Harakatli o‘yinlar


 «Karnaymi, surnay?» o„yini



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

36. «Karnaymi, surnay?» o„yini 
O„yin maydonchada yoei zalda o„tkaziladi. O„yinchilar qo„l ushlashib bir 
qatorga saflanib turadilar. O„yinchilardan bitta sotuvchi va bitta xaridor saylanadi. 
Onaboshi safning boshida turadi.
Xaridor sotuvchining oldiga kelib: «Manna shu oting uchun nima istaysan: 
karnaymi, surnay?» - deb so„raydi. Sotuvchi «Bu otim uchun karnay?» deydi. SHu 
so„zlar aytib bo„linganidan keyin o„yinchilar doira bo„ylab yura boshlaydilar. 
Safning boshi va oxirida turgan o„yinchilar qo„llarini zanjir qilib turishadi. Qolgan 
o„yinchilar ularning qo„li tagidan o„ta boshlaydilar. YUrib turib karnay, surnay 
yoki do„mbira ovoziga, ya‟ni qaysi asbobning nomi aytilgan bo„lsa, shu asbobning 
ovoziga taqlid qiladilar. Tanlangan o„yinchi boshqa tomonga qarab turadi, uni 
xaridor «uy»iga (maxsus belgilangan joyga) olib ketadi, qaytib kelgandan so„ng 
o„yinni yana davom ettiriladi. Uyga olib borib, qo„yilgan o„yinchilar ma‟lum 
topshiriqni bajarishlari, masalan, tez aytishni o„rganib turishlari, topishmoq, rebus 
topishlari va o„yinchilar oldiga qaytish uchun harakat qilishlari kerak. Lekin 
qaytishda ular bir qator to„siqlarni engishlari lozim, masalan, shartli qilib belgilab 
qo„yilgan ariqdan, ko„prikdan o„tishlari to„pni nishonga irg„itishlari lozim. 
To„siqlardan o„ta olmagan o„yinchi «uy»da qoladi. Hamma o„yinchilar qaytib 
kelganlaridan so„ng katta bayram bo„ladi. Bolalar qo„shiq aytadilar, raqsga 
tushadilar. Birdaniga ikkita muzika asbobining nomini aytish mumkin.


32 
37. «Kanvertni top» o„yini 
Mashg„ulot boshlanishdan oldin o„qituvchi maydoning (zalning) ma‟lum 
eriga (masalan, gimnastik narvoncha, xodacha vash u kabilar balandroqlarga) 
konvert qo„yib qo„yadi. Konfert ichida, shu konvertni topgan kishiga qarata 
quyidagi so„zlar yozilgan bo„ladi: «Diqqat! Bittadan bo„lib kolonnaga saflaning!» 
degan komandani Ber, so„ng o„zing o„qituvchining orqasiga borib tur.
O„qituvchi maydonchaga chiqqan o„quvchilarga maydonchaning bir 
chekkasida ular uchun konvert qo„yilganini, uni topish kerakligini aytadi. 
Konvertni topgan o„quvchi «Konvert topildi!» deb ma‟lum qilishi va uni ochib, 
ichida yozilgan buyruqni bajarishi kerak. Qolgan o„yinchilar ham konvertning 
topilganini eshitgach, qimirlamasdan (xuddi «zamri» komandasi berilgandek) 
komandani kutib turishlari kerak.
So„ng hammalari komandani tovush chiqarmay, tez va aniq bajaradilar.
O„yinni takrorlash, kolonna, doira hosil qilishni o„rgatish lozim.

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə