Hikoyat, ma’no, komillik, poetik ifodalar. Поэтика рассказов в "Киссаси Рабгузи" Рабгузи



Yüklə 56,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü56,12 Kb.
#182578
1   2   3   4   5   6   7
Kadirova Saida Maxsudovna

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru
Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari 
"Qissasi Rabg‘uziy", "Qisas ul-anbiyoi turkiy" nomi bilan shuhrat topdi va 
yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o‘qib kelinmoqda. Bunga asosiy sabab 
esa bu asarning poetik jihatdan mukammal tuzilganligi hisoblanadi.
Rabg‘uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu an’anasidagi o‘ziga xos 
bosqich bo‘ldi. Birinchidan, adib o‘zigacha yaratilgan payg‘ambarlar haqidagi 
qissalarni puxta o‘rgandi, umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo‘l 
qo‘ygan kamchiliklarni tuzatdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar 
arab va fors tillarida yozilgan bo‘lsa, Rabg‘uziyning turkiy tilda yozishga jazm 
qildi.
Unda XIII asr oxiri - XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator 
o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan. 
Halollikka, o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rishga, boshqalarga zulm 
qilmaslikka undash Rabg‘uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir. O‘zbek 
nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg‘uziy tomonidan keng tarzda qo‘llangan. Ana 
shu dialoglar vositasida asosiy g‘oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodalangan 
va poetik ifodalar ham aynan diologlar shaklida kelganda o’quvchiga oson va 
tushunilishi oson bo’lgan. 
Nosiriddin Burxoniddin Rabg‘uziyning "Qissai Rabg‘uziy" asarining eng 
qadimgi qo‘lyozmasi Londondagi "Britaniya" muzeyida saqlanadi. 
“Qissasi Rabg’uziy” – turkiy nasrning eng qadimiy namunalaridan biridir. 
Unda XIII asr oxiri – XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator o’ziga xos 
xususiyatlari juda yorqin namoyon bo’lgan. Payg’ambarlar haqidagi qissalar 
Rabg’uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun 
vosita bo’lgan. Qissalar asosini tarixiy-ilohiy voqealar tashkil etadi. Ular o’z 
ildizlari bilan Qur’on va hadislarga, insoniyatning yaratilishi va rivojlanish 
tarixiga, xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo bularning ko’pchiligi, birinchi 
navbatda, Rabg’uziy badiiy tafakkuri yordamida qayta idrok etiladi, badiiy 
talqinini topadi. Mavzu doirasiga ko’ra asardagi qissalar juda rang-barang. 
Olamdagi butun mavjudod egasi Ollohni ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir 



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə