Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə2/8
tarix13.05.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#110022
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati

Kurs ishining maqsadi: Bugungi kunda o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atining yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shish.
Kurs ishining vazifasi:
I bob. O‘zbekiston musiqa san’ati ijrochilik amaliyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xalq cholg‘ulari orkestri
Mustaqillik sharofati bilan fanning barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi, milliy an’ana va milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Insonlar yangicha tafakkurga, yangicha nigoh va yangicha fikrlash doirasiga ega bo‘ldilar. Shu jumladan milliy musiqiy san’atimizda ham sezilarli darajada o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, “Ilhom - XX” simfonik musiqa va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallarining aynan O‘zbekiston zaminida o‘tkazilishi jahonshumul ahamiyatga egadir.
Qayd etish lozimki, yangi davr O‘zbekiston musiqa san’ati ijrochilik amaliyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xalq cholg‘ulari orkestri jamoalarining ham soni, ham qadri kun sayin ortib bormoqda. Mustaqillikka qadar respublikamizda asosan ikkita yirik professional jamoa – To‘xtasin Jalilov (1938) nomidagi Davlat Akademik xalq cholg‘ulari orkestri va Doni Zokirov (1957) nomidagi Davlat xalq cholg‘ulari orkestri faoliyat ko‘rsatib keldi. Endilikda bunday jamoalar soni yilmayil sezilarli darajada ko‘paymoqda. Jumladan, 1991-yili “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘ulari kamer orkestri, 2000-yilda “O‘zbek raqs” qoshidagi xalq cholg‘ulari orkestri, 2011-yilda “Navro‘z”, 2015-yilda esa “Istiqlol yoshlari” nomli xalq cholg‘ulari kamer orkestrlari o‘z ijodiy faoliyatini boshladi. Tarkib va jamoa imkoniyatlariga muvofiq repertuarga ega bu orkestrlarda ijrochilik amaliyoti yangicha yondashuvlar asosida boyimoqda.
“O‘zbek raqs” qoshida tashkil etilgan xalq cholg‘ulari orkestri, oldingi orkestrlarning ijro an’analaridan farqli o‘laroq, o‘z ijrochiligiga mos maxsus yozilgan asarlardan tashqari, yirik raqs postanovkalariga jo‘rnavozlik qilish vazifasini ham bajardi. Shuningdek, ijodiy jamoa bir qator yangi turda ijod etilgan, zamon ruhi bilan yo‘g‘irilgan va yangicha qarashlar bilan boyitilgan konsert dasturlarini tinglovchilar e’tiboriga havola etdi.
Jumladan, yirik sahnaviy asarlarning jo‘shqin va keng ko‘lamli jihatlarini o‘zgacha uslubda talqin etishga muyassar bo‘ldi. Bunga, masalan, orkestr jo‘rnavozligida “O‘zbek raqs” raqqosalari ijrosidagi Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” dostoniga asoslangan “Etti go‘zal” musiqiy kompozitsiyasi yorqin misoldir. Lekin ko‘p o‘tmay bu jamoaning faoliyati tugatildi. SHunday bo‘lsada, jamoa o‘zining qisqa vaqt ichidagi ijodiy faoliyatida behisob imkoniyatlarga ega o‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi san’atining yangi qirralarini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Yirik asarlarning sahnaviy talqinidagi jo‘shqinlik va keng ko‘lamlilik jihatlarini o‘zgacha uslub asosida ijro etdi. Shu asnoda orkestr jamoasining yana bir ijodiy imkoniyati kashf etildi va tarix zarvaraqlariga muhrlandi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə