50 «Fildirak ustida nishon» o„yini
Sport zalida to„rt oyoqli yog„och aravayaa yoki katta o„yinchoq
mashinasi
fanerdan yasalgan 20x20 sm keladigan ikkita nishon o„rnatilgan bo„ladi. Buni
o„yinchilardan 3-4 m nariga qo„yilad. Tarbiyachi signal berib o„yin boshlaydi. Har
bir o„yinchi qo„lidagi to„pni nishonga qattiq urib tegizishga harakat qiladi. CHunki
to„p nishonga tekkanida nishon orqaga surilib ketishi kerak, 10-15 marta nishonga
to„p tekkandan keyin qaysi komanda nishonni ko„proq
orqaga sursa, o„sha
komanda g„olib hisoblanadi. O„yinchilar to„pni
nishonga tik turgan holda, stulda
yoki skameykada o„tirib otishlari mumkin.