Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati


II bob. O‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi amaliyotida ansambllarning tarkibi va ijro repertuarlari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə5/8
tarix13.05.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#110022
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati

II bob. O‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi amaliyotida ansambllarning tarkibi va ijro repertuarlari
Hozirgi kunda O‘zbekistonda yakka va jamoaviy ijrochilik san’atida ijrochilikning ikki madaniyati ma’lumdir. Bulardan biri – asarlar davomida bizgacha ustoz-shogird an’anasi orqali og‘zaki tarzda etib kelgan - an’anaviy ijrochilik bo‘lsa, ikkinchisi XX asrning 30-yillarida paydo bo‘lgan yozma an’anadagi akademik ijrochilikdir. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Sharq musiqasi” fakultetida ham “An’anaviy ijrochilik” va “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedralari mavjud bo‘lib, o‘quv jarayoni ham ushbu kafedralarda mustaqil ravishda olib borilmoqda.
Ma’lumki, Sharq musiqasi azaldan, asrlar davomida ustozdan-shogirdga og‘zaki tarzda o‘tib kelgan, ya’ni ustoz biror bir kuyni ijro etadi, shogird esa uni yaxshilab tinglab, ustozidan so‘ng xuddi ustozi chalgandek qaytarishga harakat qiladi, toki kuyni ustozidek chala olgunga qadar. Buning uchun bir necha yillar talab etiladi. Undan keyingina u ustoz hisoblanib, o‘ziga shogird olib, o‘zidagi ijro san’atini shogirdlar keyingi avlodga o‘rgata boshlaydi. Shu tariqa xalq kuyqo‘shiqlari va maqomlar ustozdan-shogirdga o‘tib, hozirgi kunga qadar etib keldi.
O‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi amaliyotida ansambllarning tarkibi va ijro repertuarlari turlicha bo‘lib, ulardan biri 1936 yili O‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida To‘xtasin Jalilov rahbarligida tashkil etilgan 98 kishidan iborat o‘zbek xalq cholg‘ulari ansambli edi. Ansambl shakl jihatdan orkestrga o‘xshasa-da, sifat jihatdan, ya’ni ijro yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy bir ovozli musiqani ijro etardi. Shu sababli, ushbu jamoa haqidagi ma’lumotlar ba’zi bir manbalarda ansambl, ba’zilarida esa “unison orkestr” deb berilgan. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytdayoq T.Jalilovda bas ovoz tarannumiga ega bo‘lgan cholg‘ularni unison ansambl tarkibiga kiritish fikri paydo bo‘ladi va shu maqsadda Usta Usmon Zufarov tomonidan yasalgan “katta g‘ijjak”, “katta tanbur” va “katta dutor”lar qo‘llaniladi11.

To‘xtasin Jalilov rahbarligidagi 98 kishilik an’anaviy ansambl. 1936 y.
Ansambl T.Jalilov rahbarligida konsert faoliyatini qizg‘in tarzda olib boradi. Ular o‘zbek xalq musiqasini katta muvaffaqiyat bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarida ham keng targ‘ib etadi. Ansambl tarkibida Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov, Ashurali Yusupov kabi mashhur xalq sozandalari bilan bir qatorda respublikada faoliyat olib borayotgan badiiy havaskorlik to‘garaklaridan kelgan iqtidorli yoshlar ham bor edi.
Jamoa o‘z konzert ijrochiligini nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarida ham keng targ‘ib etadi. 1936 yili unison orkestr Xalgaro festivalda qatnashib, birinchi o‘rinni egallaydi va shu bois 1937 yilda ilk bor respublikamizdan tashqarida, ya’ni Moskvada o‘zbek san’ati dekadasida ishtirok etadi. Keng qamrovli tinglovchilar ularning chiqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Xalq sozandalarining o‘ziga xos yorqin ijrolari Moskvalik tinglovchilarning olqishlariga sazovor bo‘ladi.
O‘sha davrdagi asosiy masalalardan biri sozandalarning nota savodini o‘stirish hamda ularning ongiga ko‘p ovozli ijrochilikni singdirishdan iborat edi. Filarmoniya o‘z faoliyatining boshlang‘ich davridanoq o‘quv ishlariga katta urg‘u beradi. Taniqli musiqa arbobi N.Mironov, pianinochi A.I.Podgorniy va yosh kompozitor Mutal Burxonovlar filarmoniya badiiy jamoalari artistlariga muntazam ravishda musiqa nazariyasidan dars bera boshlaydi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə