Harakatli o‘yinlar



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

32. «Ko„zboylog„ich» o„yini 
O„yinchilar doira qurib o„tiradilar. Ulardan biri onaboshi qilib tayinlanadi, u 
davraning tashqarisida turadi.
Bolalar ko„zlarini yumib o„tiradilar, onaboshi esa doira atrofida aylanib 
yurib, sekingina bir bolalarning orqasida to„xtaydi. Onaboshining yurishiga bolalar 
quloq solib o„tiradilar. Orqasiga onaboshi kelib to„xtaganini payqagan o„quvchi 
qo„lini ko„tarishi va buni o„qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to„g„ri topsa 
onaboshi o„rin almashadi. Agar topolmasa o„yin davom etiriladi.
33. «Xurmacha bog„i» o„yini 
O„yin maydoncha yoki zalda o„tkaziladi. O„yinchilar qo„l ushlashib, bir-
birlariga qarab ikki doiraga bo„linib ikki qator bo„lib turadilar. Har bir doirada 12-
13 o„quvchi bo„ladi. 
Bolalar doira bo„lib, qarama-qarshi tomonga qarab aylanib turadilar va 
quyidagi so„zlarni qo„shiq qilib aytadilar. 
Xurmacha bog„i, 
To„kilsa yog„i. 
To„kilsa mayli 
Xolamning iti bor,
Qulog„ida xoli bor,
Xoli, xoli, xash-tu-tu. 
O„yinchilar oxirgi so„zni aytib bo„lishlari bilan o„tirib olishlari kerak. Kim 
keyin qolsa (keyin o„tirsa), ichkaridagi doira o„rtasiga tushib, birorta topshiriqni 
bajaradi: ashula aytadi, o„ynab beradi yoki Biron-bir she‟r aytib beradi. YUtqazgan 
bola topshiriqni bajarib bo„lanidan keyingina o„yin davom ettiriladi.


30 
Agar o„yinchilar soni ko„p bo„lsa, bir necha doira xosil qilib o„ynash 
mumkin.
34. «Qutqar» o„yini 
Maydonchaning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq tortiladi. Hamma 
o„yinchilar maydonchaning bir tomonidagi chiziq orqasida turadilar. 
Maydonchaning ikki yon tomoniga – markaz to„grisiga kichik doirachalar 
chiziladi. Har bir doirada ikkitadan tutuvchi o„yinchi turadi.
O„qituvchi «bir, ikki, uch, yugurib!» - deyishib bilan hamma o„yinchilar 
yugurib, qarama-qarshi tomondagi chiziq orqasiga o„tib oladilar.
Tutuvchilar doiradan chiqib, yugurib o„tayotgandarga qo„l tegizishga harakat 
qiladi. Tutuvchini qo„li tekkan bola, u bilan doiraga borib turadi. Qaytib avvalgi 
joyiga yugurish vaqtida o„yinchilarni tutilgan o„rtoqlarini qutqarishga (qul 
tegizishga) vat ezda yugurib o„tirishga intiladilar. Ikki, uch, to„rt, marta u yoqdan 
bu yoqqa yugurib o„tilagndan keyin o„yin yakunlanadi: tutuvchilarning qaysi biri 
ko„proq o„yinchini tutgani, kim o„rtog„ini qutqargani, kim biror marta qo„lga 
tushmagani aniqlanadi. So„ng boshqa tutuvchilar tayinlanib, o„yin davom ettiriladi.

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə