Himoyaga ruxsat etilsin”



Yüklə 278,09 Kb.
səhifə8/16
tarix23.12.2023
ölçüsü278,09 Kb.
#154974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Abdugapparova ТУГРИЛАНГАН

Quticha qo‘g‘irchoq.
Qo‘g‘irchoqning bosh qismi uchun turli–tuman qutichalarni moslashtirish mumkin (qaymoqdan, sutdan bo‘shagan kubik, silindr shaklidagi idishlar). Asosiysi unga bolaning qo‘li sig‘ishi kerak. Mavzuga mos qutichalardan‚ detallarini esa turli ashyolardan qirqish va yelimlash mumkin. Buning uchun bolalarga jihozlash uslubini ko‘rsatish kerak. Bolalar bilan shunday o‘yinchoqlar rasmlarini ko‘rib chiqish yasashning ikki varianti mavjud: figuraning butun yoki bosh qismini aks ettirish. Bunda bolalar qo‘lga matodan yubka kiyib, mustaqil tika oladilar. Qo‘l barmoqlari quticha ichiga berkitilgan. Bunday qo‘g‘irchoqlardan gapiruvchi qo‘g‘irchoq qilish mumkin. Bolalarga og‘zini qilish uchun tuynukcha qirqishga yordam berish kerak. Qutichaning ichidan tuynuk oldini ko‘rsatgich barmoq bilan qimirlatsa, guyoki, qo‘g‘irchoq gapirayotganday tuyuladi. Sakrovchi o‘yinchoqlar. Bunday sahnalashtirish qahramonlarini yasash uchun dumaloq rezina kerak bo‘ladi. Qog‘oz bo‘laklaridan quyuq massa hosil qilish, rezina esa shu quyuq massa ichida qolishi kerak. Bu quyuqadan har–xil qahramonlarning bosh qismini yasash mumkin. Bu o‘yinchoqni yasashda qog‘oz, turli mato, paralon, sim, klyonka kerak bo‘ladi. Bolalar hayotini muhofaza qilish maqsadida elektr simlar‚ to‘g‘nog‘ich, skrepka, spitsa va hokazo shikastlantiruvchi asboblardan ehtiyot bo‘lish zarur.
Maktabgacha talim muassasida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari: 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlanishiga komaklashish, ularni yangi taassurotlar bilan boyitish; 2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni faollashtirish, tashabbuskorligini, nutqi va badiiy didini rivojlantirish.
MTMda bolalarni qol mehnatiga qiziqishini uygotish; Mehnat orqali hosil bolgan konikma va malakalarini shakllantirish; Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash va kasbga yonaltirish; Bolalarda ijodiy korgazmalar, oyinlar uchun atributlar yasashga xohishlarini uygotish; Qogoz va karton kabi materiallarning xususiyatlari bilan tanishtirish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda fanning orni Tasviriy sanat sohasiga doir qobilyatlari aniqlanadi va shakllanadi. Qalam, moyqalamni ushlash, loy, plastilin bilan ishlash, qaychida ayrim narsalarni qirqib yelimlash orqali mayda qol mushaklari rivojlanadi. Bola tasviriy faoliyat mashgulotlari orqali diqqatini bir joyga taqsimlay olishni va ishini oxiriga qadar bajarishni, otira olishni orgatadi. 
Tabiatni, atrof-olamni kuzatishni, uni asrab-avaylashni, ardoqlashni, unga nisbatan togri munosabatda bolishni organadi. Bola yozuv texnikasini egallashga tayyorlanadi; Jamoa bolib mehnat qilish, ishni rejalashtira olish, ortoqlarini eshita olish va ozaro fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ishlash malakalari shakllanadi; Xalqimizning boy madaniy-manaviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega boladi va ularni oz ishlarida ifodalashga organadi. Bolalarni sahnalashtirishga va ijodiy faoliyatga orgatish fani Maktabgacha pedagogika Amaliy sanat turlari Pedagogika nazariyasi va tarixi Pedagogik texnologiyalar Etika va estettika Teatr pedagogikasi nazariyasi va tarixi
XIX-XX asrlarda pedagogika sohasida teatrga axloqiy va badiiy-estetik tarbiyaning asosiy elementi sifatida qarash shakllandi Teatr sanatiga tarbiyaning ilgor vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yol ochadi. Insonni kashf etish esa shaxsni kashf etishdir. Aynan badiiy ijodiy faoliyatda bola ozini tolaroq namoyon eta oladi L.M.Batkin.
Teatr pedagogikasi umumiy pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yonalishi bolib, u teatrlashtirish faoliyatida bola shaxsining oz-ozini ifoda etishini taminlovchi usullar tizimini oz ichiga oladi. Bola shaxsining oz-ozini ifoda etishi esa pedagogning aktyorlik tasiri ostida roy beradi.
Mil.avv.gi IV-V asrlarda Qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Qadimgi Rim va Yaqin Sharqda yuzaga kelgan antik teatr Yevropa teatr sanatining tugilishiga olib kelgan. Madaniy meros bilan tanishtirish, qonunlarga nisbatan hurmatni tarbiyalash maqsadida bolalarni teatrga jalb etilgan (bolalar xori). Bazi teatr tizimlari esa notiqlik, raqs va qoshiq aytishga asoslanib, ularda oyin tamoyili birinchi oringa chiqqan.
Teatr niqobi oyin namoyishlarining ifodali vositasi hisoblangan. Niqob insonning emo t sional holati, hissiyotlarini va olamga bolgan munosabatini ifodalashga komaklashgan. Teatrshunos olim R. Genon oz tadqiqotlarida niqobning chuqur imkoniyatlarini yoritib bergan. «Karnavalda har bir qatnashchi ongsiz ravishda bolsada, ozining mayliga koproq mos keladigan niqobni tanlaydi. Individning asl yuzini yashirishga moljallangan niqob aslida u yashirishga majbur bolgan ichki dunyosini yaqqol namoyon etadi.» Teatrlashtirilgan harakatlarda niqobdan foydalangan bola emotsional bosimni, hayolparishonlikni, uyatchanlikni yashirishi mumkin edi.
Xristianlikning shakllanishi davrida sanat haqidagi quyidagi tasavvur ustunlik qilgan: Sanat diniy haqiqatlarni bilish va ozlashtirishda yordamchi vosita bolib xizmat qil gan Xudoga siginish, uni ilohiylashtirish, odamlashtirish, ritual harakalarning otkazilishi ifodalilik vositasiga ehtiyoj tugdirdi. Natijada qogirchoqlar teatrga ifodalilik vositasi sifatida kirib keladi.
Marifat asri (XVII -XVIII asrlar) davrida Rossiyada uy teatrlari ommalashdi. Qishloq va hovli joylardagi uy teatrlarida dehqonlarning bolalari oziga xos aktyor sifatida ishtirok etardilar. Taxmin qilish mumkinki, jamiyatning oliy qatlamlariga mansub tomoshabinlar auditoriyasi ozi estetik zavq olgan holda bolalar qalbini tushunmagan bolishlari mumkin, ularning sahnadagi nutqiga bola tushunchasiga xos bolmagan murakkab jumlalar, qiyin monologlar qoshilgani ham haqiqatdan yiroq emas.
N.N.Baxtin kabi psixologlar bolalarda dramatik instinkt mavjudligini etirof etdilar. Uning fikricha, Teatrda oynash 12-yoshgacha bolgan bolaning bosh vaqtini foydaga toldirishga qodir. Kattalarning togri boshqaruvi ostida bolaning dramatik oyinga bolgan qiziqishi uning rivojlanishi uchun ulkan naf keltirishi mumkin.
Zamonaviy pedagogikada adaptatsion va kommunikativ vazifalarni hal etishda teatrdan kop foydalanilmoqda, bolalar teatr jamoasi esa bola shaxsini rivojlantiruvchi muhit sifatida, talim, tarbiya va psixologik korreksiya vositasi sifatida ko`rilmoqda.
Maktabgacha talim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyatning asosiy vazifalari : Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish. Pedagogik jarayonda teatrlashtirilgan va boshqa faoliyat turlari ozaro aloqadorligi uchun sharoit yaratish. Bolalar va kattalarning hamkorligidagi teatrlashtirilgan teatrlashtirilgan faoliyat uchun sharoit yaratish. Bolalarni teatr madaniyatiga oshno qilish.
Teatrlashtirilgan faoliyatda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilishda quyidagi prinsiplarga tayaniladi. Psixologik komfort prinsipi Faollik prinsipi Erkinlik va mustaqillik prinsipi Hayotiy haqiqat illyziyasi prinsipi Ijodkorlik ( kreativlik) prinsipi Variativlik prinsipi
Mtmda teatrlishtirilgan faoliyat quyidagi yonalishlardagi ishni oz ichiga oladi Bolalarning ijrochilik ijodini ragbatlantirish Bolalarning kattalar va tengdoshlari oldida chiqish paytida ozini erkin tutish qobiliyatini rivojlantirish Bolalarni mimika, pantomimika va intonasiya yordamida improvizasiyalashga undash Bolalarni personajlarning kayfiyati va emosional holatini farqlashua orgatish
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalar ijodiy faolligini oshirish boyicha ishlar uch bosqichdan iborat : Tashkiliy bosqich - mavzuga oid adabiyotlar organiladi ; - bolalar bilan teatr haqida suhbat otkaziladi - mavzusida ota-onalarga sorov otkaziladi
Amaliy bosqich - bolalar bilan spektakllar tomosha qilish ; -halq ertaklari aks ettirilgan audiyo yozuvlarni tinglash, video materiyallarni tomosha qilish ; - niqob va kostuymlardan foydalangan holda, insenirovkasini qoyish ; - oyini ; - Halq qogirchoq teatrini namoyish qilish uchun tayorlash;
Yakunlovchi bosqich - bolalarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash; - ota-onalar yordamida rivojlantiruvchi muhitni toldirish;
Qogozdan buklash yoli bilan oyinchoq yasash (Origami usuli ) Origami deyilganda odatda tortburchakli qogozlarni buklab turli buyum va oyinchoqlarni yasash tushuniladi. «Origami» yaponcha ori (buklangan) gami (qogoz) +
Origami sanat sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo bolgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib bu sanat Yevropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Rasmlarga qarab qogoz buklamlaridan turli buyum oyinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlangich sinfi oquvchilarining ham tasavvur doirasini kengaytiradi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini ostiradi.
Kvadrat shaklidagi qogozni taxlash va buklash orqali kuchukcha oyinchogini yasash.



Yüklə 278,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə