Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish. Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti. Terapevtik soxadagi yaradorlarni saralashni o‘ziga xos tomonlari



Yüklə 20,01 Kb.
səhifə1/5
tarix09.04.2023
ölçüsü20,01 Kb.
#104802
  1   2   3   4   5

Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish.
Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti. Terapevtik soxadagi yaradorlarni saralashni o‘ziga xos tomonlari.

Ommaviy qirgin qurollari ishlatiladigam ozirgi zamon urush sharoitida yaradorlarga va bemorlarga terapiya xizmatini tashkil etish axamiyatli bo’lib, u borgan sari murakkablashadi. Chunki bunda terapevtik yordamga muhtoj bo’lganlarning aksariyati bevosita ana shu jangovar qurollar zarbiga uchragan bo’ladi.


Bunda o’tkir nur kasalligi, zaharli moddalar va biologik quroldan zararlanganlar, kontuziyaga uchraganlar, shuningdek bir necha qurol birga ta’sir qilib qanchadan-qancha odamlar sarosimaga tushib kolib, yadro quroli portlashidan zaxarlanganlar. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra o’tkir nur kasalligiga duchor bo’lganlarning 30 foizidan ko’progi terapiya yordamiga muhtoj bo’lar ekan. Shubhasiz, kimyoviy va biologik quroldan jabr ko’rganlarga terapiya xizmatini tashkil etish yana ham murakkab bo’ladi. Masalan, zaharlovchi moddalar ta’siriga uchragan kishilarning 60—70 foiziga terapiya xizmatini ko’rsatish uchun atrofdagilar uchun xatarli bo’lgan yarador va bemorlarni aloxidalab ko’yish zarur. Shu bilan birga kimyoviy va biologik qurol ta’sirida jabrlanganlardan ko’pchiligining ust-boshi va badanini tozalash ham kerak.


DAVOLANIShGA MUHTOJ YaRADORLAR VA BEMORLARNI SARALASh QOIDALARI


Avvalgi urushlardan farq qilib ommaviy qirgin qurollari ishlatiladigan hozirgi zamon urushida qisqa fursat ichida juda ko’plab kishilarga terapiya xizmatini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bir vaqtning o’zida turli xil darajada yaralangan ko’plab kishilarni qabul qilishda ularni saralashning ahamiyati katta.
Davolanishga muhtoj yarador va bemorlar batalon va alohida batalonda (Omedb), hamda gospitallarda saralanadi. Saralashdan maqsad yarador va bemorlardan bir vaqtning o’zida bir xil tibbiy yordamga muhtoj bo’lganlarini, so’ngra bir tibbiy bosqichga ko’chiriladiganlarini ajratib olishdir. Tibbiy terapiya xizmati uchun saralash birmuncha yangi vazifa. Chunki birinchi jahon urushida zaharlovchi moddalar ishlatilganini hisobga olmaganda bu xizmat turi hali ko’plab terapiya yordamiga muhtoj kishilarni bir vaqtda qabul qilish tajribasiga ega emas edi.
Tibbiy saralash quyidagi qoidalarta asosan olib boriladi: dastavval boshqalar uchun xatarli, alohida davolanishi, shuningdek ust-boshi va terisi tozalanishi kerak bo’lgan kishilar saralanadi. Bular: nurlanishdan kuchli zararlangan, kimyoviy va biologik quroldan shikastlangan, yuqumli kasalliklarga uchragan yarador va bemorlardir. Ular tegishli davolanish muassasalariga alohida qilib yotqiziladi. Keyingi saralash usuli yarador va bemorlarni zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj yoki muxtoj emasligini aniqlashdan iborat. Bunda tibbiy yordamga zarurati bo’lmagan, keyinrok davolansa ham bo’ladigan yoki maxsus tibbiy yordam

ko’rsatilishi lozim bo’lgan malakali shifokorlar, asbob-uskuna, tahlilxona, yarador va bemorlar keyingi bosqichga ko’chiriladilar. Eng ko’p (30—50%) jabrlanganlarga kechiktirmasdan yordam ko’rsatish kerak. Bular qatoriga kuchli nurlanish olganlarning uchdan bir qismi, zaxarlovchi moddalar va biologik quroldan zararlanganlarning uchdan ikki qismi va ba’zi ruhiy va somatik xastaliklarga chalingan bemorlar kiritiladi.



Yüklə 20,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə