Himoyaga ruxsat etilsin”


Sahnalashtirish faoliyatining vazifalari



Yüklə 278,09 Kb.
səhifə4/16
tarix23.12.2023
ölçüsü278,09 Kb.
#154974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Abdugapparova ТУГРИЛАНГАН

Sahnalashtirish faoliyatining vazifalari:
1. Sahnalashtirish faoliyatida bolalar ijodiy faolligini oshirish uchun shartsharoitlar yaratish (ijodiy ijrolarni rag‘batlantirish, qobiliyatini rivojlantirish,
sahnaviy chiqishlarda erkin va dadil o‘zini tutish, mimika, erkin xarakatlar,
intonatsiyalar va x.k. vositalari orqali improvizatsiyni paydo qilish )
2. Bolalarni teatr madaniyatiga jalb etish (teatr tuchunchasi bilan, teatr janrlari
bilan , qo‘g‘irchoq teatri bilan tanishtirish
3. Pedagog teatrni boshqa faoliyat turlari bilan xamkorligini ta‘minlashi
(musiqa mashg‘ulotlari, jismoniy xarakatlar vaqtida, ekskursiyalar va boshqalar
bilan)
4. Kattalar va bolalar bilan xamkorlikda ishlashi uchun sharoitlar yaratish( otaonalar, xamkasb va katta gurux bolalari xamkorligida kichik gurux bolalariga
spektakllar namoyish etish )
5. Kichik yoshdagi bolalarga xurmat va o‘zini – o‘zi tushunishi uchun yaxshi
mikroklimat yaratish.
Kichik yoshdagi bolalar — namoyishlardan minnatdor bo‘ladigan
tomoshabindir. Asosiysi, ota-onalar bolalarni qaеrga va qanday maqsadda olib
borganliklarini tushunishlari kеrak. Хaqiqiy tеatrga bolalarni (masalan 2-3 yoshli
bolalarni) olib borish хali erta. Bolalar spеktakllari rеpеrtuarlari, qoida boyicha,
bu yoshdagi bolalarga moljallanmagan. Shuning uchun tеatrni uyda yoki bolalar
bogchasida tashkil etishni maslaхat bеramiz. Uch yoshgacha bolalarga oddiy
bolalar qiziqib oynaydigan oyinchoqlar bilan tomoshalar qoysa boladi.
Yangi oyinchoqlar (qogirchoq, kuchukcha, ayiqcha va х.k.) bolalarda zavq,
qiziqish, хayratlanish хislarini uyg`otadi.
Bolalarbogchasida bolalar teatrini nimadan boshlash kerak? Bolalarni
teatrlashtirilgan oyin faoliyatiga jalb qilish kerak, uning uchun tarbiyachi rejisyor
bolishi va teatr tashkil eta olishi lozim. MTMda bolalar oddiy vaziyatlarni
oyinchoqlar bilan ijro etishi, qoshiq kuylashi, sher, ertak, hikoyalar kabi tanish
adabiy asarlarni sahnalashtiradilar.
Yangi qogirchoqni bolaga tanishtirish vaqtida oddiygina syujet oylab topish
kerak, masalan: kuchukcha adashib qoldi va oziga haqiqiy dost izlamoqda,
qogirchoq — kichkina qizaloq uni yaxshi ko‘rish va parvarishlash kerak, ayiqcha
asaldan kop yeganligi uchun oilaviy shifokor yordamiga muhtoj.
Har qanday bola oyinchoqlar yordamida oddiy xarakatlardan asta-sekin
kichkina qiyin bolmagan syujetlarni oynashi mumkin. Keyinchalik esa ushbu
syujetlar hayotiy malakaga tayangan holda rivojlanadi. Tarbiyachi ham oyinga
qoshiladi va ayrim rollarni ijro etadi, namuna sifatida korsatadi, u yoki bu
vaziyatda xohlagan harakat namunalarini korsatib beradi, oyin jarayonida
improvizatsiya qiladi, malum bir oyinchoq nomidan gapiradi, bola fikrlashi,
xarakat qilishi, javob berishi uchun stimul yaratadi.
Bolalar teatri uyda. Uni qanday tashkil etish kerak ? Bolaninig sevimli
oyinchogidan ota-onalar uy teatri qahramonini yaratishi darkor, ushbu oyinchoq
bilan har kuni qiziqarli sarguzashtlar roy berishini kuzatish mumkin. Ota-onalar
bfarzandining o‘yinchoq qahramoni bilan muloqot doirasini boshqa oyinchoqlarni
qoshgan xolda kengaytirib borishi maqsadga muvofiqdir.
Bolalar bogchasida bolalar teatri. Ertaklar asosidagi turli xil teatrlashtirilgan
tomoshalar bolalarni oziga jalb etadi, chunki sahna ko‘rinishlari tushunarli va
qiziqarli. Teatrlashtirilgan tomoshalar bolalarda tashabbuskorlikni, masuliyatni
shakllantirishga yordam beradi, yaxshi bilan yomonni farqlashni, nutq, mimika,
imo-ishora, muloqot madaniyatini, malakalarini rivojlantiradi, bolani teatr
sanatining sehrli olamiga olib kiradi.
Bogchada bunday oyinchoqlar ishtirokidagi improvizatsiya-oyinlari
"oyinchoq teatri" deb ataladi. Asosiysi— bolani improvizatsiya dialogiga qoshish
natijasida, oyinchoq va bolaning xarakatlari ortadi. Shu asnoda bola
teatrlashtirilgan foaliyatda malum bir oyin usullarini organadi,
tasavvuri, fantaziyasi faollashadi, ijodkorlik elementlari namoyon
boladi.
Bolalarga sahnalashtirish faoliyatida ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda dramallashgan ertak va oyinchoqlar ishtirokidagi badiiy asarlar tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tanlangan sahna asarini ijro etish vaqtida asar qahramonlari gaplashishi, tekstga mos ravishda xarakatlanishi kerak. Badiiy asarlarni sanxnalashtirishda nafaqat oddiy oyinchoqlardan, balki stol oyinchoq teatridan ham foydalansa tarbiyachi oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi.
Teatrlashtirilgan spektaklni qanday tayyorlash kerak? Tarbiyachi xar bir
qahramon xaqida fantaziya qilish, kichkina xikoya oylab topish mumkin. Bu
bolalarda oyin obrazlarini tasavvurlarini kengaytiradi. Bolalarni ijodiy
mustaqilligini uygotish muhimdir, ularga xarakatlarni korsatib berishini taklif
qilish mumkin, masalan; ayiqni yurishi (Ayiqpolvonlar qo‘shog‘ini- ijro etib),
chumchuqni uchishi(Jajji qushcha-qo‘shig‘ini kuylab), kapalaklarning engil qanot
qoqishi (Kapalak- qo‘shig‘iga xarakatlar bajarish va ijro etish) va x.k bola barcha
xarakatlarni mustaqil ko‘rsata oladi. Katta guruh bogcha bolalari syujet
qahramonlarining kayfiyatini, ruhiy kechinmalarini korsatib bera oladilar. Ular
yoshligidanoq emotsional ifoda vositalarini egallashi uchun syujet qahramoni histuygularini, mimika, imo-ishora, emotsiyalarini namoyish eta olishiga
o‘rganadilar. Personaj rolini o‘rgatish jarayonida mashq qilish yahshi natija beradi.
Masalan:chipor tovuq oltin tuxum qoyganida chol va kampirning quvonganini,
sinib qolganida ularning xafa bolganini korsatib berishni taklif qilish mumkin,
bogirsoqning qoshigini kuylashini (oziga ishonch va dadillik bilan, xayron
bolib, quvnoq, xafa bolib), yoki borining (qorqinchli ovozda) korsatib berishini
taklif qilish mumkin. Mana shular bolalarni "Obrazga kirishiga" yordam beradi.
Bolalarning teatrlashtirilgan-oyinlarga sekin-asta qoshilishi ijobiy natijalar
beradi. Olti yoshli bola nafaqat ishtirokchi va malum bir rollarning ijrochisi
bolishi, balki "rejisyor" sifatida ozi sahnalashtirishi va mustaqil "oyinchoqlar
teatri" yoki qogirchoqlar teari spektakllarini qoyishi mumkin.
Mumkin, tengdoshlari orasida tanish badiiy asarning syujetlari asosidagi
dramatizatsiyalashgan-oyinning tashabbuskori va tashkilotchisi boladi, mumkin,
malum bir sahna obrazining xarakter xususiyatlarini korsatib beradi va asosiysi,
ozini korsata olish, muloqot qilish, oz qahramoniga nisbatan shaxsiy munosabatini korsatib berish ehtiyojini royobga chiqaradi. Uyda va bolalar
bogchasida elementar teartlashtirilgan faoliyat bolada teatrga sanat turi sifatida
qiziqishini shakllanishiga, teatr haqida malum bir tushunchaga ega bolishga, teatr
terminologiyasi, teatr tomoshalarining estetik qabul qilishga olib keladi.
Bolalar uchun oyin - bu jiddiy ish hisoblanadi va xar bir bola oyinlari
teatrlashtirilgan oyinlarga aylanib boradi. E‘tibor bering, bola xaraktlariga: u ozi
oynadi, ozi ovoz beradi, ozining syujetlarini oylab topadi yoki tanish biror
narsani oynadi. Shunday bolsada uning qahramonlari tanish ertaklar yoki
oyinchoqlar bolishi xam mumkin.
Bolaga son, xarf, tovush kabi abstrakt tuchunchalarni tuchuntirishga xarakat
qilib koring. Bu murakkab. Ammo, tuchunarsiz sozlarning orniga bola qiziqarli
odamchalar, xayvonchalar, qogirchoqlar, askarchalarni korasiz... Bir soz bilan
aytganda, zerikarli oqish jarayoni quvnoq oyinga aylanadi. Bolalar katta zavq
bilan oynaydilar. Oldin tushunarsiz boshlgan matematik tuchunchalardan xaqiqiy
ertakni yaratsa boladi, xarflar esa oz-ozidan tanish sozlarga aylanadi.
Bugungi kundagi bogcha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va talim-tarbiya
berishda eng muvaffaqiyatli metodikalar, dasturlar, bolani rivojlantiruvchi
teatrlashtirilgan o‘yinlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa oz navbatida kutilgan
natijalarni beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida ertaklarni sahnalashtirish. Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bo‘layotgan voqea hodisalarni, o‘zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda qo‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki sahnalashtirishda tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini ko‘rganlaridan so‘ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to‘yg‘usini tarbiyalaydi. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, so‘z va harakat uyg‘unligi tarbiyalanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Xalq og‘zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar. Maktabgacha ta’lim muassassalarida hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq tanishtiriladi. «Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Ko‘zacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda savollarga javob berish, bolalarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar harakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktabgacha ta’lim tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xattiharakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. «Davlat» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulqatvorlari, harakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. «Davlat» ertagi matni ustida ishlash jarayonida bolalar «Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?», «Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qib berishga, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. Bolalarni ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni tarbiyachi aytib berishi mumkin. Bola ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda bolalarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo‘y bola» ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. Bolalar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Soya teatrlarini sahnalashtirish - qo‘g‘irchoq sahnalashtirishning o‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o‘yinchoqlar o‘ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin. Soya teatrlarini sahnalashtirish uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o‘zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o‘rgatish kerak, buning uchun detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo‘yiladi.
Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o‘yinchoqlarni shablon yordamida yoki o‘zlari o‘ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so‘ng figuraga ko‘zini yasash kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko‘z o‘rnini o‘tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo‘yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog‘oz bilan ko‘zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo‘yoq aralashtirib ko‘zini chizib qo‘yishlari mumkin. Teatrni ko‘rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog‘ozidan 2x1,5 metrli ramkagaqoplama tayyorlaydi. Ishni boshlash uchun 100 voltli lampa kerak bo‘ladi. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo‘yaladi. Tarang qilib qoplangan matoga qog‘ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo‘yish mumkin. Bolalar o‘zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko‘rib, shodliklari beqiyos bo‘ladiki, ularning kichik shakllari mo‘jiza bo‘lib ko‘rinadi.
Soya teatrlarini sahnalashtirishni bolalarga kattalar qo‘yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib‚ ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So‘ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bo‘yaladi va qirqiladi. So‘ngra chiroq, ya’ni yorug‘lik tushirib‚ sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi.

Yüklə 278,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə