Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə1/8
tarix13.05.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#110022
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati

Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati


Reja:


Kirish
I bob. O‘zbekiston musiqa san’ati ijrochilik amaliyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xalq cholg‘ulari orkestri
1.1 Sharq va G‘arb mamlakatlari madaniy boyliklarining qadim davrlardan boshlab o‘zaro bog‘lanishi va rivojlanishi
1.2 Mustaqillik davrida o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri oldida turgan vazifalardan biri yangi va yirik shakldagi asarlarni o‘zlashtirish
II bob. O‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi amaliyotida ansambllarning tarkibi va ijro repertuarlari
2.1 O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri
2.2 O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik amaliyoti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Respublika musiqa madaniyatining yuksalishi natijasida xalq cholg‘uchilarida konsert-ijrochilik faoliyati qizg‘in avj oldi. O‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish an’anasi keng quloch yoydi va u tartibli ravishda o‘tkazila boshlandi. 70-yillarda o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilikning obro‘-e’tibori ancha yuksaldi. Jumladan, 1973- yilda yosh mahoratli g‘ijjakchi Shuhrat Yo‘ldoshev Voronejda bo‘lib o‘tgan musiqachi-ijrochilarning Butunittifoq ko‘rik-tanlovida qatnashib, g‘ijjak ohangining jimjimadorligi, rang-barang tembr bo‘yoqlari hamda cholg‘uning yangi texnik imkoniyatlarini namoyish etdi. Natijada Sh.Yo‘ldoshevga ko‘riktanlovning birinchi mukofoti va laureatlik unvoniga sazovor bo‘ldi1.
Shuningdek bir guruh yosh sozandalar, jumladan, doyrachilardan:
T.Sayfiddinov, Dilmurod va Xolmurod Islomovlar, O.Kamolxo‘jaev, I.Ikromov, changchi F.Shukurova, g‘ijjakchi Sh.Yo‘ldoshev, afg‘on rubobchi G‘. Ergashev, rubobchi H.Lutfullaevlar hamda “Qirq qiz” Nukus dutorchi qizlar havaskorlar ansambli, “Shodiyona” Shaxrisabz xalq ansambli, Xorazm kolxozining “Qaldirg‘och” ashula va raqs ansambli, “Shodlik” vokalxoreografik ansambli, O‘zteleradio qoshidagi dutorchi qizlar ansambli va boshqa ijodiy jamoalar yuksak mahorati va faol konsert ijrochiligi uchun O‘zbekiston yoshlar mukofoti bilan taqdirlanganlar.
1971-yildan boshlab o‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan ijrochilarining
Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’anaga aylandi. Birinchi ko‘rik-tanlov 1971-yilda Toshkent (hozirda O‘zbekiston) davlat konservatoriyasida A.Petrosyans raisligida o‘tdi. Unda 15 turdagi cholg‘ulari bo‘yicha 101 sozanda ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov musobaqalari ikki bosqichda o‘tdi. I bosqichda majburiy dasturni O‘zbekiston bastakorlarining, shuningdek qardosh xalqlar xamda chet el bastakorlarining asarlari (jumladan yirik shakldagi bir asar) tashkil etdi. II bosqichda musobaqa katnashchilari har xil turdagi va murakkablikdagi to‘rt asarni ijro etishlari lozim edi. Mazkur musobaqa 20 dan ortiq yosh iste’dodlarni aniqladi2.
Shuhrat Yo‘ldoshev, Botir Rasulov (g‘ijjak). Fazilat Shukurova,
Rustam Ne’matov (chang), Abdusalom Malikov (prima-rubobi), Pinxas
Bakoev (qashkar rubobi), Xasan Komilov (g‘ijjak-bas), Boqijon Rahimjonov (dutor), Bahtiyor Yo‘ldoshev (doira) kabi sozandalar tanlov sohiblari katoridan joy oldilar. Ko‘rikning o‘ziga xos xususiyati xalk musiqasi hamda I.Bax, L.Betxoven, F.List, F.Shopen, K. Sen-Sans, M.Glinka, P.CHaykovskiy, S.Prokofev, A.Xachaturyan va boshqa jahon klassik kompozitorlari asarlarining mohirona ijrosida namoyon bo‘ldi.
1974-yil fevralida ikkinchi Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi (hay’at raisi A.Petrosyans). Unda respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan 76 sozanda ishtirok etib, ulardan 20 tasi g‘olib deb topildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor Sobir Boboev raislik qilgan III ko‘rik-tanlov 1980-yilda bo‘lib o‘tdi. Unda 99 ijrochi ishtirok etib, 18tasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘rtinchi respublika ko‘rik-tanlovi 1984-yil fevral oyida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Sayfi Jalil hay’at raisi bo‘ldi. Ilgarigi ko‘rik-tanlovlardan farkli o‘laroq ushbu ko‘rik-tanlov uch boskichda bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqichda ko‘rik-tanlov g‘oliblari “Bahor” konsert zalida T.Jalilov nomidagi o‘zbek xalk cholg‘ulari orkestri jo‘rligida konkurs dasturini ijro etdilar. Ko‘rik-tanlovda 79 nafar ijrochilari ishtirok etishdi.
Beshinchi respublika ko‘rik-tanlov 1988-yil fevral oyida bo‘lib o‘tdi. Bu gal hay’at raisi sifatida Xalk artisti, Qurmong‘ozi nomidagi qozoq xalq cholg‘ulari Davlat orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari professor Shamg‘on Kajgaliev taklif etildi. Ko‘rik-tanlovda 57 yosh musiqachi ishtirok etdi. Respublika ko‘rik-tanlovlari so‘nggi yillarda ajoyib mahorat maktabiga aylanib qoldi. Tanlovlar nafaqat ijrochilik kuchlarining sinovi, nafaqat yosh sozanda ijrochilarning mahoratini aniqlash, balki mashaqqatli murabbiylik ishining yakuni ham bo‘ldi. Qaror topgap an’anaga muvofiq o‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan sozanda-ijrochilarining navbatdagi VI Respublika ko‘rik-tanlovi, 1992-yil mart oyida bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqich g‘oliblari T.Jalilov nomidagi davlat Akademik xalq cholg‘ulari orkestri (F.Sodiqov rahbarligidagi) hamda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi (kompozitor M.Bafoev rahbarligidagi) D.Zokirov nomidagi o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat orkestrlari jo‘rligida bellashdilar3.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə