Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


O‘rama materiallarni yopishtirish jarayonini mexanizatsiyalash



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə11/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

1.2.4. O‘rama materiallarni yopishtirish jarayonini mexanizatsiyalash
Tom ishlarini bajarishda turli mexanizmlar qo‘llaniladi. Yopishtiruvchi mashina sig‘imi 30l bo‘lgan ko‘p bo‘lmali bakdan va o‘rama materialni zichlovchi zichlagichdan iborat. Bu elementlar o‘zaro sharnirli bog‘langan. Ish jarayonida mashinani bir tekis harakatlantirish kerak. Smena davomida mashina yordamida 1500m2 ga yaqin yuzaga o‘rama materiallarni bir qatlam qilib yopishtirilishi mumkin. Mashinaning og‘irligi 40kg atrofida bo‘lib, mastika va o‘rama material bilan birgalikda 80kg gacha yetadi.

1.10- rasm. Mastika surtuvchi mashina
1-mastika uzatish quvuri; 2-ustuncha; 3-nasos; 4-bak; 5-boshqarish pulti; 6-purkagich (forsunka).

Mastika qatlami yopishtiriladigan yuzaga bir tekis surtilishi va mastika sarfi 120g/m2 dan ortib ketmasligi kerak. Asos sirtiga faqatgina mastika surtiladigan bo‘lsa, bu ishni bajaruvchi maxsus mashinalardan foydalaniladi (1.10-rasm). Mashina baki ikkita bo‘lmadan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lmaga mastika va ikkinchi bo‘lmaga dizel yoqilg‘isi quyiladi. Mastika bo‘lmasiga haroratni 70...200oS da ushlab turuvchi uchta elektrqizdirgich o‘rnatilgan. Dizel yoqilg‘isi nasosni, quvurlarni va purkagichni qizdirish va yuvish uchun ishlatiladi.


O‘rama materiallar yopishtirilgandan so‘ng massasi 100kg ga yaqin bo‘lgan zichlagich bilan zichlab chiqiladi (1.11-rasm).



1.11-rasm. O‘rama materiallarni to‘shab-zichlovchi qurilma
1- rama; 2- zichlagich; 3- surgich; 4- o‘ram; 5- mastika.

Noqulay joylarda material sidirgich bilan yoki qo‘lda zichlab chiqiladi. Tom ishlarini bajarishda foydalaniladigan inventar va asboblar 1.12-rasmda keltirilgan.


Zavod sharoitida sirtiga bir qatlam o‘rama material yopishtirilgan kompleks tom panellarida tom qoplamasini hosil qilish ishlari quyidagi tartibda bajariladi:
CHoklarni yaxlitlash va ular sirtiga choklarni bosib tushadigan kenglikdagi ruberoidni yopishtirish;
Yog‘in suvlari voronkasini o‘rnatish va mahkamlash;
Gidroizolyatsiya osti asosini hosil qilish;
Gidroizolyatsiya to‘shamasining asosiy va qo‘shimcha qatlamlarini tayyorlash;
Tom-himoya qatlamini hosil qilish.



1.12-rasm. Tom ishlarini bajarishda foydalaniladigan asboblar va inventarlar
a-metall sidirgich; b-bigiz; v-mastika surtuvchi cho‘tka; 2-rezina qo‘yilmali xaskash; d-bolg‘acha; ye-chelak; j-bachok; z-termos; i-cho‘mich; k-mastika surtuvchi katta xaskash; l-pichoq; m-o‘rama materiallarni qirquvchi qaychi.

Himoya qatlami yuqori qatlamdagi o‘rama material himoya qoplamasiga ega bo‘lmagan hollarda hosil qilinadi. Himoya qatlami ko‘pchilik hollarda antiseptiklangan qaynoq bitumli mastikaga yirik qum yoki shag‘alni sochish yo‘li bilan hosil qilinadi. Himoya qatlami polimer va polimerbitumli materiallardan (epoksid-bitumli kompozitsiya, bitumning ksiloldagi qorishmasi va alyuminiyli pudra) ham hosil qilinishi mumkin.


Alyuminiy pudrasi, BT-177 laki va kerosin aralashmasi sochilganda uzluksiz metall plenka hosil qiladi. Bu qoplama yuqori darajada himoyalash xususiyatiga ega bo‘lib, yorug‘lik, ultrabinafsha va infraqizil nurlarni o‘tkazmaydi; qoplama xuddi ko‘zgu kabi tushayotgan nurlarni qaytaradi. Qoplama mexanizatsiyalashgan usulda, ikki qatlam qilib hosil qilinadi. Qoplama sekin quriydi, ikki haftadan so‘ng uning ustida yurish mumkin bo‘ladi.
Tom ishlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmagan paytda, musbat va manfiy haroratlarda bajarilishi mumkin. Qish sharoitida havo harorati -20oS dan past bo‘lganda o‘rama materiallarni yopishtirish ta’qiqlanadi va faqat bir qatlam gidroizolyatsiya to‘shamasi hosil qilish tavsiya etiladi. Qolgan qatlamlarni yopishtirish ishlari yilning issiq vaqtida bajariladi.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə