Harakatli o‘yinlar


 «To„pni ilib ol va tegiz» o„yini. (35-rasm)



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

40. «To„pni ilib ol va tegiz» o„yini. (35-rasm) 
O„yinchilar (15-20 kishi) qo„lni yon tomonga uzatgan holda doira bo„lib 
turadilar. O„yinchilardan bittasi voleybol to„pini olib, o„rtoqlariga oshiradi, ular 
boshqalarga oshiradi, to„pni oshirish paytida ushlab ololmagan yoki noto„g„ri urib 
qaytargan o„yinchi onaboshi bo„ladi. Hamma o„yinchilar maydon bo„ylab yugurib 
yuradi. Onaboshi to„pni tezda yuqoriga ko„tarib «To„xta» deb baqiradi. Hamma 
o„yinchilar «To„xta» komandasini eshitkandan keyin to„xtab turgan joyidan 
qo„zg„almasdan turishi kerak. Onaboshi to„pni turgan joyidan biror o„yinchini 
mo„ljalga olib, unga otadi. Mo„ljalga olingan o„yinchi joyidan qo„zg„almasligi, 
chap va o„ng tomonga egilmasligi hamda o„tirib olishi mumkin emas. Agar 
onaboshi biror o„yinchiga to„pni tegizsa, u g„olib hisoblanadi. Hamma o„yinchi 
joyiga qaytib turadi, o„yin shu zaylda davom etadi.
Agar onaboshi to„pni o„yinchiga tegizsa olmasa, o„yinchilarlarning hammasi 
yugurib ketadi. Onaboshi to„pni tutib olib, o„yinchilardan birortasiga «To„xta»
deb unga otadi. To„p tekkan onaboshi bo„ladi. O„yin yana boshqatdan boshlanadi.
41. «To„p havoda» o„yini 
O„yinchilarning hammasi qo„llarini yon tomonga ochib doira xosil qilib 
turadilar, onaboshi esa doira o„rtasida turadi. O„qituvchining signalidan keyin 
doirada turgan o„yinchilar to„pni yuqoridan, pastdan tegizmasdan bir-birlariga 
uzata boshlaydilar. Onaboshi doira o„rtasida yugurib to„pni yuqoridan uzatilganda 
o„ngga sakrab qo„l tegizishi, pastdan uzatilganda ushlab qolishi va o„yinchi to„pni 
qo„lida ushlab turgan paytda unga qo„l tegizishga harakat qilishi kerak bo„ladi. 
Onaboshi to„pga qo„lini tegiza olsa, unda onaboshi to„p ushlab turgan yoki 
uzatayotgan o„yinchi bilan o„rin almashadi. O„yin shu zaylda davom ettiriladi.
42. «Keglini olishga ulgur» o„yini (36-rasm) 
O„yinchilar bir-birlariga qaragan holda ikki sherengaga saflanib turadilar. 
Ular orasidagi masofa 10 m. Har bir sherenganing o„yinchilari tartib bilan 


34 
sanaydilar. Ikki sherenganing o„rtasiga kegli (bir xil masofada) qo„yiladi. 
O„qituvchi xohlagan nomerlarini chaqiradi. SHu nomerdagi o„yinchilar 
sherengadan yugurib chiqib, o„rtadagi «kegli»ni birinchi bo„lib olishi kerak. 
Keglini olgan o„yinchi uning o„rniga turishi kerak. Ikkinchi sherengadagi o„yinchi 
uni petna qilishi kerak. Marraga etib kelguncha petna qilinmasa, unda birinchi 
sherenga o„yinchisi o„z komandasiga 2 ochko, penta qilsa, 1 ochko keltiradi. So„ng 
o„qituvchi keyingi nomerni chaqiradi va h.k. Qaysi komanda ko„p ochko to„plagan 
bo„lsa o„sha komanda g„olib hisoblanadi. 

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə