Harakatli o‘yinlar



Yüklə 471,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/34
tarix18.02.2023
ölçüsü471,32 Kb.
#101071
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Харакатли уйинлар 11111(Lotincha)

 
 
 
1. «Hayvonlar tili» o„yini 
Karton yoki fanerga bo„ri, ayiq, tulki quyon kabilarning rasmini chizib biror 
erga osib qo„yiladi. Har bir rasm qarshisiga 4-3 m naridan komandalar kolonna 
bo„lib turadi. Har qaysi bola to„pni 12-16 martadan shu hayvonlar rasmiga otib 


19 
tegizishga harakat qiladi. Kim topni nishonga (rasmga) ko„p tegizsa, shu komanda 
g„olib hisoblanadi 
2. «Qushchalar inlaringizga kiring» o„yini. 
O„yinchilarning qo„llarida bittadan turli ranga bo„yalgan faner doirachalar 
bo„ladi. Bular qushchalarning inlari. SHerengada turgan har bir o„quvchi o„ziga 
bittadan «in» tanlab oladi. rahbarning birinchi signali bilan (chapak chalish) 
hamma o„z «inidan» «uchib chiqadi» va yugurgilab yuradi. Ikkinchi signal bilan 
«Kalxat kelyapti» ishorasi berilgach hamma o„z «ini» atrofiga tez «yugurib» 
keladi. Kechikib qolganlar jarima ochko oladi. Boshqalarning «iniga» kirishga 
ruxsat etilmaydi.
3. «Ayiq qarag„ayzorda» o„yini 
Maydonchaning bir tomoniga doira chizib ayiq ini yasaladi. Uning ikkinchi 
tomonidan bolalar o„ynaydigan uychalar bo„ladi. Bolalar uychalaridan chiqib ayiq 
ini tomon borayotib quyidagi so„zlarni aytadilar: «Biz ayiqning uyidan qo„ziqorin, 
asal, mevalar olamiz». Ayiq ularga qarab o„kiradi va inidan yugurib chiqib
bolalarni tuta boshlaydi. Bolalar esa o„z uychalariga kirib olishga harakat qiladilar. 
Ushlangan bolalarni o„z inining oldiga olib borib qo„yadi. Ularning soni 4-5 taga 
etkandan so„ng boshqa ayiq (onaboshi) saylanadi. Qo„lga tushgan bolalar ayiqning 
ini oldida yangi ayiq – onaboshi saylanguncha turishi shart.
4. «Kaltakesak» o„yini 
O„yinchilar teng ikki komandaga bo„linadilar. Komandalardan biri qo„llarida 
to„p bilan aylana tashqarisida joylashadi, ikkinchisi «kaltakesaklar» aylana ichida 
bir qatorli kolonnada turadi (ular oldinda turgan o„rtoqlarining tirsaklaridan uishlab 
turadi).
Doiraning tashqarisida turgan o„yinchilar to„pni bir-birlariga uzata 
boshlaydilar, kolonnaning oxirida turgan o„yinchiga tegizishga harakat qiladilar. 
Kolonnada turgan o„yinchilar bir birlarini ushlashib kolonna oxiridagi o„yinchini 
himoya qilib yuradilar. To„p tekkan o„yinchi o„yindan chiqadi. So„ngra kolonna 
oxirida turgan o„yinchiga to„p tegizish mumkin bo„ladi va hokozo. 
O„yin hamma o„yinchilar qo„lga tushmaguncha davom etadi. Keyin esa 
komandalar o„rin almashadilar. Qisqa vaqit ichida hamma o„yinchilarni tutib olgan 
komanda g„olib hisoblanadi. To„pni beldan pastga urish kerak bo„ladi. Beldan 
yuqoriga ursa, o„yindan chiqmaydi.


20 

Yüklə 471,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə