History and significance of the creation of the Constitution of the Republic of Uzbekistan Vasila mamadayupova



Yüklə 71,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü71,41 Kb.
#159435
1   2   3   4
Ozbekiston respublikasi konstitutsiyasining yarati

ASOSIY QISM
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni ch
og‘da sharafli 
solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi 
xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch 
hosil qilamiz. 
Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yilli
k milliy davlatchilik 
tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, qoraxoniylar, 
X
orazmshohlar, Amir Temur va temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar 
ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat
haqidagi ko‘p asrli 
orzusini mujassam etgan. 
Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, asosiy 
Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or 
konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan. 
Shu 
o‘rinda suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, 
muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu 
boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani 
yaratish tarixi 

bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir. 
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam –
o‘zbek tiliga Davlat tili 
maqomi berilishidir.
Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989-yilning 21-
oktabr kuni qizg‘in bahs va 
tort
ishuvlardan so‘ng siyosiy
-
ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga 
oshirilgani 

milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga 


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

11 (2022) / ISSN 2181-1415 
285 
Davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil 
etishi
ni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. “O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, 
o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham 
bilmaydi”, degan fikrlar oʻrinlidir. Har qaysi millat, katta yo kichikligidan
qat’iy nazar, o‘z 
ona tilini hurmat qilishi kerak. 
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, 
“Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga 
Davlat tili maqomini berish 
masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz 
bahslar bo‘lib o‘tgani alohida eslab o‘tilgani bejiz emas.
O‘sha qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek: 
“Og‘ir
-
vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, muloh
aza qilib, barcha siyosiy va 
ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz 
manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik”.
Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlan
gan 
muhim huquqiy qoidalar endilikda asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha 
muhrlab qo‘yildi:
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi 
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf
-odatlari va 
an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam –
prezidentlik instituti ta’sis 
etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liq. 
Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 1990
-
yilning mart oyida bo‘lib 
o‘tganini eslash joiz. O‘sha davr, ya’ni mustaqilligimiz e’lon qilinishidan bir muncha vaqt 
oldin, Oliy Kengashning o‘n ikkinchi chaqiriq, 
birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi 
respublikamizda prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala 
muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi 
Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi il
k bor ana shu sessiyada ilgari surildi. 
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam –
“Mustaqillik 
deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir. O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990
-yil
20-
iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning
8-
bandida O‘zbekiston “o‘zining 
taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi 
ta’sis etadi” degan qoida mustahkamlangan.
Deklaratsiyaning 12-
bandida esa ushbu hujjat respublikaning “yangi Konstitutsiyasini 
is
hlab chiqish uchun asos” bo‘lishi qayd etilgan.
O‘shanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi bo‘lib 
O‘zbekistonda qabul qilingan edi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam –
Konstitutsiyaviy 
komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi. 
Oliy Kengash qarori bilan 1990-yil 21-
iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, 
mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komis
siya 
tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt 
mobaynida tayyorlandi. 
Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan 
mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks
ettiradigan, 
xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng 


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

11 (2022) / ISSN 2181-1415 
286 
rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga 
oladigan asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi. Ushbu vazifalarni 
amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arbobi, iste’dodli 
siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 
tashabbuskori, ilhomlantiruvchisi va asosiy muallifi mamlakat Prezidenti hisoblanadi. 
Binobarin, taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatni yangilash, o‘tish davrining 
murakkab sharoitida davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, davlat-
huquqiy va ma’naviy
-
ma’rifiy jihatdan rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qi
lish, jumladan, 
bo‘lajak mustaqil yurt Konstitutsiyasini yaratish kabi tarixiy vazifalarni yuklagan edi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam –
birinchi 
Prezidentimizning Hindistonga 1991-
yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq.
Aytish kerakki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991-yil 17

19-avgust 
kunlari “Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston Prezidentining xorijga 
qilgan birinchi mustaqil 

tarixiy tashrifi edi”. Yurtboshimiz Hindistonda bo‘lgan bir 
paytda 

19-
avgust kuni o‘zini “Davlat favqulodda holat qo‘mitasi”, ya’ni GKChP deb 
atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to‘ntarishini sodir etishga qaratilgan 
murojaati e’lon qilindi.
Afsuski, O‘zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKCh
Pning 
noqonuniy qarorlarini qo‘llab
-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix 
buni yaxshi eslaydi. 
Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” 
kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan:
“Prezident Islom Karimov GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19
-avgust kuni 
zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy 
kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda Markazdan kelgan 
3 nafar general kutib oladi. 
Bu o‘sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga zid bo‘lib, tagdor siyosiy 
ma’noga ega edi.

Yüklə 71,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə