Hayot faoliyati xafsizligi fanining bugungi kundagi


Tabiiy muhitning asosiy oqimlari



Yüklə 33,9 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü33,9 Kb.
#165771
1   2   3   4   5   6
hayot faoliyati 1

Tabiiy muhitning asosiy oqimlari.

  • quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;

  • kosmik nurlar, chang, asteroidlar;

  • yerning elektr va magnit maydoni;

  • ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi;

  • atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar; - boshqalar.

Texnosferadagi asosiy oqimlar.

  • xomashyolar, energiyalar oqimi;

  • iqtisodiyot sohasi mahsulotlarining oqimi;

  • iqtisodiyot sohasi chiqindilari;

  • maishiy chiqindilar;

  • axborot oqimlari;

  • transport oqimlari;

  • yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish);

  • moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; - boshqalar.

Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.

  • axborot oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar);

  • odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); - narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari; - boshqalar.

Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar.

  • kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari;

  • energiyalar oqimi (mexaniq, issiqlik, quyosh va boshqalar);

  • informatsiya oqimlari;

-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; -boshqalar.

3. HFX kursining qisqacha mazmuni


HFX insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir.
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi:

  • atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi);

  • insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi;

  • xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish; - muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.

HFXning integral ko`rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. TSivilizatsiya taraqqiyoti (ilmiy-texnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq xo`jaligini industrlashtirish, har xil energiyalardan foydalanish - yadro energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarni yaratilishi, zararkunandalarga qarshi har xil o`g’itlarning qo`llanilishi) inson sog’ligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli omillar miqdorini sezilarli darajada ko`paytirmoqda. SHu sababli ushbu omillardan himoyalash inson hayot faoliyatini taminlashning muhim elementi bo`lib qolmoqda. Insoniyat paydo bo`lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda insonlarning o`rtacha umr ko`rishi 77 yoshni tashkil qiladi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy qonunlar bo`yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qaramaqarshi ta`sirini yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi.

Yüklə 33,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə