Hayot faoliyati xafsizligi fanining bugungi kundagi



Yüklə 33,9 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü33,9 Kb.
#165771
1   2   3   4   5   6
hayot faoliyati 1

Hayot faoliyatbu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhitbu insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yyersharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan yyeryuzi va yyerosti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo`ldi.
Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo`laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum narsalardir.
Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, yyerosti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan.
Biosfera - barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo`lgan atrof-muhit bo`lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim qobig’idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan.
Zamonaviy olimlar biosferani moddalarni planeta bo`yicha harakatini ta`minlovchi yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yyerqatlamining yuqori (litosfera) qismida, yerning pastki havo (atmosfera) qobig’ida va yyersharining suvli qobig’i (gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada yerosti suvlari va tog’ cho`kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100 oS va undan yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200 dan 1500 oS cha)ni tashkil etadi. Yerning yuzasida hayotning kontsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir.
Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zini oziq-ovqat, moddiy boylikka bo`lgan ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta`siridan himoyalanish, o`ziga qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o`rinda biosferaga to`xtovsiz ta`sirini o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.

Yüklə 33,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə