Hozirgi zamon



Yüklə 279,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix04.07.2023
ölçüsü279,56 Kb.
#119262
1   2   3   4   5   6   7   8
Xudoyorova Ozoda Baxtiyarovna

Pedagogik qobiliyatlar 
Layoqat- Psixologiyada tug
‘malik alomatlari bor individual sifatlar 
layoqatlar deb 
yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: 1) tabiiy (tug‘ma) layoqat
- odamdagi oliy nerv tizimi 
faol
iyatining xususiyatlari, miya yarim sharlarining qanday ishlashi, qo‘l
-oyoqlarning biologik 
va fizio
logik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi s
ezgi organlari - 
ko‘z, quloq, burun, teri 
kabilarning xususiyatlaridan tashkil topadi. Ijtimoiy layoqat

bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab 
turgan atrof muhit, muloqot uslublari, so‘zlashish madaniyati kabi ko‘plab omillar ta’sirida 
tug‘ma layoqat tarbiyalanib qobiliyatga aylanib va rivojlanib boradi. Demak, layoqat tug‘ma 
bo‘lib, qobiliyat tarbiya ma
hsulidir. 
Shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va 
buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasid
a yuzaga chiqadigan 
farqlarda namoyon bo‘ladigan individiual
- psixologik xususiyatiga qobiliyat deyiladi. 
Pedagogika va psixologiya fanlari sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda pedagogik 
qobiliyatlarning qo‘yidagi 10 ta turi ko‘rsatilgan:
1. Didaktik qobiliyat. 
2. Akademik qobiliyat. 
3. Perseptiv qobiliyat. 
4. Nutqiy qobiliyat. 


Международный
научный
журнал

3
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Октябрь
, 2022 
77 
5. Tashkilotchilik qobiliyati. 
6. Obro‘ga egalik qobiliyatlari.
7. Komunikativ qobiliyat. 
8. Diqqatni taqsimlash qobiliyati. 
9. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati.
10.Konstruktiv qobiliyat. 
1.Didaktik qobiliyat - 
bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni tarbiyalanuvchilarga 
tushunti
ra olishdir. Bunda ta’lim beruvchining o‘quv materialini tarbiyalanuvchilarga 
tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib 
berishi va namoyish qilishi, tarbiyalanuvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish 
uyg‘ota olishi ko‘zda tutiladi. Ta’lim beruvchi zarurat tug‘ilgan hollarda o‘quv materialini 
o‘zgartira, soddalashtira oladi, qiyin nar
sani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz 
narsani tushunarli qila oladi. 
2.Akademik qobiliyat - barcha fanlar yu
zasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik. 
Bunday qobiliyatlarga ega bo‘lgan ta’lim beruvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar 
hajmidagi
na emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z sport turi sohasidagi 
yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-
siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko‘p 
narsalarni o‘rganib boradi. Tarbiyalanuvchilarda ma’lum fan bo‘yicha bilim va ko‘nikma
lar 
shakllantirish jarayonida ma’lumotlarni boshqa fanlar (fizika, anatomiya, fiziologiya, 
geometriya va h.k) bilan b
og‘lay oladi.
3. Perseptiv qobiliyat - qisqa daqiqalarda tarbiyalanuvchilar holatini idrok qila olish 
fazilati, bu tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, tarbiyalanuvchi shaxsini 
va uning vaqtinchalik psixologik holatlarini juda yaxshi 
tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday ta’lim beruvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta 
bo‘lmagan tashqi belgilar asosida tarbiyalanuvchi ruhiyatdagi ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni 
ham fahmlab oladi. 
4. Nutqiy qobiliyat 
–ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega 
bo‘lgan nutq. Shuningdek, ta’lim beruvchi nutqining jarangdorligi, uning pau
za, mantiqiy 
urg‘uga rioya qilishi. Qobiliyatli ta’lim beruvchining nutqi mashg‘ulotda hamisha 
tarbiyalanuvchilarga q
aratilgan bo‘ladi. Ta’lim beruvchi yangi materialni tushuntirayotgan, 
tarbiyalanuvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham 
uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qaratilganligi 
b
ilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi tarbiyalanuvchi uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati- 
o‘quv guruhi yok
i jamoani uyushtirish va uni boshqarish 
iste’dodi. Tashkilotchilik tarbiyalanuvchilarni xilma
-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos 
hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan, tarbiyalanuvchilar jamoasini uyushtirish, muhim 
vazifalarni hal etishga ruhlant
irish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish 
qobiliyatidir. 
6. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati
- o
‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql

farosatli, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi –


Международный
научный
журнал

3
(100), 
Yüklə 279,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə