Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish. Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti. Terapevtik soxadagi yaradorlarni saralashni o‘ziga xos tomonlari



Yüklə 20,01 Kb.
səhifə5/5
tarix09.04.2023
ölçüsü20,01 Kb.
#104802
1   2   3   4   5
1.Yaradorlarda birinchi terapevtik yordamini bajara olish. Birinchi yordam — jarohat olganda yoki to’satdan kasal huruj qilganda jabrlanuvchiga ko’rsatiladigan tezkor yordam, u malakali tibbiy yordam olish ko’rsatish imkoni yaratilgunga qadar ko’rsatiladi.
Jarohat olgan yoki to’satdan kasal huruj qilishidan qiynalayotgan kishiga tez yordam guruh kabi malakali tibbiy yordam etib kelgunga qadar ko’mak berishni o’rganish Sizning birinchi yordam ko’rsatish malakasiga ega bo’lish borasidagi maqsadingiz hisoblanadi.
Kimki, o’ziga (o’z-o’ziga yordam) yoki do’stiga (o’zaro yordam) yaralanganda, suyak singanda, kuyganda, radioaktiv va zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda, birinchi yordam ko’rsata olsa, shuningdek bakterial moddalar bilan zaharlangan joyda yordam ko’rsata olish qoidalarini bilgan holda jarohatning ogir oqibatlarini oldini ola biladi va kam hollarda o’zini yoki o’zga inson hayotini saqlab qoladi. Urush sharoitida birinchi yordam ko’rsatish qoidalarini bilish, shuningdek tinchlik sharoitida ham, ya’ni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar holatida, qishloq xo’jalik ishlarida, uyda, ko’chada ham foydalidir.


DAVOLANISHGA MUHTOJ YARADORLAR VA BEMORLARNI SARALASH QOIDALARI


Avvalgi urushlardan farq qilib ommaviy qirgin qurollari ishlatiladigan hozirgi zamon urushida qisqa fursat ichida juda ko’plab kishilarga terapiya xizmatini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bir vaqtning o’zida turli xil darajada yaralangan ko’plab kishilarni qabul qilishda ularni saralashning ahamiyati katta.
Davolanishga muhtoj yarador va bemorlar batalon va alohida batalonda (Omedb), hamda gospitallarda saralanadi. Saralashdan maqsad yarador va bemorlardan bir vaqtning o’zida bir xil tibbiy yordamga muhtoj bo’lganlarini, so’ngra bir tibbiy bosqichga ko’chiriladiganlarini ajratib olishdir. Tibbiy terapiya xizmati uchun saralash birmuncha yangi vazifa. Chunki birinchi jahon urushida zaharlovchi moddalar ishlatilganini hisobga olmaganda bu xizmat turi hali ko’plab terapiya yordamiga muhtoj kishilarni bir vaqtda qabul qilish tajribasiga ega emas edi.
Tibbiy saralash quyidagi qoidalarta asosan olib boriladi: dastavval boshqalar uchun xatarli, alohida davolanishi, shuningdek ust-boshi va terisi tozalanishi kerak bo’lgan kishilar saralanadi. Bular: nurlanishdan kuchli zararlangan, kimyoviy va biologik quroldan shikastlangan, yuqumli kasalliklarga uchragan yarador va bemorlardir. Ular tegishli davolanish muassasalariga alohida qilib yotqiziladi. Keyingi saralash usuli yarador va bemorlarni zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj yoki muxtoj emasligini aniqlashdan iborat. Bunda tibbiy yordamga zarurati bo’lmagan, keyinrok davolansa ham bo’ladigan yoki maxsus tibbiy yordam ko’rsatilishi lozim bo’lgan malakali shifokorlar, asbob-uskuna, tahlilxona, yarador
va bemorlar keyingi bosqichga ko’chiriladilar. Eng ko’p (30—50%) jabrlanganlarga kechiktirmasdan yordam ko’rsatish kerak. Bular qatoriga kuchli nurlanish olganlarning uchdan bir qismi, zaxarlovchi moddalar va biologik quroldan zararlanganlarning uchdan ikki qismi va ba’zi ruhiy va somatik xastaliklarga chalingan bemorlar kiritiladi.
Yüklə 20,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə