Hikoyat, ma’no, komillik, poetik ifodalar. Поэтика рассказов в "Киссаси Рабгузи" Рабгузи



Yüklə 56,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü56,12 Kb.
#182578
1   2   3   4   5   6   7
Kadirova Saida Maxsudovna

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru
El orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bu asar 
“Payg‘ambarlar qissasi”
yoki 
“Avliyolar qissasi”
deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib
Muhammad alayhissalomgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlar haqida zikr etiladi. 
Kitobda afsonaviy payg‘ambarlar bilan birga payg‘ambarlashtirilgan shaxslarga, 
jumladan, 
Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga 
ham katta o‘rin berilgan. 
Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng 
hijriy 710 yilning Hut (melodiy 1310 yil 21 fevral-21mart) oyida nihoyasiga 
yetkazadi. Bu haqida qo‘lyozmaning so‘zboshisida ya’ni, Rabg‘uziyning o‘zi 
tomonidan yozilgan birinchi kitobdagi muqaddimada keng qamrovli sharh 
berilgan. 
Shuningdek, muallif ikkinchi kitobning she’riy xulosasida ham uni qachon 
yozganligini ifoda etadi. “O‘zgalar dunyo lazzati deb, qimmatbaho toshlardan mol 
dunyo yiqqanida, xushmanzara joylarda ko‘ngil ochib yurganida men so‘zdan 
gavharu dur tuzdim”, deb bashorat qiladi. Darhaqiqat, ushbu kitob o‘lmas ganjina 
bo‘lib, asrlardan asrlarga, xalqlar tilidan o‘zga xalqlar tiliga o‘tib kelyapti. 
Rabg‘uziy uni shunday ifoda etadi: 
O‘zgalar ko‘p olamunchoq tuzdilar el tizginib, 
Man guvar, dur, yinju tuzdim, kezmadim yobon yozi. 
Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob,
Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda Hut saodat yulduzi. 
Darhaqiqat, allomaning o‘zi aytganidek, asarni duru gavharga qiyos etsak 
bo’ladi. Ayni paytda bu kitobni butun jahon ahli o‘qib o‘rganayotganligi buni 
tasdiqlaydi. Ushbu nusxa mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948 yili 
Kopengagenda 
ham nashr qilingan. Qizig’i shundan iboratki,bizning 
kitobxonlarimizga o‘qish ta’qiqlangan kitob, o‘sha davrda Yevropada keng 
tarqalgan va qiziqish bilan o‘qilgan. Rabg‘uziy asarining qo‘lyozma nusxalaridan 
eng mo‘tabarlaridan yana biri Rossiya Sharqshunoslik institutining Sank-Peterburg 
bo‘limida S-245 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxasi bo‘lib, u XV yoki 
XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi. “Qisasi 
Rabg‘uziy”ning 
boshqa 
nusxalari keyingi davrlarda ko‘chirilgan bo‘lib, bularning leksikasi vaqt taqozosiga 



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə