Hikoyat, ma’no, komillik, poetik ifodalar. Поэтика рассказов в "Киссаси Рабгузи" Рабгузи



Yüklə 56,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü56,12 Kb.
#182578
1   2   3   4   5   6   7
Kadirova Saida Maxsudovna

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru
lavhalarni eslash, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va 
vatanparvarlik, erk va adolat, do’stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabi 
mavzular shular jumlasidandir. Bular asardagi yetmish ikki qissada o’z ifodasini 
topgan. Bu qissalarni hajmi turlicha. Masalan, 
“Qissai Yusuf
” salkam yuz sahifani 
tashkil qilsa, 
“Lut”
haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. 
Qissalarning ko’pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, 
so’ng sheriy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Bazi qissalar ichida yana 
mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha 
hikoya, latifa, bayt, g’azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda 
olg’a surilgan asosiy g’oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. 
Halollik, o’z mehnati bilan halol kun ko’rishga, boshqalarga zulm 
qilmaslikka undash Rabg’uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir.
Hikoyalarni poetik jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak, ularda xalq og’zaki 
ijodining tasiri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga 
ko’chib o’tgan. Suhbatning diolog asosida olib borilishi, soddalik, donishmandlik, 
topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, 
lo’ndaligi, og’zaki ijoddan tasirlanish natijasidir. 
Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarini kitobat 
olamining go‘zal, betakror bir obidasiga qiyos etilishi ham bejiz emas. Yozma 
yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha 
yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, ezgu o‘yu amallari hikmatlar, rivoyatlar 
orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy 
qadriyatlarimiz uyg‘unlashib ketgan. 
Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan 
iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan 
allomaning ushbu asari Mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat 
o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti 
majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning mashhur asarlaridan 
namunalar kiritilgani buning isbotidir. “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek nasriy 
adabiyotining birinchi yirik namunasidir. 



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə