Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish. Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti. Terapevtik soxadagi yaradorlarni saralashni o‘ziga xos tomonlari


TERAPIYA XIZMATIGA MUHTOJ BO’LGAN KUPLAB YARADORLAR VA



Yüklə 20,01 Kb.
səhifə2/5
tarix09.04.2023
ölçüsü20,01 Kb.
#104802
1   2   3   4   5

TERAPIYA XIZMATIGA MUHTOJ BO’LGAN KUPLAB YARADORLAR VA


BEMORLARGA TIBBIY YORDAM KO’RSATISHNI TASHKIL ETISH
Yaradorlarga va bemorlarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam turlari xilma-xil bo’ladi.
Birinchi tibbiy yordam jang maydonida, ya’ni kishilar talafot ko’rgan joyda o’z-o’ziga va bir-biriga yordam berish tarzida ko’rsatiladi.
Shifokorgacha bo’lgan yordam batalon tibbiy punktida (BTP) ko’rsatilsa, polk tibbiy punktida (PTP) yarador va bemorlarni ilk bor shifokor ko’radi. Maxsus tibbiy batalon va gospitallarda malakali terapiya yordami ko’rsatilsa, gospitallarda ixtisoslashtirilgan terapiya yordami va davolash ishlari olib boriladi,
Juda ko’plab yarador va bemorlarga bir vaqtda yordam berish zarur bo’lganda tibbiy xizmat ko’lami qisqaradi. Bunday sharoitda mazkur boskichda ko’rsatib, ulgurilmagan tibbiy yordam keyingi bosqichda davom ettiriladi. Yarador va bemorlarga birinchi tibbiy yordam jang maydonida o’z-o’ziga va bir-biriga yordam ko’rinishida, shuningdek tibbiy xodimlar (sanitarlar) tomonidan ko’rsatiladi. Bu tibbiy yordam zamirida yarador va bemorlar hayotini saqlab qolish, jiddiy asoratlar kelib chikishining oldini olish, ular axvolini engillashtirish yotadi. Bunda harbiylarning tibbiy ashyolari (kimyoviy zaharlarga qarshi dorilar) va tibbiy vositalardan foydalaniladi.Jangovar holatlarda birinchi terapiya yordamini ko’rsatish yarador va bemorlarga dorilar yuborish (in’ekstiya qilish), sun’iy nafas oldirish, kiyimlar va terini zaharlovchi, nurlovchi moddalardan tozalash, shikastlanganlarga gazniqob kiydirib, bexatar joyga olib chiqishdan iborat.
Shifokorgacha bo’lgan yordamni jang maydonida batalon feldsheri ko’rsatadi. Feldsher asfiksiya, shok holatidagi, tutqanoq tutgan, yurak faoliyati izdan chiqqan kishilarga zarur tibbiy yordam beradi. Shuningdek u atrofdagilar uchun xatarli bo’lgan yarador va bemorlarning ust-boshi va terisini qisman tozalashi, yuqumli kasalliklar bilan ogriganlarni aniqlab, ularni alohida jo’natishi kerak. Bu bosqichda bakteriologik va. Kimyoviy, nurlovchi vositalar bilan zararlanganlarda kelib chiqadigan noxush holatlarning oldini olish choralarini ko’radi. Shifokorgacha ko’rsatiladigan tibbiy yordam yarador va bemorlarga antidotlar, ogriqni qoldiruvchi vositalar, qusishga qarshi, yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar yuborish, ko’z, burun va ogiz bo’shligini chayqash, me’daga zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda uni zondsiz chayish, yarador va bemorlarga kislorod berish, sun’iy nafas oldirishdan iborat.
Polk tibbiy punkti (PTP) barcha yarador va bemorlarga, shu jumladan terapiya tibbiy yordamiga muhtoj bo’lganlarga zarur yordam ko’rsatishda muhim o’rin tutadi. Bu erda yarador va bemorlarga shifokorlar yordam ko’rsatib, ular hayoti
uchun tahlikali asoratlarning oldinv oladilar va keyingi tibbiy bosqichga tayyorlaydilar.
Shifokor ko’rsatadigan birinchi tibbiy yordam tibbiy saralash bilan birga olib boriladi va ana shu jarayon davomida yarador va bemorlarning kiyim-boshlari, tanasining ochiq joylarida nurlanish darajasi o’lchab-ko’rilib, atrofdagilar uchun xatarli bemorlar ajratib olinadi. Zaharli va nurlovchi moddalar bilan zararlan.ganlarning ust-boshlari tozalanib, yuqumli kasallikka chalinganlar aloxida joylashtirilady. Saralash jarayonida shifokor yarador va bemorlarni bir necha guruhga ajratadi: ba’zilariga o’sha erning o’zida, boshqalariga keyingi bosqichda yordam ko’rsatiladi, yana bir guruhi shu erda tibbiy yordam olgach safga qaytadi. Shifokor tomonidan yarador va bemorlarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam zudlik bilan va biroz keyinroq o’tkazilishi mumkin. Nafas olish qiyinlashganda, yurak faoliyati zaiflashganda, shokda, kollapsda, zahar ta’sirida o’pka shishganda, koma holatida, tutqanokda, kuchli ogriq va to’xtovsiz qusishda, odam ichiga zaharlovchi va nurlbvchi moddalar tushganda hamda boshqa hayot uchun tahlikali vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatiladi. Yarador va bemorlarni bosqichdan boskichga ko’chkrib tibbiy yordam berish va davolashni davom ettirish uchun tibbiy hujjatlar to’ldirib borilishi kerak. Dastlabki tibbiy hujjat shifokor tomonidan polk tnbbiy punktida to’ldirilib, unda dastlabki tashhis va zaxarlanish turi yozilgan bo’ladi. Bu hujjatga keyingi bosqichlarda ko’rsatilgan muolajalar qayd etib boriladi. Shifokorning birinchi tibbiy yordamidan so’ng hujjatlar to’ldirilgach davolashni davom ettirishi kerak bo’lgan bemorlar keyingi boskichga (alohida tibbny.batalon yoki gospitalg1. ko’chiriladi.
Alohida tibbiy batalon. Bunday batalon o’z navbatida yarador va bemorlarga mutaxassis terapevtlar yordam ko’rsatadigan birinchi tibbiy bosqich hisoblanadi. Bu erda yarador va bemorlar qabul qilinib, tibbiy hujjatlar to’ldiriladi, so’ng palatalarga joylashtiriladi. Qo’shimcha saralash o’tkazish lozim bo’lsa, zararlanganlar yaxshilab yuvintiriladi, yuqumli kasalliklar bilan ogriganlar va talvasaga tushib, bezovta bo’lgan kishilar alohida xonalarga qo’yiladi. Alohida tibbiy batalonda yarador va bemorlarga malakali tibbiy yordam ko’rsatilgach, davolashni davom ettirish lozim bo’lsa, keyingi bosqichga ko’chiriladi. Bundan tashkari, ushbu batalonda 7— 10 kun ichida tuzalib, safga qaytadigan yarador va bemorlar hamda ahvoli ogirligi tufayli ko’chirib bo’lmaydigan jangchilar davolanishadi. Alohida tibbiy batalonning gospital bo’limidagi terapevt ahvoli ogir, jarohati tufayli jarrohlik amaliyoti ko’llangan bemorlarda ichki a’zolar kasalliklariga chalingan bemorlarni davolaydi, Hayot uchun taxlikali holatlarni (asfiksiya, tutqanoq, tutishi, kollaps, o’pka shishi) bartaraf etish, rivojlanishi mumkin bo’lgan turli asoratlarning oldini olish va bemorlarning tezrok sogayib ketishlari uchun zarur malakali terapiya yordamini ko’rsatish tadbirlari ikki guruhga bo’linadi.
Birinchisi yarador va bemor hayoti uchun xavfli (talvasaga tushish, iprit bilan zaharlanganda badanda kelib chyquvchi chidab bo’lmas darajada qichishish va b. q.) yoki nogiron qilib qo’yuvchi holatlarda (ko’zga zaharli modda tushishi va h. k.), zudlik bilan ko’rsatiladigan tibbiy yordam bo’lsa, ikkinchisi keyingi bosqichga qoldirsa ham bo’ladigan muolajalar hisoblanadi. Sharoit taqozo ztsa, malakali tibbiy yordam bekamuko’st ko’rsatiladi. Lekin yarador va bemorlar juda ko’p, buning
ustiga jangovar sharoit noqulay bo’lganda yordam ko’lami qiskarib, zudlik bilan bajarilishi kerak bo’lgan tibbiy choralargina amalga oshiriladi. Harbiy-dala terapiya gospitali — ixtisoslashgan terapiya yordami ko’rsatuvchi asosiy davolash muassasasi hisoblanadi. Odatda u gospitallar tarkibida bo’lib, zaharlar, fosforli zaharlovchi moddalar qo’llangan joyga yaqinrok ko’chirilishi mumkin.
Harbiy-dala terapiya gospitalida aniq tashhis qo’yilib yarador va bemorlar gospitallar uchun belgilangan muddat ichida davolanib chikishlari kerak. Bu erda ham uzoq davolanishi kerak bo’lgan yarador va bemorlar keyingi bosqichga ko’chirishga tayyorlanadi, yuqumli kasalliklar gospitaliga jo’natiladi, harbiy-tibbiy ekspertiza o’tkaziladi.
Maxsuslashgan terapevtik yordam ham malakali tibbiy yordamning davomi hisoblanadi. Barcha maxsus jihozlarga ega gospitallarda mutaxassis-shifokorlar bemor ka-salligiga qarab, turli davolash muolajalarini o’tkazadilar.



Yüklə 20,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə