Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish. Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti. Terapevtik soxadagi yaradorlarni saralashni o‘ziga xos tomonlari


TERAPIYAGA OID BEMOR VA YARADORLARNI TIBBIY NAZORATDAN UTKAZISH



Yüklə 20,01 Kb.
səhifə3/5
tarix09.04.2023
ölçüsü20,01 Kb.
#104802
1   2   3   4   5

TERAPIYAGA OID BEMOR VA YARADORLARNI TIBBIY NAZORATDAN UTKAZISH


Harbiy xizmatchilar va xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazish harbii-tibbiy ekspertiza tomonidan o’tkazilib, bu xizmat xodimlari oldiga qurolli kuchlarni jangovar va tinch davrda soglom askarlar bilan ta’minlash bosh vazifa qilib ko’yiladi. Bunda harbiy xizmatga yaroqlilikni aniqlash asosiy o’rin tutadi.Zero Qurolli kuchlarda fakat soglom yigitlar xizmat qilkshlari kerak.
Ekspertiza deganda u yoki bu holatni aniqlash uchun maxsus bilimlar kerak bo’lishi tushuniladi. Harbiy shifokorlik ekspertizasi esa harbiy xizmat talablaridan kelib chikib, xizmatga nechoglik yarokli yoki yaroqsizlik xaqida hukm chiqaradi. Harbiy-tibbiy ekspertiza muam-molarini fakat harbiy shifokorlar emas, balki har bir shifokor xal eta bilishi kerak.
Harbiy-tibbiy ekspertiza shifokordai kasalliklarni aniq lashning eng ilgor usullaridan xabardor bo’lishni talab etadi. Shuni unutmaslik kerakki, harbiy-tibbiy ekspertizada yo’l qo’yilgan xato tufayli, harbiy xizmatga olingan kishilar salomatligiga jiddiy ziyon etkazish mumkin. Etarlicha asos bo’lmagan xolda yigitlarni harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topish esa Qurolli kuchlarga zarar etkazadi.


HARBIY XIZMATGA CHAQIRILUVCHILARNI TIBBIY NAZORATDAN UTKAZISHNI TASHKIL ETISH


Harbiy tibbiy ekspertiza xarbiy-tibbiy xizmatning mustaqil bo’limlaridan biridir. Uning qo’shinlar sogligini muhofaza qilishning umumiy vazifalaridan kelib chiquvchi o’ziga xos vazifalari bor. Tinch davrda armiya saflari asosai navbatdan xizmatga chaqiriluvchilar hisobiga to’ldiriladi. Urush sharoitida esa asosiy e’tibor davolanib chiqkan yarador va bemorlarni safga qaytarishga qaratiladi. Sogayib ketgan yarador va bemorlar Harbiy kuchlar uchun zarur kishilar bo’lib, ular jangovar tajribaga ega, maxsus tayyorgarlik ko’rgan, harbiy texnikani yaxshi biladilar. Bundan tashqari urush sharoitida qo’vdinlar safi jarohat va kasallik tufayli xizmatdan bo’shatilganlarni qayta armiyaga^ chaqirish va tibbiy nazofatdan o’tkazish hisobiga ham to’ldirib boriladi.
Harbiy -tibbiy ekspertiza vazifalariga: 1. harbiy xizmatga yaroqli soglom
kishilarni tanlab olish; 2. tibbiy nazoratdan o’tkazilayotgan kishilarning armiya sha- roitida jangovarlik va mehnat qobiliyatini to’gri aniqlash:; 3. tekshiruv chogida harbiy xizmatga qisman yaroqli deb topilgan kishilarni armiyada salomatligi imkon beradigan xizmatga tavsiya etish va 4. vaqti-vaqti bilan salomatligi to’gri kelmaganligi tufayli harakatdagi armiyada xizmat qilishga yaroksiz deb topilgan kishilarni tibbiy nazoratdan o’tkazish kiradi.
Mamlakat mudofaa vazirligi, bosh harbiy tibbiy boshqarmasi boshligi, barcha tibbiy xizmat, shu jumladan harbiy-tibbiy ekspertiza tarkibida markaziy harbiy- tibbiy komissiya mavjud. Komissiya harbiy xizmatchilar, xizmatga chaqiriluvchilar bilan boglik muammolar, harbiy tibbiy ekspertiza xizmatini tashkil etish, harbiy- tibbiy ekspertiza jamoalari ishini nazorat etish va boshkarish vazifalari bilan shugullanadi.
Shtat bo’yicha okruglar, gospitallar va garnizonlarda harbiy-tibbiy komissiyalar, nohiyalarda esa harbiy komissarliklar qoshida tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
Okrug harbiy-tibbiy komissiyasi okrugdagi oliy ekspertiza mahkamasi hisoblanadi. Qomissiyaga okrugdagi harbiy xizmatchilar va xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazuvchi barcha harbiy-tibbiy komissiyalar bo’ysunadilar. Gospital harbiy-tibbiy komissiyasi gospitallarda tashkil etilib, uning vazifasi davolanayotgan harbiy xizmatchilarni ekspertiza qilish va gospitaldagi davolash ishlari samarasini tahlil etishdan iborat.
Garnizonlarda tashkil etiladigan harbiy tibbiy ekspertiza garnizon poliklinikasi yoki garnizon qismlaridan birida tashkil etiladi. Komissiya garnizondagi harbiy xizmatchilar, kasallik va jarohat tufayli vaqtincha xizmatdan bo’shatilganlarni harbiy-tibbiy nazoratdan o’tkazadi. Nohiyalardagi tibbiy komissiya shu nohiyadagi yarador bo’lib yoki kasallanib, vaqtincha xnzmatdan bo’shab kelganlar va armiya safiga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazadi.
Harbiy xizmatga chaqiruv joylarida tibbiy nazoratdan o’tkazish.
«Umumharbiy javobgarlik qonun»ga ko’ra nohiya va shahar harbiy komissarliklarida armiyaga chaqiruv paytlarida nohiya va shahar tibbiy komissiyalari tuziladi. Bu komissiya: 1. xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazish; 2. kasallik tufayli vaq-tincha harbiy xizmatdan qoldirish; 3. jismoniy kamchiliklar vakasallik tufayli harbiy xizmatdan ozod qilish bilan shugullanadi. Tibbiy nazorat nohiya va shahar chaqiruv komissiyalari shifokorlari va ana shu shifokorlar nazorati ostida taklif etilgan shifokor-mutaxassislar tomonidan o’tkaziladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan komissiyalardan tashqari, markaziy xarbiy uchuvchilar komissiyasi, Qurolli kuchlar turlari bo’yicha harbiy-tibbiy komissiya, okrug va flot komissiyalari mavjud. Ulug Vatan urushi yillari front ko’chirish punktining komissiyasi mavjud bo’lib, u ka’lum bir front ichida ekspertiza ishlariii boshqarib turgan. Bundan tashqari evakuastiya punktlarida harbiy-tibbiy komissiyasi bo’lib, u dala evakuastiya punktida harbiy-tibbiy ekspertiza o’tkazish bilan shugullangan.
Sanab o’tilgan barcha harbiy-tibbiy va tibbiy komissiyalar tekshiruvdan o’tayotganlarda kuyidagi xulosalar berishi mumkin:

  • harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;

  • harakatda bo’lmagan qo’shknlarda xizmat qilishga yaroqlilik haqida;

  • harbiy xizmatga cheklangan yaroqlilik haqida;

  • soldat va serjantlarning qismda dam olishi yoki tuzalayotgan bemorlar bataloniga o’tkazish haqida:

  • jarohat yoki kasallanksh tufayli, vaqtincha xizmatdan bo’shatish haqida;

  • harbiy hisobdan chiqarish yoki qayta komissiyadan o’tkazish sharti bilan harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida;

  • davo tadbirlari o’tkazish lozimligi haqida;

  • vatanni himoya qilish, harbiy xizmatni o’tash, baxtsiz hodisalar oqibatida jaroxatlanib, salomatlikni yo’kotish yoki frontda va xizmatni o’tash paytida kasallanish haqida ekspertiza xulosalari beradi.

Yüklə 20,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə