|
Hosted from Berlin, GermanyInternational Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and EducationInternational Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org June 5
th
2022
106
yurak.
Bunda
tosh
so’zi ko’p ma’noli so’zdir.Polisemiya (ko’p ma’nolik) tilidagi deyarli barcha turkum
so’zlarga xosdir.
Yasovchi qo’shimchalarning ko’p ma’noiligi sababli ham yasama so’z ko’p ma’noga ega bo’lishi
mumkin:
Yog’li (yog’i bor) qo’lini sochiqqa
6
.So’zning o’z va ko’chma ma’nolari
Ayrim so’zlarning o’z ma’nosi va ko’chma ma’nosi bo’ladi.
So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan,nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosi bosh (o’z) ma’no
deyiladi.
So’zning boshqa so’zlar yordamida aniqlanadigan, izohlanadigan ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi:
ko’z-ko’rish a’zosi (o’z ma’nosi),ignaning ko’zi- ko’chma ma’no; Bosh-odamning tana a’zosi ( o’z ma’nosi
),ko’chaning boshi-ko’chma ma’no.
O’zbek tilida ma’no ko’chishning quyidagi usullari mavjud:
Ma’no
ko’chishi usullari
1.Tilimizdagi mavjud so’zlar ma’nolarining o’sishi Ma’no ko’chishi, ma’noning kengayishi
yo torayishi tarzida ro’y beradi. 2.Borliqdagi narsa hodisa belgi-xususiyat harakat holat nomlari ma’lum bir
asosga ko’ra boshqa narsa hodisa belgi xususiyat, harakat holatning nomi sifatida xizmat qiladi[7].
M:
burun
sozi
“tirik organizmning yuz qismidan bo’rtib chiqqan nafas olish organi ”
ma’nosini ifodalash
bilan birga
“yerning suvlikka tomon bo’rtib chiqqan qismi”
ma’nosini ham ifodalaydi[18]. Predmetlar
o’rtasidagi shakily o’xshashlik birining nomi ikkinchisining o’rniga asos bo’lgan.
3.So’zlarda ma’no ko’chishi nima asosida ko’chishiga ko’ra
metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik,
kinoya
kabi
turlarga
bo’linadi.
a)
Metafora
1. Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko’chish usuli metaforadir. 2.Metafora (yunoncha-
ko’chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga
o’xshashlik asosida
ko’chishidir M: tandirning
og’zi birikmasida og’iz so’zining ma’nosi odam yoki hayvon og’ziga tashqi o’xshashligi asosida vujudga
kelgan. 3.Demak metaforada predmet belgi harakatlar o’xshashlik asosida boshqa predmet va harakatga
ko’chadi. M:
qozonning qulog’i, varrakning dumi, rubobning qorni, kemaning tumshug’I, egarning qoshi,
o’choqning og’zi, tog’ning etagi, qora niyat, sovuq xabar, shirin xotira, achchiq haqiqat, bemaza gap sayoz
asar, yengil ta’zim yorug’ yuz, oltin yproq, kumush qish, zumrad bahor, po’lat iroda, temir intizom, majlisda
savalanmoq, qarzini uzmoq, Qashqadaryo bilan ulanmoq…
4.Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik turli
asosda bo’lishi mumkin. a) Ikki predmet o’rtasidagi
shakliy
o’xshashlik; M: Odam qulog’i—qozon qulog’I
b)Ikki predmet qayerda joylashishi bo’yicha o’xshashlik M:
Itning dumi ---- samolyotning dumi
5. Formula:
MAVHUM OT + ANIQ OT shaklidagi ko’chma ma’noli birikmalar ham,odatda, metaforani yuzaga keltiradi.
M:
hayot ostonasi,visol uyi sabr kosasi, ishq bog’i, hayo ko’chasi, hasad o’ti, takabburlik libosi, g’amza
o’qi
Bular adabiyotshunoslikda
istiora
deb nomlanadi. 6.Ba’zan kishi ismlari metafora usulida ko’chishi
mumkin. M:
Yo’lbars, Bo’riboy, Qoplonbek, Lochin, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Arslon, Charos,
Ozoda…
7.Metaforalarga juda yaqin bir vosita “O’xshatishlar” bo’lib,ular
yordamida shaxs
,predmet bir biriga
o’xshatiladi,qiyos qilinadi.
–day; -dek; go’yo, yanglig’, singari, xuddi
kabi o’xshatish vositalaridan ham
foydalaniladi. M:
Ulug’bek — misoli oftob
Nutq jarayonida metaforadan o’rinli foydalanish nutqimizni
ta’sirchan,
jozibali
qiladi.
So’zlovchining
badiiy-estetik
qobilyatini
namoyon
etadi.
b)
Metonimiya
1.Metonimiya yunoncha
qayta nomlash
demakdir. 2.narsa va hodisalar o’rtasida makon va
zamondagi o’zaro
aloqadorlik
asosida birining nomi
ikkinchisiga ko’chishi metonimiya deyiladi. M:
Fuzuliyni oldim qo’limga
(aslida
Fuzuliy asarlarini; Shoir va uning asarlari o’rtasidagi bog’liqlik)
Samovarda osh yedik
(aslida choyxonada;
choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o’rtasidagi aloqadorlik)
Zal kulib yubordi
(aslida
zaldagi odamlar) “
Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi
? (bekatdagi yo’lovchi murojati) “
Besh bolali yigitcha”
kelmadim
i? (kitobxon savolidan)
Ichak-chavog’im
qolmadi endi kalla sotaman
(qassobning gapi)
Navbatim
sumka ko’targan “jinsi”dan keyin
(xaridorning
gapi) “
Navoiyni kechadan beri ko’tarib
yuribman”(
o’quvchining nutqidan) 3.Demak, so’z ma’nolarining o’xshashlik emas, makon va zamondagi
o’zaro bog’liqlik aloqadorlik asosida ko’chishi metonimiya sanaladi 4.ba’zan kishi ismlari ma’lum bir hodisa
bilan bog’liq bo’lishi mumkin. M:
Ramazon Juma, Odina , Safar, Hayit
5.Metonimiya asosida ko’chma ma’no
hosil qilish fikrimizni lo’nda ifodali ta’sirchan bayon qilishning bir yo’li sanaladi[8].
c)
Sinekdoxa
1.Sinekdoxa yunoncha
birgalikda angash
yoki
nazarda tutmoq qo’shib fahmlamoq
so’zidan
olingan bo’lib bo’lak orqali butunni yoki bo’lak orqali butunni anglatish mumkin. 2.sinekdoxa
|
|
|