Himoyaga ruxsat etilsin”


Barmoq teatrlarini sahnalashtirishi



Yüklə 278,09 Kb.
səhifə7/16
tarix23.12.2023
ölçüsü278,09 Kb.
#154974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Abdugapparova ТУГРИЛАНГАН

Barmoq teatrlarini sahnalashtirishi.
Bolalar o‘z qo‘li bilan yasagan o‘yinchoqlaridan teatr, stol va barmoq teatrini sahnalashtirishda foydalanishi mumkin. Bunda bolalar oddiy tamoshabin, bo‘lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o‘zlaridan kichik guruh bolalariga sahnalashtirish ko‘rsatish bilan ularni hursand qiladilar. Barmoq teatri qahramonlarini qog‘ozdan yasash mumkin.
Qog‘ozdan konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan bo‘lib, odam, hayvonlarning tasvirini tayyorlanadi, uzuk shaklida yasalgan qog‘oz halqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Ertak qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig‘adigan kichik teshikcha qilib qo‘yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatrlarining sahnalashtirish uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, so‘ngra o‘ngiga ag‘dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan yopishtirishni, ko‘z, qosh, burun, og‘iz kabilarni yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to‘rdan bezaklarni o‘zlari yopishtiradilar. Detallarni bolalar o‘zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar.
Barmoq teatrini qog‘oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog‘ozdan silindr shaklini yasab, barmoqka mos qilib qog‘oz quyqani silinrga kirgizib, co‘ng xohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlarni bo‘yash lozim. Ularga ba’zi detallarni qog‘ozdan qirqib, yelimlab qo‘ysa bo‘ladi. Masalan: quloqlarni, ko‘zlarni esa tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday o‘yinchoqlarni katta va tayyorlov maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha, qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton kog‘oz qoldig‘idan barmoq kiydiriladigan qilib yopishtirib qo‘yish mumkin.
Dikir-dikir o‘yinchoqlarni yasash.
Dikir-dikir o‘yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga odam va hayvonlar tasvirini chizish kerak, ularning oyoqlari esa chizilmaydi. Chizilgan tasvirni qirqib olamiz. Shakllarni kaftimizning orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlab, ko‘rsatgich yoki o‘rta barmoqqa atir shisha qopqog‘ini kiyib, rezina bilan mustahkamlab, stolda shakllarni harakatlantiramiz. Ularni choptirish, o‘yinga tushirish mumkin. Katta, tayyorlov guruh bolalari bunday o‘yinchoqlarni mustaqil yasay olishadi.
Qo‘lqop qo‘g‘irchoqlar (barmoqsiz qo‘lqop).
Eski qo‘lqopcha, qo‘lqop qo‘g‘irchoqlarni yasash uchun ashyo bo‘la oladi. Bunday o‘yinchoqlarni ham bolalarning o‘zlari yasashlari mumkin. Qo‘lqop qo‘g‘irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lqopni to‘liq hayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o‘taydi. Qo‘lqop qo‘g‘irchoq tanasi bo‘lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo‘lqop topilmasa‚ unda to‘qilgan buyum yoki matodan foydalaniladi. Bolalar bunday qahramonlarni o‘zlari yasay oladilar‚ ayniqsa ikki qo‘lqopdan yasalgan o‘yinchoq: kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo‘ri, tulkichalarni tayyorlash qiyin emas. Qo‘lqopning ko‘rsatgich va katta barmog‘i dum bo‘ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jihozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Bunday o‘yinchoqlardan bolalar sahnalashtirish faoliyatida foydalanadilar.
Pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish.
Pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirishning o‘ziga xos tomoni shundaki‚ kichkintoylar‚ ertak qahramonlarining aynan o‘zini ko‘radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40 uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga pahmoq gazlamasi yopishtiriladi. Personajlar ekranda mana shu pahmoq orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish ertak ishtirokchilari, personajlar, dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo‘ladi.
Pahmoq qo‘g‘irchoqlari yordamida ertaklarni sahnalashtirish uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar karton qog‘ozdan qirqib olinadi va rangli bo‘yoqda, guashda bo‘yaladi. Tayyor bo‘lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qo‘yiladi.

Yüklə 278,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə