Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati


Mustaqillik davrida o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri oldida turgan vazifalardan biri yangi va yirik shakldagi asarlarni o‘zlashtirish



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə4/8
tarix13.05.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#110022
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati

1.2 Mustaqillik davrida o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri oldida turgan vazifalardan biri yangi va yirik shakldagi asarlarni o‘zlashtirish
Mustaqillik davrida o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri oldida turgan vazifalardan biri yangi va yirik shakldagi asarlarni o‘zlashtirish, kompozitorlarning zamonaviy asarlarida qo‘llanilgan zarblar va tovush chiqarish usullarini egallash, hamda ijrochilik mahoratini o‘stirishdan iborat edi. Kompozitorlar o‘zlarining maxsus asarlarida an’anaviy ijro uslublaridan keng foydalanish mezoniga ahamiyat qaratganliklari milliylik omillarining saqlanib qolishidan dalolatdir.
Orkestr oldida turgan vazifalardan yana biri esa zamonaviy ijro uslublari bo‘lgan aleotarika unsurlari, shuningdek, nola, qochirim, glissando va boshqalarni o‘rganib, kompozitorning badiiy g‘oyasini batafsil yoritib berishdan iborat edi. Shu bilan birga orkestr yirik shakl va turli uslublarda yozilgan asarlarni muvaffaqiyat bilan yuqori saviyasida ijro etishga erishdi.
Mustaqillik yillarida orkestrning ijodiy faoliyatida yangicha munosabatlar boshlandi. U nufuzli yirik davlat tadbirlari va xalqaro anjumanlarda o‘z konsert dasturlari bilan ishtirok eta boshladi. Mustaqillik va Navro‘z tantalariga bag‘ishlangan bayram konsertlarida qatnashishi, yosh sozandalarning birinchi respublika ko‘rik-tanlovlari, Xalqaro milliy cholg‘ular ansambli va orkestrlari festivallari (2001), Xalqaro simfonik musiqa festivali doirasidagi konsertlar fikrimizning yaqqol dalilidir.
Orkestr konsert dasturlarini kuzatar ekanmiz, endilikda jamoa nafaqat o‘zbek xalq kuy-qo‘shiqlari, O‘zbekiston kompozitorlarining maxsus asarlariga, balki jahon klassik asarlari durdonalariga ham tez-tez murojaat eta boshladi. Bu hol, shubhasiz, sozandalarning ijrochilik mahoratini o‘stirish bilan birga ularning ma’naviy dunyosini ham boyitishga xizmat qilmoqda,
- Mustaqillik sharofati ila boshlangan milliy uyg‘onish davri xalq cholg‘ulari orkestri ijodkorlari va ijrochilarini yangi ijodiy marralar sariilhomlantirdi.

  • O‘zbekiston kompozitorlarining ijodida ona yurtga muhabbat, ulug‘ ajdodlar jasorati, azaliy va umrboqiy qadriyatlar tarannumi ustivor mavzular qatoridan o‘rin oldi.

  • Ilgari surilgan yangi g‘oya va mavzular ifodasi o‘ziga muvofiq yangi shakl va janrlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

  • Turli san’at va janrlarning o‘zaro birikuvi o‘laroq teleopera, telebalet kabi yangi sintez janrlar yuzaga keldi. Tabiiyki, ijodkorlikdagi bunday yangilanishlar orkestr ijrochiligida ham o‘z aksini topdi. Bu hol, jumladan:

  • rang-barang cholg‘u guruhlarini impressionistik ruhda talqin qilinishida;

  • turli tembr qo‘shilmalari asosida kashf etilayotgan yangi tovush-bo‘yoqlari ifodasida;

  • an’anaviy va ko‘povozli “yozma” ijrochilik uslublarining bir asar davomida o‘rinli va unumli qo‘llanishida;

  • shu asnoda xalq cholg‘ularining benihoya boy ovoz tarovati va ijrochilik imkoniyatlarining keng namoyon bo‘lishi kabilarda kuzatilmoqda.

Erishilayotgan ushbu ijodiy natijalar pirovardida zamonaviy O‘zbekiston madaniyati yangi musiqa asarlari va serjilo orkestr ijrochilik an’analari bilan boyib bormoqda.
Firuza Abdurahimova va Xalq cholg‘ulari fakulteti tashabbusi bilan 1978yildan boshlab har yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti laureati, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri asoschisi Ashot Ivanovich Petrosyansning xotirasiga bag‘ishlangan hisobot konsertini o‘tkazish an’anaga aylangan edi. Bu anjuman avval “Telman” nomli Madaniyat va istirohat (hozirgi Bog‘i-eram) bog‘ida o‘tkazilib, unda Toshkent shahridagi barcha professional hamda o‘quv ansambl va orkestrlari qatnashgan. Konsert boshlanishidan avval kafedra dotsenti Rustam Xo‘jaev Ashot Petrosyansning hayoti va ijodi bilan tinglovchilarni tanishtirib o‘tishardi.
1996-yildan boshlab ishtirokchilar safi kengayganligi tufayli ushbu sana Respublika miqyosida o‘tkazila boshlandi. Va nihoyat, 2001- yildan e’tiboran ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar festivaliga aylandi. 2008-yildan bu festival “Navro‘z sadolari” deb yuritila boshlandi. Ushbu tadbirning o‘tkazilishiga “Sog‘lom avlod” Xalqaro nodavlat jamg‘armasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (2008), O‘zbekistondagi Shveysariya elchixonasining Shveysariya hamkorlik byurosi (2012), Birlashgan millatlar tashkilotining Informatsion Markazi (2015) hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (2017) yordam bera boshladi.
2015-yildan e’tiboran ushbu festival Xalqaro tadbirga aylandi. Festivalda matabgacha ta’lim muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari, musiqa kolleji va akademik litseylar hamda oliy o‘quv yurtlarining ijodiy jamoalari ishtirok etishdi. Shuningdek Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistondan hamkasb mehmonlarimiz o‘z badiiy jamoalari bilan tashrif buyurishdi. Olti kun davomida har bir badiiy jamoa o‘z ijrochilik mahoratini namoyish etdi. Shu bilan birga milliy cholg‘ular bilan tanishtirish darslari ham o‘tkazildi. Jamoalar va ishtirokchilar soni ko‘payganligini inobatga olgan holda ularni tinglash ikkiga bo‘lindi, ya’ni 2016-yildan boshlab, juft yillarda musiqa kollejlari, akademik litseylar hamda oliy o‘quv yurtlari badiiy jamoalari, toq yillarda esa maktabgacha ta’lim muassasalari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining ansambl va orkestrlari festivalda ishtirok etishi belgilab olindi.
Yildan-yilga jamoalar va ishtirokchilar safi kengayib bormoqda. Bu yurtimizda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishning tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi. Ayniqsa joriy yilda, ya’ni 2017-yilda o‘tkazilgan festival barcha ishtirokchilar va tinglovchilar qalbida chuqur iz qoldirdi. Bu yilgi tadbirda barcha jamoalar dasturiga ikkitadan majburiy asarlar kiritilgan bo‘lib, bu hay’at a’zolariga g‘oliblarni aniqlashga imkon yaratadi. Andijon viloyati, Andijon shahar 3-bolalar musiqa va san’at maktabining Shaxnoza Mo‘minova rahbarligidagi “Navo” orkestri o‘zining ijrosi bilan barchani lol qoldirdi.
Ayniqsa ular ijrosidagi uchinchi ihtiyoriy asar yakkaxon Dilfuza Rahimovaning (xor rahbari Nigora Hamroeva) orkestr va xor jo‘rligidagi Yu.Usmonovaning “Xech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston” qo‘shig‘ining satrlari mazmun jihatdan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov nutqi bilan hamohang tarzda katta ekranda ko‘rsatilib, ijro etilganida zaldagi barcha tinglovchilar tik turgan holda tinglashdi. Yurtboshimizning – “Mana shu erda yig‘ilgan barcha bolajonlar, men sizlarni hammangizni yaxshi ko‘raman, kerak bo‘lsa sizlarga jonimni ham fido qilaman”, - degan so‘zlari festival ishtirokchilari, ya’ni bolajonlarimizni yanada ruhlantirdi. Festival haqiqatdan ham musiqa bayramiga aylandi.
Bunday festivallarning o‘tkazilishi cholg‘u ijrochiligi, qolaversa ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar ijrochilik san’atining yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Shuningdek yoshlarimizning dunyoqarashini kengaytirib, estetik didini boyitishga hamda komil insonlarni tarbiyalashga yordam beradi. Bu borada “xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining xizmatlari va hissalari beqiyosdir.
Shu bilan birga 2013-yildan boshlab, ikki yilda bir marotaba xalq cholg‘ulari bo‘yicha “Ona yurt ohanglari” nomli Xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ko‘riktanlov ham O‘zbekistonda cholg‘u ijrochiligi san’atining yuqori saviyada ekanligidan dalolat beradi. Tanlov ishtirokchilarining majburiy asar sifatida o‘zbek xalq kuylari va O‘zbekiston kompozitorlarining asarlarini turli xalqlar cholg‘ularida ijro etishi kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi hamda dunyoga keng targ‘ib etilishiga yorlam beradi. Xorijda o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlarda O‘zbekistonlik yoshlarning nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlari ham buning yaqqol isbotidir. Bularning barchasi xukumatimiz tomonidan musiqa san’atiga berilayotgan e’tiborning natijasidir.
O‘zbekiston kompozitorlarining mustaqillik yillarida yaratgan aksariyat asarlarida ma’naviy tiklanish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Shu bois ham bu asarlarda ko‘proq o‘tmish manbalariga, xalq qahramonlariga murojaatlar, Vatanga bo‘lgan muhabbat kabi mavzularning ustivorligi kuzatiladi. Bu jarayon M.Bafoev, T.Qurbonov, F.Alimov, Q.Komilov, A.Mansurov kabi kompozitorlarning asarlarida o‘z ifodasini topganligini e’tirof etish lozim. O‘z navbatida, bunday urinishlar musiqa ijodiyotida yangi shakl va janrlarni yuzaga keltirdi.
Hozirgi kunda orkestrlarga bo‘lgan e’tibor ortib borayotganligi, ularning repertuarlarida milliy ruhdagi asarlar salmog‘iga katta ahamiyat berilayotgani sir emas. Vatan, tarixiy voqealar, tarixiy qahramonlar, buyuk shaxslar va tarixiy obidalarni madh etuvchi qator asarlarning yaratilishi shular jumlasidandir. Mana shunday asarlardan biri M.Bafoevning bir pardali “Nodira” telebaletidir. Tarixiy shaxslarni madh etuvchi ushbu asar Yulduz Ismatova librettosi asosida 1992 yilda yozilgan8.
D.Zokirov orkestri uchun maxsus yaratilgan yangi asarlar qatorida M.Bafoevning “Buxoroi-Sharif” teleoperasi9 (Xurshid Davron librettosi) hamda
Qahramon Komilovning “Ozod Vatan” oratoriyasi diqqatga sazovordir Buxoroning 2500 yilligiga bag‘ishlangan “Buxoroi-Sharif” teleoperasi tuzilishi jihatidan ikki doston va yigirma ikki naqshni o‘z ichiga qamrab olingan bo‘lib, ilk bor 1997 yilda Buxoro shahrining yubileyiga bag‘ishlangan konsertda lavhalar tarzida ijro etilgan.
Qahramon Komilovning “Ozod Vatan”77 nomli oratoriyasida esa ulug‘ tarixiy shaxslar – Amir Temur, Abdulla Qodiriy, Fitrat va Cho‘lpon kabi buyuk ajdodlarimizning o‘z Vataniga bo‘lgan cheksiz muhabbati va sadoqati o‘z ifodasini topgan. Ayni vaqtda mazkur asarlar yangi farovon hayot va kelajagi buyuk Vatanimizni betakror ohanglar vositasidagi tarannumi hamdir.

“Navro‘z” xalq cholg‘ulari kamer orkestri, yakkaxon Halima Baratova
2011-yil noyabr oyida “Navro‘z” xalq cholg‘ulari kamer orkestri o‘z ijodiy faoliyatini boshladi. 2013-yil noyabr oyida orkestrning taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsert jamoaning badiiy rahbari va dirijyori Sh.Umarov tomonidan orkestr uchun maxsus yozilgan “To‘yona” asari bilan boshlandi. Ushbu asar tadbir ishtirokchilari, yoshlar va xorijiy mexmonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. So‘ngra respublika tanlovlari sovrindorlari - M.Bozorov va N.Safarovlar qashqar rubobida T.Azimovning “Durdona” asarini ijro etib, tinglovchilarga cholg‘uning yoqimli ovoz tarovatini havola etishdi. Nayda respublika tanlovi sohibi A.Xusanov I.Baxning “Si minor syuitasi”dan “Hazil” asarini orkestr jo‘rligida ijro etib, cholg‘uning ijro imkoniyati, tembr xususiyati va o‘zining ijro mahoratini namoyish etdi. “Nihol” davlat mukofoti sovrindori A.Qo‘ldoshevaning orkestr jo‘rligida ijro etgan “Tanovar” o‘zbek xalq kuyi tinglovchilarga huzur baxsh etdi.
Respublika tanlovlari laureati Vahob Qurbonovning qonunda ijro etgan, Komiljon Shermatov tomonidan bastalangan “Sharqona navo” musiqasi tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Ular cholg‘uning shirali va jozibali ovoz tarovatidan bahra oldilar. Xalqaro va Respublika tanlovi sohibi Ixtiyor Abdunabiev afg‘on rubobida Usta Muhammad Umarning “Gullar raqsi”ga “Fantaziya”si orqali cholg‘uning yoqimli va mayin ovoz tarovatini namoyish etishga muyassar bo‘ldi. Konsert dasturi orkestr va raqqosalar guruhi ijrosidagi Markaziy Osiyo xalqlari kuylari asosidagi “Popurri” asari bilan yakunlandi.
“Navro‘z” jamoasi - nay, qo‘shnay, surnay, chang, qonun, rubob-prima, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, dutor-prima, dutor-alt, dutor-bas, g‘ijjak kabi cholg‘ulardan tarkib topgan 17 ta iqtidorli sozandalardan iborat. Ularning har biri xalqaro va Respublika ko‘rik-tanlovlari sovrindorlari, o‘z ijro mahoratiga ega bo‘lgan betakror musiqachilardir. Ular nafaqat cholg‘u ijrochiligi, balki orkestr ijrochiligi san’atining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. “Jamoa nomini “Navro‘z” deb atashdan maqsadim, hammaga chiroyli konsert dasturlari orqali yil davomida bayramona kayfiyat baxsh etish”10, - deb javob berdi Sherzod Umarov biz bilan bo‘lgan suhbatda.
Shu bilan birga yangi ovoz sohiblari va betakror sozandalar bilan ijodiy muloqotda bo‘lib, ular hamkorligida yangidan-yangi konsert dasturlarini yaratishga intilmoqda. Jumladan: Ozarbayjon madaniyat markazida ishlaydigan soz va garmon ijrosi Ilhom Abdullaev bilan hamkorlikda Ozarbayjon kompozitorlari asarlaridan konsert dasturini televidenie orqali yozishga muyassar bo‘ldi. Ushbu konsert dasturi Boku televideniesi orqali ham namoyish etilmoqda. O‘zbekiston Uyg‘ur madaniy markazining “Guldasta” ansambli bilan hamkorlikda “Uyg‘ur navolari” nomli “Do‘stlik” konsert dasturini o‘tkazdi. Jamoaning kelgusida yurtimiz dovrig‘ini milliy sozlarimizdagi ijrochilik san’ati orqali dunyoga targ‘ib etishda faol jamoalardan biriga aylanishini istab qolamiz.
“Navro‘z” orkestrining konsert dasturlari dunyoning barcha burchaklarida televidenie va “Internet” tarmoqlari orqali namoyish etilmoqda. Keng qamrovli mutaxassislar va musiqa ixlosmandlari jamoa haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirmoqda. Shuningdek, xorijiy jamoalardan hamkorlikda ijod etish hamda turli tadbirlarda ishtirok etishlari uchun takliflar bildirilmoqda.
Mana shunday jamoalarning tashkil etilishi va O‘zbekiston musiqa madaniyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi respublikamizda o‘zbek xalq cholg‘u orkestrlari ijrochiligining rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Qolaversa, ushbu konsert dasturi yoshlarni komil inson bo‘lib etishishlariga, ularni umumbashariy qadriyatlar, ulkan va boy milliy madaniy merosimizga hurmatehtirom, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek yangidan-yangi jamoalarning tashkil etilishiga zamin yaratmoqdalar.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə