Himoyaga ruxsat etilsin”


Teatr sahnalashtirish faoliyatining shakllari va tamoyillarining mazmuni



Yüklə 278,09 Kb.
səhifə9/16
tarix23.12.2023
ölçüsü278,09 Kb.
#154974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Abdugapparova ТУГРИЛАНГАН

1.2 Teatr sahnalashtirish faoliyatining shakllari va tamoyillarining mazmuni

Teatr deganda, avvalambor san'atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr - bu tomosha - spektaklning o'zi; tomosha ko'rsatiladigan joy, spektakl qo'yiladigan bino hamdir. Hech bir san'at teatr o'rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to'p iste'dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo'ladi. Sahna asarining ta'siri juda kuchli. Sababi nimada?


Teatr san'ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti- harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o'tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko'pchilik bo'lib tayyorlangan sahna


asari tomoshabinga ko'rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe'l-atvorli kishila rning qiyofalarini gavdalantiradilar,
tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o'ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo'rttirib aks ettiriladi.
Teatr san'atining turlari ko'p. Bular - drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo'g'irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr, estrada teatri, maydon teatridir. Teatr asarlarining janrlarini aytmaysizmi? Asosiylari: drama, tragediya, komediya. Ammo teatr yo'nalishi, turiga bog'liq holda ular ko'payib ketadi. Chunonchi, fars, buffonada, tragikomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik tomosha, sahnaviy hazil kabi janrlar bor.
Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan bog'liq marosimlar va o'yinlardayoq teatrning boshqa bir qiyofani gavdalantirish, taqlid qilish, niqob, «ezgu» va «yovuz» kuchlarning o'zaro tortishuvini ko'rsatish, dialog kabi unsurlari paydo bo'lib, mukammallashib borgan. Teatrning sof tomosha shaklida ko'rinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, O'rta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda paydo bo'lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan bayramlarda ko'rsatilgan.
Shundan boshlab teatr san'ati juda katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Dramaturgiya, aktyor ijrochiligi rivojlanib borgan. Rejissyorlik paydo bolgan. Usti ochiq maydon teatrlari o'mini usti yopiq teatr binolari egallagan. Sahnaning ko'rinishi, texnikasi o'zgarib borgan. Ijrochilik, sahnalashtirish uslublari yangilanib turgan.
O'zbek teatri ham uzoq tarixga ega bo'lib, uning dastlabki ko'rinishlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqala- di.Miloddan avvalgi 7 - 6-asrlarda ajdodlarimiz
zardushtiylik (otashparastlik) bilan bog'liq holda o'ziga xos teatr yaratganlar. Miloddan avvalgi 5-asrda Oyxonim, Shahri G'ulg'ula, Nusay shaharlarida yunon shaklidagi maxsus teatr binolari qurilgan va ularda qadimgi yunon dramaturgi Yevripid tragediyalari o'ynalgan. Kushon davlatida Budda dini bilan bog'liq bo'lgan turli teatrlashgan tomoshalar rasm bo'lgan. Mahalliy teatr, ayniqsa, 5 - 7-asrlarda yaxshi rivojlangan. Yurtimizdan chiqqan cholg'uchilar, o'yinchilar, raq- qosalar, xonandalar Buyuk Ipak yo'li orqali qo'shni yurtlarga safar qiladilar.
Xitoy yilnomalarining ko'rsatishicha, san'atkorlarimiz shahanshoh saroyida mustahkam o'rnashadilar.
Teatr san'ati, bir muncha boshqa shakllarda bo'lsa-da, musulmonlik davrida ham yashab kelgan. Xususan, 9-12 hamda 14-15-asrlarda Movarounnahr, Xorazm va Farg'ona o'lkalarida san'at, shu jumladan teatr san'ati o'ziga xos shakllarda taraqqiy etdi. Qissaxonlar, voizlar, maddohlarning ma'rakalari, masxara, taqlidchi, zariflarning chiqishlari aholi madaniy hayotida muhim o'rin tutgan. Ayniqsa, Amir Temur, Temuriylar davrida tomosha san'atlari, har xil bayramlar keng rasm bo'lgan.
Teatrning uch turi yaxshi shakllangan: hikoya teatri (qissaxonlik, voizlik, maddohlik); kulgu teatri (masxara, taqlid, zarofat); qo'g'irchoq teatri (chodir jamol, chodir xayol, fonus xayol). Samarqand, Shahrisabz va Hirotda o'tkazilgan bayramlarda qadimiy niqoblar bilan o'ynaladigan tomoshalar ham tiklangan.
16-asrdan Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari vujudga kelgach, tomosha sarTatida ham o'zgarishlar yuz berdi. Bir-biridan farq qiluvchi Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi, Farg'ona qiziqchiligi maydonga keldi. Fanda bular an'anaviy o'zbek teatri, deb nom olgan.
An'anaviy teatrning shakllari, namunalari butun 20-asr davomida yashab, bizning davrimizgacha yetib kelgan. Shu kunlarda ham o'z uyushmalariga ega bo'lgan yohud yakka holda ijod qiluvchi bir qator iste'dodli qiziqchilar bo'lib, ular malum darajada qadimgi teatr an'analarini davom ettirib kelmoqdalar.
20-asr boshidan jadidlar yangi o'zbek teatrini yaratish harakatiga tushdilar. Natijada 1914-yilda Samarqand va Toshkentda Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» nomli dramasini sahnalashtirish bilan ish boshlagan yangi teatrlar maydonga keldi. Hamza nomi berilgan hozirgi O'zbek davlat akademik teatri «Turon» teatri negizida maydonga kelgan. Keyinroq O'zbek musiqali teatri (1929), Navoiy nomidagi O'zbek davlat katta akademik opera va balet teatri (1939), Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqali drama va komediya teatri (1939), 20-30- yillarda viloyat teatrlari, Qo'qon va Kattaqo'rg'on shahar teatrlari tashkil topdi. Toshkentda Abdulla Qahhor nomida satira teatri bor. Qisqasi, hozir (1998) jonajon mamlakatimizda 36 ta teatr, teatr studiyasi, 40 dan ziyod xalq teatri ishlab turibdi. Davlat teatrlarida to'rt mingdan ortiq malakali san'atkorlar ishlaydi.



Yüklə 278,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə