan boshlanadi. 

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə