Harakatli o‘yinlar



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

OQ SUYAK O„YINI 
Bu o„yin o„g„il bolalar bilan birgalikda oy yorug„ida o„tkaziladi. O„yin qoidasi
“quloq cho„zma” o„yiniga o„xshash bo„ladi. O„yin asosan tunda o„ynaladi
boshlovchi suyakni, biror narsaga o„rab uzoqqa otadi. O„yin ishtirokchilari suyakni 
izlab topadi. Topgan o„yinchi suyakni, boshqalarga bildirmay boshlovchiga olib 
kelishga xarakat qiladi. Lekin shu vaqtda bilgan o„yinchi undan suyakni olib 
olishga xarakat qiladi. 
Bu o„yinda xar bir suyak uchun sovrin beriladi. 
Oq suyak o„yinini to„ylarda, sayllarda, xosil bayramida o„ynaladi. 
OTISHMA O„YINI 
 



Bu o„yinda o„quvchilar mo„ljalga olish, kichik to„plarni ilish va to„p zarbidan 
o„zini himoya qilish harakatlarini bajaradilar. O„yin sport zalida xam o„tkazilishi 
mumkin. O„yinchilar ikki komandaga bo„linadilar. O„yin uchun 15-16 metr 
oraliqda parallel chiziq chiziladi. CHiziqlarning uzunligi o„quvchilar soniga qarab 
uzun yoki qisqa bo„lishi mumkin. O„yinda boshlovchi komanda aniqlanib, qarshi 
tomonda turgan komanda o„yinchilariga shunday koptokni otishlari kerakki, ular 
kelayotgan koptokni ilib olishlari kerak yoki zarbidan saqlanishi lozim. Koptok 
tekkan o„yinchi safdan chiqib ketadi. Koptokni ilmoqchi bo„lgan o„yinchi 1-2 
qadam oldinga chiqib koptokni ilishi mumkin. Koptokni otayotgan o„yinchi 
mo„ljalga urish vaqtida chiziqdan otishi shart. Qaysi komandada o„yinchilar oz 
qolsa yutqazgan hisoblanadi. Komandalar navbatma-navbat otishadi. 
CHAQQONLAR VA MERGANLAR 
Bu o„yin sport o„yinlari maydonidan foydalaniladi. O„yinchilar ikki komandaga 
bo„linib 16 metr oralig„ida bir-biriga qarab turishadi. O„rtaga 2 qadam kengligida 
aylana chiziladi. Har komandada bittadan eng chaqqon o„quvchilar tanlanib aylana 
ichiga turiladi. Ikki tomondagi o„quvchilar to„p bilan aylana ichidagi o„yinchilarni 
uradilar. To„pga tekkan o„yinchi o„sha o„yinchining o„rniga kirib o„yin davom 
ettiriladi. Umuman ikkovi o„rin almashadi. Merganlar va chaqqonlar taqdirlanadi. 
Oraliq masofa o„qituvchi tomonidan o„zgartirilishi mumkin. 

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə