Hikoyat, ma’no, komillik, poetik ifodalar. Поэтика рассказов в "Киссаси Рабгузи" Рабгузи



Yüklə 56,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü56,12 Kb.
#182578
1   2   3   4   5   6   7
Kadirova Saida Maxsudovna

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru
Bu ikkala kitobda yigirma to‘qqiz nafar payg‘ambar va tarixiy shaxslar 
haqida alohida qissalar mavjud bo‘lib, ularning hayoti, faoliyati hadislar, sharqona 
rivoyatu hikmatlar orqali juda qiziqarli ifoda etilgan. Qur’oni karimdan oyatlar 
keltirilishi asarning qadri va qiymatini oshirgan. Ikkinchi kitobning o‘zida yetti 
yuzga yaqin oyatu hadislardan misollar keltiriladi. Shuningdek, rivoyatlar va 
hikmatlar orqali farishtalar bilan parilarning, obidlar bilan zohidlarning farqi 
nimadaligi, Ya’juj bilan Ma’juj haqidagi axborotlar asosli va g‘oyat go‘zal 
ifodasini topgan. Mis, simob, temir, oltin kabi kimyoviy elementlarning kashf 
etilishi, ishlatilishi ham ushbu soha egalarini, kimyogarlarni qiziqtirishi tabiiy. 
Kimyoviy elementlarning kitobdagi ifodasi ota-bobolarimiz azal-azaldan ilm-u 
fanga juda qiziqqanligini o‘zida aks ettiradi. Tabiiyki, asar tilida mavjud bo‘lgan 
so‘zlarning ayrimlari bugungi kitobxon uchun tushunarsiz. Vaqt o‘tishi, turli 
ijtimoiy-siyosiy voqealarning sodir bo‘lishi natijasida turkiydagi ba’zi so‘zlar o‘z 
umrini yashab bo‘lgan va iste’moldan chiqib ketgan. Masalan: ud, uy-sigir; to‘ra – 
qonun-qoida; uv – uy, joy kabi so‘zlar. Shu bilan bir qatorda hayot sinovlariga 
bardosh bergan va bugungi kunda ham tilimizda faol qo‘llanilayotgan juda ko‘p 
so‘zlar Rabg‘uziy yozib qoldirgan bebaho durdonaning har bir satrida uchraydi. 
Masalan
, tishi-xotin
so‘zi respublikamizdagi ba’zi viloyatlarning shevasida hali 
ham ishlatiladi. 
Tangmoq-o‘ramoq; navmid-umidsiz, noumid; iya-ega, sohib; 
xarbuz-tarvuz; chanoq-yog‘och idish, tovoq; og‘-to‘r, tuzoq; daf(dap)-doira; 
sichak (secha) – chumchuk; ovuch-kaft, hovuch; kirpich – g‘isht; ashoq-past; avlo-
yaxshiroq, afzalroq; kezik(gazik)-navbat; qo‘ndog‘lab-yo‘rgaklab; yurtug‘ (yirtiq 
kiyim – kechak)-teshik; o‘kcha-tovon; amurd (almurd)-nok; buz-muz
.
Xorazm shevasida bu so‘zlar bugun ham aynan shu ma’noda ishlatiladi. 
Ko‘kilamoq-rashk qilmok; yozilamoq-yozilmoq; bag‘irsoq-rahmdil, oq ko‘ngil; 
isurmoq-mast, kayf. Bu so‘zlar ham hozir ko‘pgina shevalarda ishlatiladi. 
Shuningdek, o‘z mazmun – mohiyatidan biroz uzoqlashgan so‘zlar ham mavjud. 
“Bodiya” so‘zi asarda-cho‘l, dasht, sahro, biyobon ma’nosida ishlatilgan. 
Xorazmda palov yeydigan maxsus idishni 
bodiya 
deb yuritishadi. Asarda 
“arig‘”
so‘zi pokiza, sof ma’nosida ishlatilgan. Xorazmda bugun bu so‘z ozg‘in, nimjon 



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə