Himoyaga ruxsat etilsin”


Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar



Yüklə 278,09 Kb.
səhifə2/16
tarix23.12.2023
ölçüsü278,09 Kb.
#154974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Abdugapparova ТУГРИЛАНГАН

Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………
III BOB Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni ahloqiy tarbiyalashda sahnalashtirish faoliyatini tashkillashtirish bòyicha tajriba-sinovlari ishlari va natijalari …………….....
3.1 Tajriba-sinov ishlari……………………………………………………….
3.2 Tajriba-sinov ishlarining natijalari………………………………………..
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar………………………………………………...
Xulosa va tavsiyalar……….……………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….…
ILOVALAR…………………………………………………………………………

KIRISH
Maktabgacha davr – bu bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga
intilish, o‘rganishga, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davrdir. Aynan shu davrda
bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor
yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta
boshlansa, samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga
ijobiy ta’sir etadi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya – har bir bolaga individual yondashish, uni shaxs
sifatida hurmat qilish, ma’naviy-axloqiy tomondan tarbiyalash, bolaning qiziqish
va ehtiyojiga mos tarzda ta’lim berishni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim mazmuni va metodlari bola shaxsining shakllanishi,
uning mustaqil shaxs sifatida tan olinishi jarayonlari kechadigan muhitda tashkil
etilishi katta ahamiyatga ega. Zero, shaxs sifatida shakllangan, kamol topgan bola
o‘zini, o‘zligini taniydi va kelajakda millatning, yurtning faxriga aylanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning kelajak hayotida muvaffaqiyatga
erishishiga yordam beruvchi jismoniy, aqliy va ma’naviy qobiliyati bilish
jarayonida, bizni o‘rab turgan atrof-muhitni o‘rganish, nutq o‘stirish, badiiy asarlar tinglash, rasm chizish, qurish-yasash, jismoniy mashqlar bajarish va boshqa
faoliyat turlarida rivojlanadi. Bu faoliyatlarda yo‘nalishlar bir-biri bilan
uyg‘unlashtirilib – integrallashgan rejalashtirish asosida tashkil etiladi hamda o‘yinshaklida qiziqarli tarzda olib boriladi. O‘yin kichkintoyning tabiiy ehtiyojlari va istaklariga mos kelganligi sababli, o‘yin jarayonida o‘rganayotgan mavzuni
quvnoqlik bilan takrorlaydi, yengillik bilan o‘zlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Qarori asosida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya
ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev –
“Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar, uning kelgusidagi
butun hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.”- degan fikrlari ham pegagoglarga katta
vazifa yuklaydi.
Ijodiy qobiliyat insonni hayvondan farqlab turadigan bir xususiyatdir. Bu qobiliyat insonga nafaqat hayoti davomida qo‘l kelishi va undan foydalanishi mumkin, balki uning ko‘rinishini o‘zgartirishi ham mumkin. Bolalar ijodiyoti va uning o‘ziga xos tomonlarini tushunish pedagoglardan ko‘pgina bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi.
Pedagog san’atda bu faoliyat qanday xarakterga ega, rassom badiiy obrazni yaratishi uchun qanday vositalardan foydalanayapti, uning ijodiy faoliyatining bosqichlari qanday degan savollarga javob bera olishi kerak.



Yüklə 278,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə