Harakatli o‘yinlar



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

CHAVANDOZ 
Har bir o„zbek farzandi ot minishi va otga minib chopishni bilishi kerak.
CHavandozlar o„yiniga turli yoshdagi o„quvchilar qatnashishi mumkin. O„yin 
ishtirokchilari 2-3 komandaga bo„linadi. 
Kuchli, baquvvat o„quvchi ot vazifasini, engil o„quvchi esa chavandoz vazifasini 
bajaradi. 
CHavandoz otni minib oladi va o„yinga tayyor holda turadilar. 
O„qituvchi qo„lida “Uloq” bo„sh teri yoki lattadantayyorlangan narsani o„zidan 
10-15 metr uzoqqa otib yuboradi. CHavandozlar terini olib o„qituvchiga olib 
kelishi kerak. CHavandozlar o„yin davomida bir-birlarini itarib yubormasliklari 
kerak. 
“CHavandozlar” o„yini sport bayramlarida o„tkazilsa bo„ladi. 
DURRA O„YINI 



O„yinni boshlang„ich sinf o„quvchilari o„ynaydilar. O„yinchilar doira hosil qilib 
cho„nqayib o„tiradilar. Bir o„yinchi (boshlovchi) qo„liga durrani o„ralgan holda 
ushlab turadi. Komanda berilishi bilan o„yinchilar boshlarini tizzaga qo„yib, 
ko„zlarini yumadilar. SHunda durrali o„yinchi qo„lidagi durrani doira chetida 
aylanib yurib, bildirmasdan birorta o„quvchining orqa tomoniga qo„yadi va yugura 
boshlaydi. 
O„yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, durra qo„yilgan o„quvchi darxol durrani 
oladi va boshlovchini doira cheti bo„ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doira bo„ylab 
aylanib qochib quvayotgan o„quvchining o„rniga tez o„tirishi kerak. Agar 
boshlovchi o„tirishga ulgurmay quvayotgan o„yinchi durrasi bilan boshlovchini 
ursa, boshlovchi durrali o„yinchini quvadi. U xam o„zining joyiga o„tirib olishga 
xarakat qiladi. 
SOQQA O„YINI 
O„yinda 2 ta yoki 3 ta o„yinchi qatnashishi mumkin. Har bir o„yinchi 1kg yuk 
og„irligidagi toshni olib turadilar. Bir o„yinchi soqqani (tosh) o„zidan uzoqqa 
dumalatib tashlaydi. Ikkinchi o„yinchi qo„lidagi soqqa bilan tashlangan soqqani 
mo„ljalga olib, tekkizadi. 
O„yinda marra belgilanadi. Misol uchun o„yinchi 7 hisobigacha sherigining 
soqqasiga tekkizmasa, u o„qinchining eng yaxshi soqqasini sherigiga beradi. YOki 
uni o„zi tanlab oladi. O„yinchi soqqa turgan joydan o„tmasligi ikkinchi 
o„yinchining soqqasini mo„ljalga olishi kerak. Soqqani soqqaga tekkizsa, o„yinchi 
soqqani tekkizgan o„yinchiga yana tashlab beradi.
O„yinchining shartlaridan biri yutgan o„quvchi, yutilgan o„yinchiga shart qo„yadi. 
Masalan: it bo„lib vovillab berish, xo„rozdek qichqirish va boshqalar. 

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə